Raxbar : Temirova G. Andijon-2021


Elektron o`quv kurslari tushunchasi, maqsadi, topologiyasi va afzalliklari



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə5/13
tarix27.04.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#103321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Kurs ishi

Elektron o`quv kurslari tushunchasi, maqsadi, topologiyasi va afzalliklari.


Zamonaviy ta‘lim uslubiyoti kompyuter texnologiyalari yordamida o`qitish prinstiplarini amalga oshirishni yanada samalari usullarini izlanmoqda.
Mamlakatimiz ta‘lim uslubiyotida amalda o`quv kursi asoslarini o`rganuvchi, ya‘ni mavjud atamalarni va turli o`quv nashrlari tiplari o`rtasida tafovutni aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar yo`q edi.
Darslik- Davlat ta‘lim standartlari va o`quv dasturiga mos va joriy nashr sifatida rasman tasdiqlangan o`quv fani yoki uning bo`limlari sistematik tarzda bayon qilingan o`quv nashri hisoblanadi.
Elektron darslik - fanning Davlat ta‘lim standartlari, o`quv rejasi va ishchi dasturiga mos mazmunini yuqori ilmiy, uslubiy va texnik darajada yaratilgan elektron o`quv nashri hisoblanadi.
Elektron o`quv kursi (EO`K) - o`quv faniga mos, qisman yoki to`laligiga asosiy darslikni o`rnini to`ldiruvchi elektron ko`rinishli o`quv nashri. Bu grafik, matnli, ovozli, muzikali, video, foto va boshqa informastiyalar, hamda foydalanuvchining bosma hujjatlari majmuidir.
Zamonaviy elektron o`quv kursi- bu kompyuter texnologiyalari va Internet vositalarini qo`llashga asoslangan yahlit didaktik sistemadir. Uning asosiy maqsadi shuki individual va optimal o`quv dasturi bo`yicha faqat o`quvchilarni o`qitish emas, balki shu bilan birgalikda ta‘lim jarayonini boshqarishdir.


Elektron o`quv qo`llamani yaratishga qo`yiladigan talablar.


Elektron o`quv qo`llanmalarning kategoriyalar bo`yicha sinflanishi quyidagi talablarga asoslangan:

  • pedagogik talablar: bularga didaktik va metodik talablar kiradi;

  • texnikaviy talablar.

  • psixologik talablar;

Elektron qo`llanmalarning kategoriyalari – «*» (yulduzcha) bilan belgilanadi. Yulduzchalar soni elektron o`quv qo`llanmalarning sifati va murakkabligi darajasining oshishi bilan mos ravishda ko`payib boradi. Elektron o`quv qo`llanmalar to`rtta kategoriyalar bo`yicha sinflanadi. Oliy kategoriyadagi elektron o`quv qo`llanmalar-to`rtta yulduzcha bilan «», past kategoriyadagi elektron o`quv qo`llanmalar – bitta yulduzcha bilan, «  » belgilanadi.

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin