Elektrono`quvqo`llanmalarni(EO`Q)ishlabchiqishgaqo`yiladigandidaktiktalablar. EO`Q an‘anaviy o`quv nashrlariga qo`yilgan didaktik talablarga javob berishi kerak. Quyida EO`Qga bo`lgan an‘anaviy didaktik talablar keltirilgan:
Ta’limda ilmiylikni, fan, texnika va texnologiyalarni so`nggiYutuqlarnihisobgaolinishiEO`Q mazmunining yetarlicha chuqurligini, ishonchliligini ta‘minlaydi. O`quv materialini EO`Q yordamida o`zlashtirish jarayoni o`qitishning zamonaviy usullari bilan mos ravishda qurilishi kerak. Masalan tajriba, eksperiment, solishtirish, kuzatish, abstraktlash, umumlashtirish, yaxlitlashtirish, o`xshashlik, tahlil va sintez, modellashtirish metodi,shu bilan birga matematik modellashtirish, shuningdek tizimli tahlil metodi.
O`qitishningerishuvchanliktalablari– EO`Qda amalga oshiriladi va ta‘lim oluvchilarning yoshi hamda individual xususiyatlariga xos o`quv materialini o`rganishning murakkablik va chuqurlik darajasini aniklash zaruriyatini bildiradi. O`quv materialini haddan ziyod murakkablashtirish va ortiqcha Yuklash mumkin emas, unda ta‘lim oluvchi bu materialni egallashga ojizlik qiladi.
O`qitishningmuammoviyliginita’minlashtalablari– ta‘lim olish faoliyatining tavsifi shartlashtirilgan. Agar ta‘lim oluvchi muammoli topshiriqlar va mashqlarni bajarishga harakat qilsa, uning fikrlash faolligi o`sadi. Ushbu didaktik talabning EO`Q yordamida bajarilish darajasi, an‘anaviy qo`llanmalar va qo`llanmalardan ko`ra, sezilarli ravishda Yuqori bo`ladi.
O`qitishningko`rgazmaliliginita’minlashtalablari– ta‘lim oluvchilar tomonidan o`rganilayotgan ob‘ektlar, ularning maketlari yoki modellarini sezgili qabul qilish va shaxsan kuzatishini hisobga olish zaruriyatini bildiradi.