Referat Mavzu; Soliq tizimi va uning vazifalar


O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va diversifikatsiya qilish



Yüklə 83,45 Kb.
səhifə2/5
tarix23.05.2023
ölçüsü83,45 Kb.
#120449
növüReferat
1   2   3   4   5
Ramazonov Bahriddin mustaqil ish . Refarat

1. O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va diversifikatsiya qilish
Iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish asosiy ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bu borada Hukumatimiz tomonidan ko’plab dasturlar ishlab chiqilgan va har yili Prezidentimiz tomonidan yil yakunlari bo’yicha qilgan ma’ruzalarida ustuvor vazifalar to’g’risida taakidlab o’tadilar. Bugungi kunda iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo’yicha Dastur ishlab chiqilmoqda. Shu borada, 2014 yilda umumiy qiymati 2.7 milliard AQSh dollaridan ziyod bo’lgan qariyb 150ta investitsiya loyihasi bajarilgan Dasturga kiritilishi mo’ljallanayotgan bu loyihalar avvalambor yoqilg’ienergetika, kimyo, neft-gazni qayta ishlash, metallurgiya tarmoqlariga, engil va to’qimachilik sanoati, qurilish materiallari sanoati, mashinasozlik va boshqa sohalarga tegishlidir. Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi innovatsion va energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish va jahon bozorida talab mavjud bo’lgan yangi turdagi tovarlar ishlab chiqarishni o’zlashtirish hisobidan qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarish, yillik eksportni ko’paytirish, yalpi ichki mahsulot hajmini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi. Bugungi kundagi asosiy vazifa – yangi loyihalarni qisqa muddatlarda barcha manfaatdor tuzilmalar, birinchi navbatda, xorijiy investorlar bilan birgalikda batafsil ko’rib chiqish, ular bo’yicha kelishuvlarni oxiriga etkazish va strategik muhim dasturning qabul qilinishini tezlashtirishdan iborat. Bugungi kunda iqtisodiy dasturlarning yana bir muhim ustuvor yo’nalishi boshlangan tarkibiy o’zgarishlarni va iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish jarayonlarini davom ettirish hisoblanadi. Prezidentimiz iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiya qilish jarayonlari borasidagi islohot va yangilanishlar yo’nalishini 2000 yildayoq belgilab olinganligini, biroq jahon iqtisodiy inqirozi ishlab chiqarishni muntazam yangilab, modernizatsiya qilib borish zaruratini kun tartibiga yanada o’tkir qilib qo’yayotganligini, buning uchun bor kuch-imkoniyatimiz va resurslarimizni safarbar etishimiz zarurligini qayd etdilar. Shuningdek, bu borada misol keltirib, Toshkent, Navoiy va Tollimarjondagi uchta issiqlik elektr stantsiyasida mavjud bo’lgan tejamkorligi past gaz qurilmalari o’rniga zamonaviy bug’-gaz qurilmalarini barpo etish loyihalarini amalga oshirish uchun katta investitsiya kerak bo’lishi, lekin issiqlik energiyasi ishlab chiqarishda energiya manbalaridan foydalanish hajmini jahon standartlari darajasida qisqartirishga erishadigan bo’lsak, bundan keladigan samara sarf qilingan xarajatlarni har jihatdan to’la qoplashini, shuning uchun ham ushbu loyihalar ijrosini jadallashtirish ustida qattiq ishlash zarurligini ta’kidladilar. Mahalliy organlar va tarmoq tuzilmalari rahbarlari tomonidan sifatsiz mahsulotni ishlab chiqarish, eskirgan texnika va texnologiya asosida zarar ko’rib ishlayotgan korxonalarni saqlab qolish uchun urinishlariga mutlaqo yo’l qo’yib bo’lmaydi. Bunday korxonalar aksariyati engil va oziq-ovqat sanoati sohasida saqlanib qolmoqda. Holbuki, bu sohalarda tez o’zgaruvchan bozor talabi texnika va texnologiyani uzog’i bilan 5-7 yilda, rivojlangan mamlakatlarda esa bundan ham qisqa muddatlarda o’zgartirishni talab etadi. Bunday vaziyatni mazkur korxonalarni bankrot deb e’lon qilish yo’li bilan tubdan o’zgartirish darkor. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18-noyabrdagi PF-4053 sonli «Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmonida ko’zda tutilgan iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish, modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayoniga tijoratbanklarining mablag’larini kengroq jalb qilishni yo’lga qo’yish tadbirlari muhim hisoblanadi. Qarorda Respublika Komissiyasining qarori asosida bankrot korxonalarni tijorat banklariga sotish yoki to’g’ridan-to’g’ri balansiga berishning 3 ta mexanizmi ko’zda tutilgan:
1) bankrot korxona kreditorlik qarzi tarkibining 70% va undan ortiq qisminibank kreditlari tashkil etsa, u holda korxonani tijorat banklari balansiga berish;
2) bankrot korxonani auktsion savdolari orqali eng yuqori narxni taklif qilgan va tegishli majburiyatni o’z zimmasiga olgan tijorat banklariga sotish;
3) bankrot korxonani tanlov savdolari orqali tijorat banklariga «nol» qiymatda investitsion majburiyat sharti bilan sotish. Ushbu tadbirlar mamlakatimizdagi bankrot korxonalarni tarkibiy qayta tuzish hamda yangi xo’jalik faoliyatini yo’lga qo’yish jarayonlarini sezilarli darajada tezlashtirdi. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 19 noyabrdagi F-4010 sonli «Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish to’g’risidagi tartibni tasdiqlash to’g’risida»gi Farmoyishi bilan iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy qobiliyatini tiklash bo’yicha bir qator imtiyozlar (ko’maklar) berilgan. Jumladan, ushbu Farmoyishga ko’ra bankrot korxonalar negizida yangi tashkil etilgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar:
- qo’shimcha qiymat solig’idan ozod qilindi;
- uch yil davomida foyda solig’i, yagona soliq to’lovi, mulk solig’i va er solig’larini to’lashdan ozod qilindi;
- boshqaruv kompaniyalarga berilganda foyda solig’i va yagona soliq to’lovidan ikki yil davomida ozod qilindi.
Buning natijasida sobiq bankrot hisoblangan, endilikda tarkibiy qayta tuzish orqali faoliyatini yangilagan korxonalarning ko’rsatkichlarida sezilarli

Yüklə 83,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin