Raxbarning professional sifatlari


Uslub boshqaruv organining intellektual salohiyati, sifatlari, uning individual xususiyatlari bilan belgilanadi. Rahbarlik usulubiga qarab rahbarning turlarga ajratilishi



Yüklə 423,43 Kb.
səhifə4/17
tarix02.01.2022
ölçüsü423,43 Kb.
#37778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
544dffbb9353f (1)

 

  • Uslub boshqaruv organining intellektual salohiyati, sifatlari, uning individual xususiyatlari bilan belgilanadi.
  • Rahbarlik usulubiga qarab rahbarning turlarga ajratilishi

    Rahbarlik usulubi, belgisi va bo’ysunuvchilarga nisbatan munosabatiga qarab, barcha rahbarlarni quyidagi uch turga ajratish mumkin:

    1.Avtokratik rahbar

    2. Liberal rahbar

    3. Demokratik rahbar

    Ushbu rahbarlarning ijobiy va salbiy xislatlari, ularning ish uslublari to’g’risida

    Avtokratik rahbar

    Bunday turdagi rahbar:

    • Buyruq chiqarish, qaror qabul qilish, xodimlarga jazo berish yoki rag’batlantirishda jamoa fikrini hisobga olmaydi;
    • O’zini jamoadan uzoqda tutadi, jamoa a'zolarni bevosita muloqotda bo’lishini chegaralab qo’yadi;
    • O’zining noo’rin harakatlarining tanqid qilinishiga chiday olmaydi;
    • O’ziga bo’ysunuvchilarning harakatlarini keskin ravishda tanqid qilishni yaxshi ko’radi;
    • Muttasil buyruq berishga hammani o’z istaklariga so’zsiz bo’ysundirishga intiladi;
    • Ko’p gapirishni yoqtirmaydi, lekin bo’ysinuvchilari bilan muomalada bo’lganda uning rahbarlik g’ururi balandligi, o’zini katta tutishi sezilib turadi;
    • O’ziga bo’ysinuvchilari oldida qovog’i solingan kayfiyatda bo’ladi.
    • Xullas avtokratik rahbar, o’ziga bino qo’ygan, dimog’dor, o’z qobiliyati va imkoniyatlariga ortiqcha ishonadigan, hukmini o’tkazishga intiladigan kishilarda etishib chiqadi.
    • Bunday rahbar nazoratdan chetda qolsa, o’sha erda dag’allik, takabburlik, tazyiq o’tkazish, majbur qilish kabi o’ta salbiy holatlar avj uradi.
    • Biroq avtokratik boshqaruv usulini har jihatdan yomon deb bo’lmaydi. Ba'zi bir hollarda bo’ysinuvchilarning madaniy darajasi, ahloqi pastligi sababli avtokratik uslubni tanlab olish ham ish berib qolishi mumkin.

    Yüklə 423,43 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin