2
MAVZU: KORXONALARIDA ASOSIY FONDLARNI
MODERNIZATSIYALASH ASOSIDA MEHNATNING FOND BILAN
QUROLLANISH HOLATINI YAXSHILASH YO‘LLARI
Reja:
1. Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tarkibi va tuzilishi
2. Asosiy fondlarni baholash usullari
3. Asosiy fondlarning eskirishi va
amortizatsiyasi
4. Asosiy fondlardan foydalanish ko'rsatkichlari.
5. Ishlab chiqarish quvvatini hisoblash usullari.
6. Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishniyaxshilash yo'llari
Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati va ahamiyati, tarkibi va tuzilishi
Zamonaviy iqtisodiyot fani
asosiy fondlarni ma'lum bir iste'mol
qiymati
ko'rinishida ijtimoiy mehnat asosida yaratiluvchi, ishlab chiqarishning moddiy-
buyumlashgan material omillari qatoriga kiritadi. Hozirgi bozor sharoitlarida korxona
kuchi va vositalari yordamida yaratilgan asosiy fondlar ishlab chiqarish quvvatlarini
shakllantirish va ulardan foydalanishga faol ravishda ta'sir ko'rsatuvchi mulk
hisoblanadi. Butun xalq xo'jaligi miqyosida asosiy
fondlar mamlakatning milliy
boyligini tashkil qiladi.
Asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo'lib, ishlab
chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishtirok etada va o'zining natural-moddiy holatini
yo'qotmaydi hamda o'z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotlarga qismlab o'tqazib
beradi. Asosiy fondlar qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga o'tkazish jarayoni
amortzitsiya deb, ushbu jarayonda to'plangan mablag'lar esa amortizatsiya ajratmalari
deb ataladi.
Iqtisodiy maqsadlariga ko'ra, asosiy fondlar ishlab
chiqarish va noishlab
chiqarish fondlariga taqsimlanadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari o'z mohiyatiga
ko'ra, korxonaning ishlab chiqarish potentsialini tashkil qilib,
ularning tarkibiga
quyidagilar kiradi:
3
* ishlab chiqarish binolari va inshoatlari;
* uzatish qurilmalari;
* quvvat mashinalari va
uskunalari;
* ishchi mashinalar va uskunalar;
* transport vositalari;
* o'lchov va tartibga solish asboblari va qurilmalari;
* foydalanish muddati bir yildan kam bo' lmagan va qonunchilikda
belgilab
qo'yilgan qiymatlardagi asboblar va ishlab chiqarish inventari.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarishda band bo'lgan barcha
mutaxassis va xodimlar soni bilan birgalikda,
korxonaning ishlab chiqarish apparati
deb ataladi.