Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma



Yüklə 5,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/414
tarix20.11.2023
ölçüsü5,77 Mb.
#163352
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   414
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Deloitte
konsalting kompaniyasiRossiya banklari 
orasida yangi texnologiyalarni qo‘llash jarayonini tadqiq etib, buning natijasida 
ekspertlar 11 ta innovatsiyani tanlab oldilar va ularni bir nechta guruhga ajratidilar: 
havfsizlikni ta’minlash 
(«aqlli» identifikatsiya-
II
-Intellektual Identification
), tahlil 
(
Big Data
, shaxsiy moliyaviy yordamilar – 
PDA
– Personal Digital Assistent
), 
raqamli texnologiyalar (
onlayn-hamyon, muloqotsiz to‘lov va boshqalar
), 
avtomatlashtirish (
bo‘linmalardagi avtootvetchiklar va robotlar
), geymifikatsiya 
(
mijozlar uchun o‘yinlar va kvestlar
) va 
P2P
-kreditlash. 
Kripto-aktivlar, ya’ni blokcheyndagi o‘z qiymati va egasi bo‘lgan qaydlar 
yig‘indisi aylanmasi bilan endi faqat litsenziya asosida shug‘ullanish mumkin. 
Litsenziyalashga mayning, kripto-aktivlar bozoridagi hizmatlar va kripto-birjalar 
faoliyati kiradi. Bu yo‘nalishlarni litsenziyalash 
NAPU
(
Loyihalarni boshqarish 
milliy agentlagi
) tomonidan amalga oshiriladi.Keyinroq O‘zbekistonda kripto-
birjalarga bo’lgan talablar ham tasdiqlandi: xorijiy korxona, «
ustav miqdori
» 30 
000 ekyu (
5,5 mlrd so‘mdan ortiq
), elektron tizim mavjudligi, savdoni amalga 
oshirish qoidalari, bozor kotirovkalaridan foydalanish va savdo haqidagi 
axborotlarni besh yil davomida saqlash majburiyati.Ko‘plab virtualvalyutalar 
moddiy 
ta’minotga 
ega 
bo‘lmasdan, 
ijtimoiy 
shartnoma 
shakli 
hisoblanadi.Ta’kidlash joizki, valyutalar, obligatsiyalar, aksiyalar, opstionlar, 
veksellar va boshqa shu kabi moliyaviy vositalarning mutlaq ko‘pchiligi ham 
ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi va to‘liq moddiy ta’minotga ega bo‘lmaydi. 
Biroq agar klassik valyuta qimmati asosanuni emissiya qiladigan mamlakatning 
moliyaviy-iqtisodiy va siyosiy holatiga bog‘liq bo‘lsa, kriptovalyutalar qiymati 
faqat undan foydalanuvchilar kutadigan natijalar bilan belgilanadi.Kembridj 
universiteti tadqiqotlariga ko‘ra, kriptovalyutalardan foydalanuvchilar umumiy 
soni so‘nggi uch yil ichida to‘rt baravar – 2013 yildagi 8,2 milliondan 2018 yilga 
kelib taxminan 50 milliongacha o‘sdi.Ta’kidlash joizki, raqamli iqtisodiyotga 
o‘tilish bilan iqtisodiy o‘sish tendensiyalari yanada faol o‘sish tomon o‘zgarishi 
mumkin. Bir tomondan, yaqin yillarda kriptoiqtisodiyot umumiy hajmi alohida 


149 
mamlakatlar byudjeti bilan taqqoslanadigan darajaga yetadi. Boshqa tomondan, 
ushbu iqtisodiy faollikbutun dunyo bo‘ylab (
eng katta qizg‘inlik Xitoy, Yaponiya, 
Evropa Ittifoqi davlatlari, Skandinaviya davlatlari, AQSH, Janubiy Koreya va 
Afrikaning bir qator mamlakatlarida kuzatildi
) tarqalgan, ammo uning ko‘lami har 
bir alohida mamlakat iqtisodiyoti umumiy hajmida va jahon miqyosida u qadar 
sezilarli miqdorda emas. Bir qator davlatlar (
Shveysariya, Angliya, Isroil va 
boshqalar
) blokcheyn texnologiyasini qo‘llagan holda, o‘zining mos keluvchi 
markaziy banklar tomonidan emissiya qilinadigan va nazorat qilinadigan virtual 
valyutasini ham yaratish istagini bildirdilar. Bir tomondan, blokcheyn va boshqa 
texnologiyalar joriy qilish, shubhasizki, davlat virtual valyutalari ishonchliligini 
oshiradi, boshqa tomondan esa, bunday yondashuvkriptovalyutalarning asosiy 
g‘oyasiga (
taqsimlangan va markaziy boshqaruvsiz
) zid keladi va unga to‘liq 
ma’noda qarshilik ko‘rsata olmaydi.Nima bo‘lganda ham, barcha davlatlar 
o‘zining moliyaviy va iqtisodiy tizimini ularning bir qismi tartibga solinadigan bir 
nechta valyuta muomalada bo‘lishiga tayyorlashi zarur deb o’ylaymiz.Xususan, 
Kanadaning eng yirik banklaridan biri, yangi Shotlandiya banki yoki 

Yüklə 5,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   414




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin