495
O’zaro kreditlash -
peer-to-peer lending
Musiqa va stirming xizmatlari –
muzical va strimming services.
Bunday servislarning uy-joy, avtomobil, kitoblar, DVD, mexmonxonalardagi
nomerlar va avtomobillarning an’anaviy ijara bozoriga nisbatan tezkorlik bilan
ko’payib borishi sharing economyning yanada ommaviylashuvi uchun sabab
bo’layapti. Masalan, agarda 2013 yilda sharing economy bozori $15 milliard dollar
va an’anaviy ijara bozori hajmi esa $240 milliard dollar bo’lgan bo’lsa, PwC ning
bashoratlariga ko’ra, 2025 yilga kelib, sharing economyning hajmi $335 milliard
dollargacha oshadi va u an’anaviy ijara bozori hajmi bilan tenglashadi. Bu bozorda
uy-joydan birgalikda foydalanish bozori birinchi o’rinda bo’lib, uning hajmi €15,1
million evroni tashkil qiladi, ikkinchi o’rinni jamoaviy moliyalashtirsh (€5,2
million evro) va uchinchi o’rinni transportdan birgalikda foydalanish (€5,1 million
evro) egallaydi. Shering platformalarning daromadlari har yili 80-90% ga o’sishi
kuzailayapti va Evropadagi eng daromadli yo’nalish transportdan virgalikda
foydalanish bo’lganligi qayd etilgan.
PwC
ning bashoratlariga ko’ra, bu xolat 2025
yilga kelib ham shundayligicha qolishi mumkin, ammo, uy-joydan birgalikda
foydalanish va uy-rozg’or ishlariga qarasish hizmatlari ikkinchi va uchinchi
o’rinlarni olishi kutilmoqda.
Nielsen, Mashable statista
kompaniyasi ta‘kidlashiga
ko’ra, dunyo bo’yicha 68% onlayn iste’molschilar o’z mulkidan birov bilan
birgalikda foydalanishga tayyorligini va 66% onlayn iste’molschilarbirovning
mulkidan birgalikda foydalanishga tayyorligini bildirgan. Sharing economy
kontseptsiyasing rivojlanishi katalizatori sifatida bozorga chiqqandan so’ng bir
necha yillar ichida mashxur bo‘lib ketgan agregatorlarni ko’rsatishimiz mumkin.
Masalan, hususiy uy-joylarni qisqa muddatli ijaraga berish bo’yicha servis
hisoblangan
Dostları ilə paylaş: