1.1-rasm. Korxona asosiy fondlarining tarkibi
5
ko'proq imkoniyatga ega. Biroq kichik korxonalar harakatchanroq, ularning
boshqaruvi moslashuvchanroq bo'lib, natijada ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta
qurollantirish osonroq kechadi.
«Korxona iqtisodiyoti»ga ekspluatatsiya qilinayotgan asosiy fondlarning
yoshi, birinchi o'rinda mashina va asbob-uskunalarning yoshi katta ta'sir ko'rsatadi.
Hozirgi paytda mashina va sanoat uskunalarini yosh bo'yicha guruhlashda taxminan
quyidagi muddatlardan kelib chiqiladi: 5 yilgacha, 5 yildan 10 yilgacha, 10 yildan 15
yilgacha, 15 yildan 20 yilgacha, 20 yildan 25 yilgacha va hokazo. Mashina va
uskunalarning ekspluatatsiya muddati qanchalik yuqori bo'lsa, korxonaning ishlab
chiqarish quvvatlari shunchalik past bo'ladi, mahsulotlar sifati pasayadi, bekor turib
qolish va talofatlar ko'payadi hamda aksincha. Bundan tashqari, korxona asbob-
uskunalaridan uzoq vaqt mobaynida foydalanilganida ta'mirlash uchun ham ko'p
xarajatlar sarflanadi.
Asosiy fondlarni baholash usullari
Xo'jalik amaliyotida asosiy fondlar natural va qiymat ko'rinishida hisobga
olinadi. Agar asosiy fondlarni natural baholash - ishlab chiqarishni texnik jihatdan
qayta qurollantirish va zamonaviylashtirish masalalarini hal qilish, asbob- uskunalarni
ta'mirlash uchun ularning guruh va turlari bo'yicha grafiklar tuzish, shuningdek,
ta'mirlash vositalariga bo'lgan ehtiyojni aniqlash imkonini bersa, qiymat bo 'yicha
baholash esa, asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarishni rejalashtirish, ularning mavjud
hajmini aniqlash, amortizatsiya hajmini belgilash, asosiy fondlar va ishlab chiqarish
quvvatlaridan foydalanish darajasini tahlil qilish va hokazolarda muhim ahamiyat kasb
etadi.
Asosiy fondlarni baholashning quyidagi usullari mavjud: boshlang'ich qiymat
bo'yicha - asosiy vositalarni yaratish yoki sotib olish uchun sarflangan xarajatlar
majmuidan iborat bo'lib, asosiy fondlar yoki ularning alohida qismlarini foydalanishga
topshirish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog'liq bo'lgan-ularni keltirish, o'rnatish
kabi xarajatlarni hisobga olgan holda yuzaga keluvchi qiymat.Masalan, bitta mashina
yoki uskunaning boshlang'ich qiymati - bu, korxonaning mazkur mashina yoki
uskunani ma'lum bir sanada sotib olgan va bu haqda buxgalteriya hujjatlarida qayd
6
qilingan sotib olish narxidir.
Dostları ilə paylaş: |