Referat Mavzu; Soliq tizimi va uning vazifalar


Iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlarning rag’batlantiruvchanligi



Yüklə 83,45 Kb.
səhifə3/5
tarix23.05.2023
ölçüsü83,45 Kb.
#120449
növüReferat
1   2   3   4   5
Ramazonov Bahriddin mustaqil ish . Refarat

2. Iqtisodiyotni tartibga solishda soliqlarning rag’batlantiruvchanligi
Bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi sharoitida soliqlarning ikkinchi muhim funktsiyasi ularning iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tartibga soladi va bu bilan xalq xo’jaligi tarmoqlarining iqtisodiy faoliyatini amalga oshirish uchun muayin «soliq muhiti» ni yaratadi. Ushbu funktsiya orqali soliq tizimiga ta’sir ko’rsatadi, ya’ni muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’atlarini rag’batlantiradi yoki jilovlab turadi, sarmoyaning bir tarmoqdan soliq muhiti eng ma’qul bo’lgan boshqa tarmoqqa qo’yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuningdek aholining to’lovga qobil talabini kengaytiradi yoki kamaytiradi. Soliqlarning tartibga soluvchi sifatidagi funktsiyasining ahamiyati bozor sharoitida o’sib boradi, bu davrda tadbirkorlarni ma’muriy qaram qilish usullari yo’q bo’lib ketadi yoki juda oz holda qoladi, korxonalar faoliyatini farmoyishlar, ko’rsatmalar va buyruqlar yordamida idora qilish huquqiga ega bo’lgan «yuqori tashkilot» tushunchasining o’zi asta-sekin yo’qola boradi. Biroq iqtisodiy faollikni izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun maqbul bo’lgan yo’nalishda rag’batlantirish zarurati saqlanib qoladi. Mamlakat iqtisodiyotida qulay investitsiya muhitini yaratishga ko’maklashish. O’zbekiston Respublikasida soliqning ushbu vazifasini bajarishi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, hozirgi kunda sarmoyalarning asosiy qismi savdo va xizmatlar sohasiga yo’naltirilayotganligi tashvishli holdir. Buning asosiy sababi foyda normasining bu sohalarda kattaligidir. Soliq sarmoyalarni bevosita mahsulot ishlab chiqarish sohasiga yo’naltirishning qudratli vositasi bo’lishi kerak.
Aholining mehnat faolligini rag’batlantirish. Soliq deyarli barcha mamlakatlarda ushbu vazifani bajaradi. Chunki ular aholi daromadlarini tartibga solishning muhim vositasi hisoblanadi. Daromadlardan olinadigan soliq stavkalarining eng yuqori cheharasini sezilarli darajada pasaytirish ishchi kuchining taklifi bilan bog’liq salbiy oqibatlarning oldini olishi mumkin. 70 - 80 yillarda Shvetsiyada soliq stavkalarining aholi daromadlariga progressiv ravishda qo’llash malakali ishchilarning boshqa mamlakatlar tomon migratsiyasiga olib kelgan.
- Iqtisodiy o’sishni rag’batlantirish maqsadida daromadlarni taqsimlashning samaradorlik va adolat printsiplari o’rtasidagi muvofiqlikka erishish. Amaldagi soliqga barqarorlik va moslanuvchan soliq stavkalarining xosligi soliqning uzoq muddatli vazifalarini amalga oshirishga zamin yaratadi. Milliy va xorijiy investorlar kapital qo’yilmalarini amalga oshirar ekan, ular o’zlarining soliq majburiyatlarini aniq bilishi kerak. Soliq turlari va stavkalari barqaror va tez-tez o’zgarmaydigan bo’lishi kerak. Soliq tizimiga mustahkam ishonch bo’lmagan taqdirda uzoq muddatli investitsiyalarning harakati susayadi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, soliqning byudjetga ijobiy ta’siridan tashqari, muhim iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish sohasida ham ulardan faol foydalanish mumkin. Narx-navoning isloh qilinishi, tashqi savdoning erkinlashtirilishi, mehnat bozorining isloh qilinishi va hokazolar yangi paydo bo’lgan tijorat strukturalarini moliyaviy jihatdan qo’llab-quvvatlash zaruriyatini yuzaga keltiradi. Bu vazifani Soliq stavkalarining tabaqalashtirish yo’li orqali hal etish mumkin. Shunday qilib, soliqning vazifalari ularni amalga oshirish muddatiga qarab, qisqa muddatli, o’rta va uzoq muddatli vazifalarga bo’linadi. Bu vazifalar mazmuniga ko’ra bir-biridan farq qiladi. Soliq nafaqat davlat byudjetining tushumlariga bo’lgan ehtiyojlarni qondirishga balki davlat daromadlarini byudjetning o’rta muddatli rejada hayotiyligini yaxshilash maqsadida moslashuvchanligini amalga oshirishga ham xizmat qilishi mumkin.


Yüklə 83,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin