159
amalga oshadigan innovatsion faoliyatning yangi yoki mukammallashtirilgan
mahsuloti sifatidagi oxirgi natijasi hisoblanadi. Turli xil ko’rsatgichlardan
foydalangan holda, iqtisodiy nazariya turli ko’rinishlardagi ”
innovatsiya
” larning
quyidagi tafsiflarini taqdim etadi. Bunda u innovatsiyalarning ishlatilishi va
miqyosini, qanday ko’rinishda amalga oshirilishi, yangilik darajasi va qo’llanilish
chegaralari bo’yicha tavsiflaydi. Masalan, qamrab olish miqyosi va foydalanilishi
bo’yicha raqamli innovatsiyalarning quyidagi asosiy turlari bo’lishi mumkin:
Raqamli iqtisodiy innovatsiyalar
– yangi raqamli iqtisodiy mexanizmlar,
bozor tashkilotlari, mahsulotni tarqatish va almashtirish usullari;
Raqamli ishlab chiqarish-texnologik innovatsiyalar
– ishlab chiqarishda
yangi raqamli texnologiyalar yaratish va ulardan foydalanishga
yo’naltirilgan;
Raqamli ekologik innovatsiyalar
– tashqi muhitning ifloslanishini
kamaytiradigan, xavfli chiqindilarni tozalaydigan,
chiqindilarni qayta
ishlaydigan va shunga o’xshashlar;
Tashkiliy-boshqaruv turidagi raqamli innovatsiyalar
– ishlab chiqarish
va noishlab chiqarish faoliyatida yanada samaraliroq tashkiliy-boshqaruv
usullaridan foydalanish;
Siyosiy innovatsiyalar
– siyosat sohasida, siyosiy faoliyat turlarida, ichki
va tashqi faoliyatda, halqaro munosabatlarda yangi g’oyalarni amalga
oshirish;
Huquqiy innovatsiyalar
- yangi ijtimoiy-siyosiy huquqlar kiritish, yangi
qonunlar ishlab chiqish, norma va normativlar yaratish va boshqalar;
Ma’naviy muhitdagiraqamli innovatsiyalar
– ma’naviy faoliyat bilan
bog’liq yangi paradigmalar, gipotezalar, kontseptsiyalar yoki fanda yangi
nazariyalar yaratish, ta’limda yangi usullardan foydalanish, yangi faoliyat
turlarini topish, madaniyatda yangi san’at yo’nalishlari va stillarini
yaratish.
160
Amalga oshirilish usuli bo’yicha quyidagi raqamli innovatsiyalar turlarini
ajratib ko’rsatishimiz mumkin:
Moddiy materialda aks ettirilgan raqamli innovatsiyalar
(
hard
) – bularga
misol sifatida raqamli yangi mahsulotlar, mashinalar,
uskunalar va
jihozlarni ko’rsatish mumkin;
Moddiy materialda aks ettirilmagan raqamli innovatsiyalar
(
soft
) –
bularga misol sifatida yangi samarador ta’lim usullarini, kompyuter
dasturlarini, tashkiliy va boshqaruv bo’yicha o’zgarishlarni, fan
tizimidagi
paradigmalarning
o’zgartirilishi
yoki
boshqasiga
almashinuvini ko’rsatish mumkin.
Yangilik darajasi bo’yicha raqamli innovatsiyalarni nimanidir yangilash,
qandaydir yangilik kiritish yoki nimanidir mukammallashtirish kabi turlarga
bo’lish mumkin. Bunda raqamli innovatsion
yangilik kiritish deganda, qandaydir
yangilikning (
yangi kontseptsiya, g’oya, texnik yechim va boshqalar
) birinchi
marta (
jahon miqyosida, mamlakat miqyosida yoki viloyat miqyosida kabilar
)
ishlatilishiga tushuniladi. Ammo uning ijtimoiy va iqtisodiy afzalligi ham o’sha
miqyosda tan olingan bolishi lozim. Raqamli yangilik kiritishni boshqacha
sharoitlarga moslashtirish, yangilash tariqasida tushuniladi. Demak, yangilash
ushbu tashkilot uchungina innovatsiya, ammo u tashqi dunyo uchun yangilik
bo’lmasligi ham mumkin. Nihoyat, mukammallashtirish
deganda originalni
joylardagi
konkret
shart-sharoitlarga
biroz
o’zgarishlar kiritgan holda
moslashtirishga tushuniladi. Demak, bu amal bir mamlakat yoki tashkilot
uchungina raqamli innovatsiya hisoblanishi mumkin holos.
Raqamli iqtisodiyotdagi yangiliklarning tarqalish chegaralariga bog’liq
ravishda raqamli innovatsiyalar quyidagi turlarga bo’linadilar:
Dunyo miqyosidagi raqamli innovatsiyalar;
Mamlakat miqyosidagi raqamli innovatsiyalar;
Regional yoki viloyatlar miqyosidagi raqamli innovatsiyalar;
Alohida firma, tashkilot yoki shahar doirasida amalga oshiriladigan
raqamli innovatsiyalar.
161
Ijtimoiy yo’nalishdagi raqamli innovatsiylar ham quyidagi asosiy turlarga
mansub bo’lishlari mumkin:
Iqtisodiy
– raqamli olamdagi yangi moddiy yoki ma’naviy taqdirlashlar
turlari, ko’rsatgichlar, mehnatga haq to’lashning
progressiv tizimlari va
boshqalar;
Tashkiliy-boshqaruv
– yangi raqamli tashkiliy tuzilmalar, mehnatni tashkil
qilish usullarini raqamlashtirish va boshqalar;
Huquqiy
– mehnat yoki xo’jalik yuritish bilan bog’liq qonunlardagi
o’zgarishlarni raqamli ko’rinishda amalga oshirish;
Pedagogik
– raqamli vositalarni qollagan holdagi yangi innovatsion-interfaol
o’qitish, ta’lim berish yoki tarbiya qilish usullari.
Raqamli innovatsion iqtisodiyotning zamonaviy sharoitlarida yangiliklar,
bilim va informatsiyaning bunchalik ko’p turlarda namoyon bo’lishi
innovatsiyalarning tarixi bilan chambarchas bog’liqdir. Iqtisodiyotning XX-XXI
asrlardagi evolyutsiyasi ishlab chiqarish
sohasidagi yangi bilim va
informatsiyaning ma’nosi va mohiyatini ham tubdan o’zgartirib yubordi. Ushbu
evolyutsiya natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan (
raqamliinnovatsion davr
2000-yildan so’nggi davr hisoblanadi
):
Dostları ilə paylaş: