Raxbar : Temirova G. Andijon-2021



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə7/13
tarix27.04.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#103321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Kurs ishi

O`qitishni ongliligini, ta’lim oluvchining mustaqilligi va faolligini ta’minlash talablari – o`quvfaoliyatining yakuniy maqsad va vazifalariga erishishda o`quv axborotini jalb qilish bo`yicha ta‘lim oluvchilarning mustaqil ishlashlari uchun EO`Q bilan ta‘minlashni ko`zda tutadi. Bunda ta‘lim oluvchi uchun o`quv faoliyati yo`naltirilgan maqsad va mazmunni anglatadi. Fanlar bo`yicha EO`Q tizimli faoliyat yondashuvi asosida ishlab chiqilishi kerak.
  • EO`Qdan foydalanishda o`qitishning tizimliligi va ketma-ketligi talablari


    • o`rganiladigan fan sohasida bilimlar va ko`nikmalarning ma‘lum tizimining ta‘lim oluvchilar tomonidan o`zlashtirilishi ketma-ketligini ta‘minlanishini bildiradi. Bilim, ko`nikma va mahorat – ta‘lim tizimida mantiqiy tartibda shakllanishi va amalda qo`llanilishda o`z o`rnini topishi zarur. Buning uchun quyidagilar zarurligi aniqlandi:

      • o`quv materialini tizimlashtirilgan va tarkiblashtirilgan holda tavsiya qilish;

      • o`quv materialining har bir bo`limida shakllanadigan bilim va ko`nikmalarning rivojlanishini inobatga olish;

      • o`rganilayotgan o`quv materialining fanlararo bog`liqligini ta‘minlash;

      • o`quv materiali va ta‘lim beruvchi ta‘sirlarining uzatilish ketma-ketligini chuqur o`ylab ko`rish;

      • bilim berish jarayonini o`qitish mantiqi bilan aniqlanadigan ketma-ketlikda qurish;

      • EO`Q tavsiya qilgan axborotni, o`qitishning mazmuni va uslubi ta‘lim oluvchining shaxsiy qobiliyatiga bog`liq holda tanlanishi kerak, masalan, mazmunli o`yin holatlarini yaratish, amaliy tavsifdagi topshiriqlar va eksperimentlarni, haqiqiy jarayonlar va ob‘ektlar modellarini tavsiya qilish yo`li bilan amaliyot faoliyatga bog`lanishni ta‘minlash.

    Elektron o`quv qo`llanmalarni ishlab chiqishga qo`yiladigan metodik talablar. Metodik talablar elektron o`quv qo`llanmalariga mo`ljallangan o`quv fanining o`ziga xosligi va xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini izlanish usullarini, axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini
    hisobga olishni ko`zda tutadi. Fanlardan yaratiladigan EO`Q quyidagi metodik talablarni qoniqtirishi kerak:

    1. EO`Q – o`quv materialini taqdim etishning tushunchali, obrazli va harakatli komponentlarining o`zaro bog`liqligiga tayangan holda qurilishi kerak.

    2. EO`Q o`quv materialini Yuqori tartibli tuzilma ko`rinishida ta‘minlashi kerak. Fanlararo mantiqiy o`zaro bog`liqlik hisobga olinishi kerak.

    3. EO`Qda ta‘lim oluvchiga o`quv materialini bosqichma-bosqich o`zlashtirish uchun oshirish turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish imkoniyati yaratilishi kerak.

    EO`Qni ishlab chiqish va foydalanishga qo`yilgan metodik talablarni hisobga olish bilan bir qatorda, uni yaratishning muvaffaqiyatliligi va sifatiga ta‘sir qiluvchi bir qator psixologik talablar ham qo`yiladi. Quyida EO`Qga qo`yiladigan psixologik talablar keltirilgan:

    1. EO`Qda o`quv materialini namoyish qilish nafaqat verbal, balki kognitiv jarayonning sensorlik va namoyish qilish holatlariga ham mos kelishi kerak. EO`Q qabul qilish, diqqat, fikrlash, tasavvur qilish, xotira saqlash kabi psixologik jarayonlari xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak.

    2. EO`Qdagi o`quv materiali ta‘lim oluvchilarning yoshini, tayanch bilimlarini inobatga olib tuzilishi kerak.

    3. EO`Q obrazli va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga yo`naltirilgan bo`lishi kerak.

    EO`Qning tuzilmasi va mazmuni o`quv materialini chuqur o`rganishga mo`ljallash bilan bir vaqtda o`rganilayotgan fanning o`quv dasturiga mos kelishi kerak. Ta‘lim tizimi uchun yaratiladigan EO`Q quyidagi umumiy talablarni xam qanoatlantirishi kerak:

      • EO`Qning mazmuni va tarkibi ta‘lim standartining talablariga mos kelishi kerak;

      • EO`Q o`zida muammoli va izlanish topshiriqlarining intellektual o`rgatuvchi tizimiga ega bo`lishi kerak;

      • EO`Q o`quv faoliyatining izlash, yig`ish, saqlash, tahlil, ishlov berish kabi ko`rinishlarni avtomatlashtirishni; hisoblashlarni, loyihalash va konstruksiyalashni, tajriba, eksperimentning natijalariga ishlov berishni, nazorat topshiriqlarni, axborotli ishlov berishni avtomatlashtirishni ko`zda tutishi kerak;

      • EO`Q murakkab ob‘ektlar (mashina, uskuna, apparat, moslama va x.q.) ishining imitatsiyasini, turli xildagi jarayonlarni real, tezlashtirilgan yoki sekinlashtirilgan vaqt masshtabida o`tish vositalarini tarkibida saqlashi kerak;

      • EO`Qning trening vositalari – ta‘lim oluvchini kelajakdagi kasbiy faoliyatiga bog`liq holda virtual muhitda tayyorlashni amalga oshirish kerak;

      • EO`Qda barcha amalga oshiriladigan hisoblashlar vizuallashtirishning ochiq tizimiga ega bo`lishi, o`zgaruvchan o`rganiladigan ob‘ektlar yoki jarayonlarning bog`liqligi namoyish qilinishi kerak.


    Yüklə 1,73 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin