Referat mavzu Novatsiya va innovatsiyalar hozirgi zamon ilmiy
U.Uevell: «Oldingi haqiqatlar quvilmaydi, rad qilinmaydi, balki kengaytiriladi va har bir fan tarixi - haqiqatdan novatsion xarakterga egadir»1, deb yozadi. Biroq Dyugel taxminicha, fan bo‘sh joyda paydo bo'lmagan ko‘p hollarda yangi ilmiy g‘oya, albatta, o‘z manbasiga ega bo‘lgan, ya’ni fandagi har bir yuksalish undagi an’anaviy ilmiy g'oyalar bilan bir qatorda, yangidan-yangi innovatsiyalar va novatsiyalar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilgan. Umuman olganda, innovatsiya bilan ilmiy-ijodiy faoliyat asosida qo‘lga kiritilgan yutuqlami biroz o‘zgartirish mumkin. Ammo ulami mutlaqo rad qilib ham boimaydi, ya’ni turli doiradagi innovatsiya va novatsiyalar asosida yangi gipotezalar paydo bo‘ladi. Ammo biz fan rivojida sekin va ketma-ket o‘zgarishlar bo‘lganligini ham inkor qilolmaymiz. Darhaqiqat, ko‘pgina fan yutuqlari ulardan oldin mavjud bo‘lgan nazariya yoki gipotezalarga tayanmagan. Bu jarayon ayniqsa, «vaqtidan ilgari» paydo bo‘lgan ilmiy kashfiyotlarga taalluqlidir. Hozirgi davrda respublikamizda ilmiy-tadqiqot faoliyatining rivojlanish holati va undagi strukturaviy o'zgarishlar innovatsion faoliyat bilan chambarchas bog'liq. Ayniqsa, fanning ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalariga yangilik kiritishda innovatsiyalaming o‘mi beqiyos hisoblanadi. Bu har yil o‘tkazilayotgan innovatsion g‘oya va texnologiyalar yarmarkasida ishtirok etayotgan ishlanmalar taqdimotida o‘z ifodasini topmoqda. Sh boisdan ham mamlakatimizda fan, texnika taraqqiyotini ta’minlash maqsadida innovatsion muhitni shakllantirish hamda doimiy ravishda evristik faoliyatni rag‘batlantirib borish muhimdir. Innovatsiya deb yangi ilmiy texnik yutuqlardan samarali foydalanishga aytiladi. Bu holatni ilmiy-ijodiy faoliyatdagi muhitga muvofiqlashtirish, uning samarasini oshirish respublikamizdagi fan imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga katta yordam beradi. Bu jarayonda asosiy e’tibor yosh avlodning eng ratsional faoliyatiga qaratiladi. Chnki innovatsion g‘oyalar jamiyat taraqqiyoti uchun juda kuchli samara beradi. Bunday g‘oyalami rivojlantirishda novatorlikning o‘mi katta. Chunki aynan novatorlik asosida ilmiy-ijodiy faoliyat olib borishning yangi tipik ko‘rinishini shakllantirish mumkin. Bu holat yangi g‘oya, nazariya yoki paradigmada biror xil yangilik ustuvor bo‘lganda sodir bo‘ladi.
Dastlab adabiyotlarda innovatsiya iqtisodiy tadqiqotlar tizimida o‘rganilgan. Vaqt o‘tishi bilan innovatsion o‘zgarishlar jamiyat hayoti faoliyatining hamma sohalarida sifat ko‘rsatkichlarini baholashda qo‘llaniladi. Shu bois bu innovatsiyalar faqatgina iqtisodiyotda qo‘llanilishi haqidagi fikr noto‘g‘ri ekanligi asoslandi. Ilmiy-tadqiqot faoliyatida innovatsiyalarning joriy qilinishi zamonaviy yutuqlardan foydalanishga keng imkoniyat yaratadi. Ilmiy-tadqiqot faoliyatiga innovatsion yondashuv yangi kashfiyotlar mazmuni, tarkibi va tasnifmi tekshirish, natijalarini tahlil qilish imkonini beradi.
Xulosa qilib aytganda, ilmiy-ijodiy faoliyatning innovatsion va novatsion strukturalari ongning shunday ishlashini ta’minlaydiki, bunda insonga o‘z hayoti maqsadlari, usullari va sharoitlarini muvofiqlashtirish mumkin bo'ladi. Bunday ilmiy-ijodiy faoliyat olimning kelajakning mos ilmiy strategiyasini belgilash, baholash va tanlab olishning turli imkoniyatlarini va yangi texnologiyalar, tushunchalar, gipotezalami aprobatsiya qilishiga yordam beradi. Innovatsiya va novatsiyalaming konstruktiv jihatlari alohida rol o‘ynaydi. Natijada kelajakka tanlab olingan ilmiy loyiha ratsionallikka, samaradorlikka, optimallikka ekspertizadan o‘tadi. Ikkinchidan, ilmiy-ijodiy faoliyatda kelajakda vujudga kelishi mumkin bo‘Igan muammolar va ulami innovatsion asoslarda hal qilishga turtki beruvchi evristik omillar ustuv.or o‘rinni egallaydi. Ilmiyijodiy faoliyatda innovatsion va novatsion o‘zgarishlaming amal qilish maydoniga ko‘ra, inson faoliyatining va jamiyatning har bir jabhasini qamrab oladi. Bu holatni biz ilmiy-ijodiy faoliyatning amal qilish xususiyatlaridan ham anglab olishimiz mumkin.