Qadimgi tibbiyotning yirik namoyandasi Gippokratning inson badanida qon asosiy o’rinni ishg’ol etsa, bunday odam harakatchan, engil bo’ladi, taassurotlarning almashinishiga tez ko’nikib keta qoladi, o’z atrofida sodir bo’lay0otgan voqealarga darhol va ishtiyoq bilan aralashadi, degan fikri bejiz emas. Mana shu xil kishilarni Gippokrat sangviniklar (xushchaqchaq kishilar) deb atagan. Bu lotincha "sangvinis", ya'ni "qon" degan so’zdan kelib chiqqan.
Sangviniklar tuyg’u (jo’shqin) xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular:
Yangi kishilar bilan tez til topishadigan;
Bir ish turidan ikkinchi ish turiga tezda ko’nikadigan;
Bir turda bajariladigan ishlarni yoqtirmaydigan;
Yangi sharoitga osonlik bilan o’rganadigan;
Xushchaqchaq;
Harakatlari shiddatli;
Nutqi tez;
Kelajakka ishonch bilan qaraydigan;
So’zini aniq va ma'noli qilib, imo-ishoralar bilan gapiradigan kishilardir.