Elektron o`quv qo`llama yaratuvchi dasturiy vositalarning tahlili
Elektron o`quv qo`llama yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan dasturiy ta‘minotlardan biri Ispring dasturi hisoblanadi [http://www.ispringsolutions.com].
iSpring quyidagi imkoniyatlari mavjud:
taqdimot fayllarini bir necha (exe, swf, html) formatlarda konvertatsiyalash imkoniyati;
taqdimot kontentiga tashqi resurslarni (audio, video yoki flash fayllarni) kiritish imkoniyati;
taqdimot kontentini muhofaza qilish: parol yordamida ko`ra olish, taqdimotga «himoya belgi»si qo`yish, taqdimotni faqat ruxsat etilgan domenlardagina «aylantirilishi»;
video qo`shish va uni animatsiyalar bilan sinxronlashtirish;
elektron test(nazorat)larini yaratish va natijalarini elektron pochtaga yoki masofaviy o`qitish tizimiga (LMS) uzatib berish imkoniyatini beradigan interaktiv matnlar yaratish uchun vosita o`rnatilgan (Quiz tugmachasi);
masofaviy o`qitish tizimida foydalanish uchun SCORM/AICC — mos keluvchi kurslarini yaratish;
taqdimot dastur darajasida aylantirish uchun ActionScript API;
videotasvirni yozish va uni taqdimot bilan sinxronlashtirish;
YouTube‘ga joylashtirilgan roliklarni taqdimot tarkibiga kiritish imkoniyati.
2.1.1-rasmiSpringdasturininginterfeysi EAT resurslari ichida kiruvchi ma‘lumotnomalar va lug`atlarni yaratish uchun iSpring Kinetics dasturini keltirish mumkin.
iSpring Kineticsning quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud:
biror-bir fan bo`yicha elektron ko`rinishdagi qulay bo`lgan glossariy, ma‘lumotnoma yoki lug`at yaratish;
vaqt shkalasini yaratish;
3 o`lchovli kitob yaratish;
FAQ yaratish mumkin.
2.1.2-rasmiSpringKineticsdasturininginterfeysi EAT resurslari ichida kiruvchi elektron nazorat turlarini yaratish uchun iSpring QuizMaker dasturini keltirish mumkin.
iSpring QuizMaker quyidagi asosiy imkoniyatlari mavjud:
tarmoqlangan testlar yaratish imkoniyati (adaptatsiyalashtirilgan testlarni yaratish) imkoniyati;
ikki, uch, to`rt yoki besh javobli yopiq test topshiriqlari, ulardan biri to`g`ri, ikkitasi haqiqatga yaqinroq turidagi topshriqlari;
bir necha to`g`ri javobli yopiq test topshiriqlari;
ochiq test topshiriqlari;
o`xshashlikni aniqlashga yo`naltirilgan topshiriqlar;
to`g`ri ketma-ketlikni aniqlashga mo`ljallangan topshiriqlarni yaratish imkoniyati.
2.1.3-rasm.iSpringQuizMakerdasturininginterfeysi Bu dastur disklarni avtomatik ishga tushiriluvchi vizual qobiqlar yaratishga mo`ljallangan dastur hisoblanadi. Bu dastur yordamida elektron darsliklar, CD\DVD tashrifnomalar, taqdimot va soddda o`yinlar yaratish mumkin.
Dasturning eng qulay tomoni dasturlash tillari bilan notanish foydalanuvchilar ham undan muvofaqqiyatli foydalanishlari mumkin. C++, Java, Visual Basic dasturlash texnologiyalaridan xabardor shaxslar uchun bu dasturning imkoniyatlari yanada kengroqdir.
AutoPlay Media Studio dasturi bilan ishlash uchun minimal talablar:
Operatsion tizim: Windows 2000, Windows XP, Windows Vista, Windows 7 va undan yangilari.
Prosessor Pentium 4 va undan yangilari.
OXS 256 МБ yoki undan yuqori.
Ekran sig`imi 1024x768 piksel va undan yuqori.
Ranglar sifati 16 bit yoki undan yuqori.
Xotirada o`rnatish uchun bo`sh joy sig`imi 100 МБ.