Mahsulot sifati noaniqligi. Avtomobil va sug’urta bozoridagi asimmetrik axborot Sug’urtalash bozori Ma’naviy tavakkalchilik (yo’qotish) Bozordagi asimmetrik axborotlarni yo’qotish yo’llari. Bozor signallari.
Auktsionlar. Auktsionlar ham axborotlardagi asimmetriyani yo’qotadigan bozor hisoblanadi. Noyob san’at namunasiga, tez buziladigan mahsulotlarga (sabzavot, meva, baliq) narxlar sotish vaqtida o’rnatiladi. Auktsionlarning asosan ikki turi mavjud: Ingliz va Golland auktsionlari.
Ingliz auktsioni - bu auktsionda stavka pastdan yuqoriga qarab oshib boradi va bu oshish taklif qilingan maksimal narxda tovar sotilguncha davom etadi. Ushbu auktsionda asosan san’at namunalari, zebu-ziynatlar va hokazolar sotiladi.
Golland auktsionida - stavkalar yuqoridan pastga qarab, toki tovar minimal mumkin bo’lgan narxda sotilgunga qadar tushib boradi. Ushbu auktsionda vaqt muhim ahamiyatga ega, nima uchun deganda auktsionda asosan tez buziladigan tovarlar sotiladi: gullar, sabzavotlar, mevalar, baliq va hokazolar sotiladi.
Olib sotarlik va uning iqtisodiyotdagi o’rni.Olib sotarlik (savdogarlar) deganda, foyda olish maqsadida biror tovarni sotib olib, uni yuqori narxda sotish faoliyati tushuniladi.
Tavakkalchilikni pasaytirshda fyucherslar, optsion va xedjirlashtirishlar ham muhim rol o’ynaydilar. Fyucherslar - bu oldindan belgilangan narxlarda ma’lum miqdordagi tovarlarni kelajakda ma’lum kunda yetkazish uchun tuzilgan muddatli shartnoma.
Optsion yoki mukofotga ko’ra savdo-sotiq - bu fyuchersning bir turi bo’lib, unga ko’ra bir tomon komission to’lov asosida biror tovarni kelajakda sotib olish yoki sotish huquqini oldindan kelishilgan narxda sotib oladi. SHuni aytish kerakki, fyuchers ham, optsion ham tovarlar narxini vaqt bo’yicha tekislashga yordam beradi.
Xedjirlashtirish - bu operatsiya bo’lib, unga ko’ra fyucherslar bozori va optsionlar bozori yordamida bir tavakkalchilik boshqa bir tavakkalchilik bilan qoplanadi. Ushbu operatsiyaning mohiyati shundan iboratki, narxlar o’zgarishi bilan bog’liq tavakkalchilik (yo’qotishlar) savdogar zimmasiga yuklatiladi.