Ravhan hamdamovich ayupov raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratda yangi texnologiyalar o’quv qo’llanma



Yüklə 5,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/414
tarix20.11.2023
ölçüsü5,77 Mb.
#163352
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   414
Ракамли иктисодиётда инновацион технологиялар

Satosi Nakamotu
» niki 
ostida ishlaydigan tadbirkorlik sub’ektlariu bir necha yil oldin million bitkoin bilan 
birga g‘oyib bo‘lgandeb hisoblashadi. Shuningdek, avvalroq buzilgan uskunalarda 
«
yonib
» ketgan kriptovalyutalar haqidagi axborotlar ham paydo bo‘lgan. Albatta, 
hozir tizim ancha havfsiz, elektron pullar qimmatlashuvi foydalanuvchilarni bu 
masalaga jiddiyroq yondashishga majbur qiladi, lekin risk baribir mavjud.Mayning 
qilish uchun esa kriptovalyutani «
mayning
» qiladigan asbob-uskunalar hamda 
tegishli dastur xarid qilish talab etiladi. Ko‘plab ijobiy fikrlarga qaramay, mayning 
uskunalari bitkoinni juda ham katta miqdorlarda «
jalb qilmaydi
». Kriptovalyuta 
fermasi egasi, uskunani kriptotizimga ular ekan, ushbu tizimdagi tranzaksiyalar 
haqidagi axborotni saqlaganligi uchun qandaydir miqdorda mukofot oladi. 


145 
3.3. Raqamli iqtisodiyot sharoitida moliya-bank tizimining transformatsiyasi 
Hozirgi kunda jahon moliya-bank tizimida birinchi navbatda, raqamli 
iqtisodiyotning elektron to‘lov tizimlari, kriptovalyutalar va vositachilarsiz 
kreditlash kabi elementlarning bozordagi ulushi shiddatli o‘sishi bilan bog‘liq 
bo‘lgan inqilobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Birinchi navbatda, mobil to‘lovlar 
(
2010 yildan 2016 yilgacha har yili qariyb ikki baravar o‘sgan
) va bir-birini (
peer-
to-peer – P2P
) kreditlash (
oxirgi 3 yil ichida AQSHda 15 baravar o‘sgan va 2015 
yil aylanmasi $78 mlrd dollarga etgan
) hajmining tez o‘sishi kuzatiladi. Ma’lumki, 
an’anaviy faoliyat sohalaridan farqli ravishda, internet-kompaniyalarning bozor 
bahosi hech qanady moddiy asosga ega emas va kompaniya qanchalik ko‘p foydali 
ma’lumotlar to‘plagan bo‘lsa, mahsulot (
yoki hizmat
) ishlab chiqarish shunchalik 
arzonlashadi.Hozirgi kunda o‘zining ofislari va bankomatlariga ega bo‘lmagan 
raqamli banklar va moliyaviy muassasalar sonining jadal sur’atlar bilan o‘sishi 
kuzatilmoqda. Raqamli banklarning (
digitalbanking
) asosiy konsepsiyalari qatoriga 
mijozlarga 
yo‘naltirilganlik, konsortsium konsepsidanraqamli banking 
kontseptsiyasiga o’tish, 
CRM
(
Customer Relationship Management
) ning 
rivojlanishi, mijozlarga bo’lgan ishonchning o’sishi, takliflarni shaxsiylashtirish va 
harakatchanlik hususiyati kiradi. Raqamli banklar hizmatlari zamonaviy insonlar 
hayot faoliyatining barcha sohalariga, birinchi navbatda, mobil qurilmalar, ijtimoiy 
tarmoqlar, axborot servislari, elektron tijorat, internet-savdo va boshqalarga kirib 
borishda kuzatiladi. Raqamli bank o‘z mijozlarigaraqamli kanallardan foydalangan 
holda turli xildagi raqamli ko‘rinishdagi mahsulot va hizmatlarni taklif qiladi. 
Bunday bank infratuzilmasi raqamli kommunikatsiyalar uchun optimallashtirilgan 
bo‘lib, hozircha raqamli texnologiyalarning tez almashinuviga unchalik tayyor 
emas. Bunday banklarning asosiy vazifalari qatoriga mijozning hisobraqamlari 
holati va amalga oshirigan operatsiyalar haqida uni tezkorlik bilan habardor qilish, 
uning uchun eng yaqin bo’lgan bank bo‘linmasi, bankomat, almashinuv punkti 
yoki avtokiosk izlab topish kiradi. Bundan tashqari, raqamli bank o’z mijozlariga 
shunday onlayn-servis taqdim etishi lozimki, ubarcha platformalarda ishlay olsin 


146 
va o’z faoliyatini asosanmobil qurilmalarga yo‘naltirilsin.Banking raqamli 
modelini takomillashtirishning yettita asosiy yo‘nalishini ko’rsatishimiz mumkin: 

omnikanallik va foydalanuvchilar servislarini soddalashtirish; 

axborotni boshqarishning yangi usullari va vositalarini ishlab 
chiqish; 

ochiq API tizimidan foydalanish; 

moliyaviy-texnik kompaniyalari bilan hamkorlik va raqobat; 

mobil to‘lovlarning rivojlanishi; 

banking sohasidagi innovatsiyalarni boshqarish strategiyasini ishlab 
chiqish va amaliyotga joriy qilish; 

faoliyatni innovatsion tartibga solishni amalga oshirish. 
Raqamli hizmat ko‘rsatishga to‘la-to’kis o‘tish nafaqat banklarga, balki 
xilma-xil bank hizmatlaridan tezkor va qulay tarzda foydalana oladigan 
iste’molchilarga ham foyda keltiradi (
masalan, harajatlarning pasayishi, muloqot 
doirasini qamrab olish imkoniyati, moslashuvchanlik, mijozni yaxshiroq 
bilish
).Respublika bank tizimida zamonaviy AKT dasturiy-texnik vositalariga 
asoslangan innovatsion texnologiyalar faol joriy qilinmoqda. O‘zbekiston 
Respublikasi Markabiy bank Boshqarmasining bank tizimi faoliyati yakunlari 
bo‘yicha kengaytirilgan majlisida qayd etilishicha, moliya hizmatlari strukturasida 
bank hizmatlarining ulushi 88%ni tashkil qilgan va oldingi yillar bilan 
taqqoslaganda 1,2 baravarga o‘sgan. Bundan tashqari, 2019 yil uchun bank tizimi 
hizmatlari sonini kengaytirish va sifatini yaxshilash, bu sohaga zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jadal joriy qilish bo‘yicha muayyan 
vazifalar belgilab berilgan.Respublikada masofadan turib ko‘rsatiladigan bank 
hizmatlaridan muntazam foydalanadigan mijozlar ulushi ko‘plab qulay omillar 
tufayli og’ishmay o‘smoqda. Aholining moliyaviy savodxonlik darajasi pastligi va 
naqdsiz hisob-kitoblarga ishonmaslik bank hizmatlari ko‘rsatishning raqamli 
kanallari tez tarqalishiga to‘sqinlik qilaypati. Shuningdek,ta’kidlash joizki, 
banklarning 
raqamli 
hizmatlarga 
o‘tishiuzoq muddatli va serharajat
aksiyadorlarlar tomonidan faol qo‘llab-quvvatlashni, katta miqdordaпш mablag‘lar 


147 
ajratishni talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Hozirgi kunda banklar o‘z 
mijozlariga bir qator onlayn-hizmatlar va masofaviy bank hizmatlarini 
ko‘rsatmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliy bankio‘z mijozlariga 
quyidagi onlayn-hizmatlar taklif qilmoqda: 
1) bank operatsiyalari haqida SMS orqali xabardor qilish; 
2) amalga oshirilgan amallar to’g’risida elektron pochta (
e-mail
) orqali 
xabardor qilish; 
3) mijozlar uchun personal 
IVR
-kabinet tashkil qilish. 
Mijozlarga masofaviy bank hizmatlari ko‘rsatish va onlayn-hizmatlar taklif 
qilish amaliyotining ko‘rsatishicha, mahalliy banklarcheklangan turdagi onlayn-
hizmatlartaklif qilmoqda, shuningdek, bank faoliyatini iste’molchilar talablariga 
nisbatan ommalashtirish jarayoni juda sekinlik bilan ro‘y bermoqda. Agar mahalliy 
banklarraqamli kanallar bo‘yicha xilma-xil moliyaviy hizmatlar taqdim etadigan 
bo‘lsa, iste’molchilarbank servislaridan istalgan vaqtda va istalgan joyda 
foydalanish imkoniga ega bo‘lgan bo’lar edilar. Mijozlarga masofaviy bank 
hizmatlari ko‘rsatish va onlayn-hizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirish maqsadida 
quyidagi choralar ko‘rish taklif etiladi: 
1) yangi texnologiyalar yordamida banklar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi 
masofani qisqartirish; 
2) mijozlar bilan interfaol usulda ishlagan holda bank servislarini munazam 
maslahat asosida tashkil qilish va rivojlantirish; 
3) an’anaviy banklar va professional tashkilotlar o‘rtasida raqamli
texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha kollaborativ munosabatlar ishlab chiqish va 
ularni hayotga tadbiq etish; 
4) 
mijozlarni 
bank 
operatsiyalari 
o‘tkazishda 
yangi 
raqamli 
texnologiyalardan foydalanishga jalb qilish. 
Bank hizmatlarining innovatsion turlarini bank tizimiga faol joriy qilish 
uchun respublikada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish 
zarur bo‘lib, buning uchunnafaqat investitsiyalar, balki raqamlashtirish sohasida 
bizdan o‘zib ketgan rivojlangan mamlakatlar tajribalarini yaxshilab o’rganish ham 


148 
zarur.Bank sanoati – shiddat bilan raqamli rivojlanishga bo’lgan yorqin 
misollardan biri bo‘la oladi. 

Yüklə 5,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   414




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin