367
provayderlar paydo bo’ldi va bu xizmatlar mobil ilovalar
platformalari orqali
amalga qulay usulda oshirila boshlandi. Bunday zamonaviy moliyaviy
texnologiyalar oddiy interfeysli texnologik servislar taklif qilgan xolda ommaning
ishonchini qozondilar. Banklarga bo’lgan ishonchga putur yetishi sharoitida
moliyaviy staraplar past narxlardagi shaffof xizmatlar taklif qilish vositasida aholi
ishonchiga sazovor bo’ldilar. Moliyaviy texnologiyar –
fintex ning mohiyatini
ikkitagina so’z bilan ifodalash mumkin “
o’zimboshqaraman
”. Masalan, startaplar
tomonidan ishlab chiqilgan pul o’tkazish mexanizmini ko’rib chiqamiz. Bunda
foydalanuvchi o’z pullari bilan nimalar bo’layotganini ko’rib va kuzatib turadi,
vositachi uchun komission to’lov to’lamaydi – ya’ni o’z moliyaviy vositalarini o’zi
mustaqil ravishda boshqara oladi va bunga oldingidan ko’ra kam pul sarf qiladi.
Xuddi shuning uchun ham fintex juda katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan
innovatsiyadir. Hozirgi davrda chet elda ishlaydigan xodimlarning o’z vatanlariga
pul jo’natishlari uchun mo’ljallangan WorldRemit
va Remitlyservislari juda
ommabop bo;lib ketgani tufayli ular mos ravishda $100 million $12,5 million
investitsiyalar yig’a oldilar. Moliyaviy inqiroz davrida banklar nafaqat ishonchni
yo’qotdilar, balki kredti olish jarayonini ham ancha murakkablashtirib yubordilar.
Teng huquqli kreditlash deb nomlangan yangi moliyaviy texnologiyalar esa kredit
olishni oson, shaffof, imkonli va tezkor qilishga muvaffaq bo’ldilar.
Kredit
olishning bunday usuli dezintermediatsiya printsipi (
vositachilardan voz
kechich)
asosida ishlaydi. Kredit oluvchi va kreditt beruvchi orasidagi moliyaviy
kelishuvlar mahsus savdo maydonlarida amalga oshiriladi. Bu yo’nalish bo’yicha
eng katta muvaffaqiyatlarga erishga kompaniyalardan biri bo’lgan
Dostları ilə paylaş: