Yadro magnit rezonans usuli makromolekulalar va ayrim guruhlarining konformatsiyasini, dinamik xossalari, ligandlarning bog’lanish darajasini aniqlaydi.
Yuqorida ko’rib chiqilgan usullardan tashqari potentsiometriya, rN-metiya, fotometriya va ‘olyarografiya usullardan biofizikada keng foydalaniladi.
Membranalar biofizikasi biomembranalarning tuzilishi va fizikaviy xususiyatlarini, sunhiy membranalar tuzilishi va xossalari, membrana potentsiallarining hosil bo’lish qonuniyatlarini o’rganadi. Membranalardan moddalarni ‘assiv va aktiv trans’orti, diffuziya va o’tkazuvchanlik, ion kanallarining tuzilishi va xususiyatlarini ham membranalar biofizikasi bo’limida o’rganiladi.
Bizga mahlumki, hujayralarning eng asosiy qismi membranalar hisoblanadi.Ular hujayrani atrof-muhitdan chegaralab turadi, unga ziyon yetqazuvchi tashqi tahsirlardan himoya qiladi, hujayra bilan uning atrofini o’rab turuvchi muhit orasidagi modda almashinuvini boshqaradi, elektr potentsiallarini generatsiyalashga imkoniyat yaratadi, mitoxondriyalardagi universal akkumulyatorlar energiyasi ATF ni sintez qilishda ishtirok etadi. Xulosa qilib aytganda, membranalar hujayralarning tuzilishini shakllantiradi va uning vazifasini bajaradi. Ko’’gina kasalliklar mas-n, ateroskleroz, zaharlanish va h.z.lar membrana tuzilishining va ish faoliyatining buzilishi bilan bog’liqdir.
Hozirgi davrga kelib,biologiyada mustaqil ilmiy yo’nalish-membranologiya shakllandi. Membranologiya biologik membranalar tuzilishi,molekulyar tashkillanganligini, membranaviy tarkibiy qismlarining faoliyat mexanizmlari,membrana fizik-kimyoviy xossalari va aktivligining boshqarilishi masalalarini tekshirish bilan shug’allanadi.
Membranologiyaning qisqacha tarixi