Referat mavzu: Mavhumlik va tavakkalchilik. Qabul qildi: Bajardi: Qozoqov Aktam


Tavakkalchilikni (yo’qotishlarni) pasaytirish



Yüklə 23,42 Kb.
səhifə3/5
tarix05.10.2023
ölçüsü23,42 Kb.
#152537
növüReferat
1   2   3   4   5
Referat mavzu Mavhumlik va tavakkalchilik. Qabul qildi Bajardi-fayllar.org

3. Tavakkalchilikni (yo’qotishlarni) pasaytirish.
Tavakkalchilikni pasaytirishning quyidagi turlari mavjud: diversifikatsiya, sug’urtalash, tavakkalchilikni taqsimlash, axborot izlash.
Diversifikatsiya usulida tavakkalchilik bir necha tovarlarga taqsimlanadi, ya’ni biror tovarni sotish (sotib olish) yuqori tavakkalchilik bilan bog’liq bo’lishi boshqa bir tovarni sotishdan (sotib olishdan) bo’ladigan tavakkalchilikni kamaytirishga olib keladi.
Tavakkalchiliklarni sug’urtalash - ushbu usul tasodifiy yo’qotishlarni o’zgarmas xarajatlarga aylantirish orqali tavakkalchilikni kamaytirishga qaratilgan.
Tavakkalchilikni taqsimlash - ushbu usulga ko’ra zarar ko’rish ehtimoli bilan bog’liq bo’lgan tavakkalchilik bilan qatnashuvchi sub’ektlar o’rtasida shunday taqsimlanadiki, oqibatda har bir sub’ektning kutiladigan yo’qotishi nisbatan kichik bo’ladi. Bunda shirkat firmalari tashkil etilib, uning kapitali bir necha sheriklarga qarashli bo’ladi.
Axborot bilan ta’minlash yoki izlash ham tavakkalchilikni kamaytiradi. Nima uchun deganda, axborotning yetishmasligi noto’g’ri qaror qabul qilishga olib keladi. Hozirgi vaqtda axborot asosiy taqchil resurslardan biri bo’lib, uni olish uchun haq to’lash kerak, ya’ni axborot olish xarajat bilan bog’liq, ba’zi axborotlar nihoyatda qimmat turadi. SHuning uchun ham kerakli bo’lgan axborotdan qancha olish kerak deganda, uning chekli xarajati bilan chekli nafini solishtirib ko’rish kerak bo’ladi.Bozor axboroti 2 xil bo’ladi: Simmetrik axborotlashgan bozor va asimmetrik axborotlashgan bozor.
Simmetrik axborot bozordagi vaziyatni to’la aks ettiradi, ya’ni u to’laroq bo’ladi. Masalan, bozor signallari narxning ortib borishi haqida xabar beradi, bu bozordagi talabning oshib borishini bildiradi. Buni e’tiborga olgan firma xatardan qochish yo’lini izlaydi.
Asimmetrik axborotlashgan bozor. Asimmetrik axborot - bu shunday holatki, bozordagi bozor sub’ektlari o’rtasida bo’ladigan savdo-sotiqda ularning bir qismi kerakli, muhim axborotga ega, qolgan qismi esa ega emas.

Yüklə 23,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin