Referat mavzu: tijorat banklarining tõlovga layoqatlikigi va likvidligi tayyorladi: A. F. Xamrayev



Yüklə 55,64 Kb.
səhifə2/7
tarix07.01.2024
ölçüsü55,64 Kb.
#203550
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7
Referat mavzu tijorat banklarining tõlovga layoqatlikigi va li-fayllar.org-1

Retrospektiv tahlil. Tahlilning ushbu yo’nalishida Markaziy bank
tomonidan banklar uchun o’rnatilgan iqtisodiy normativlarga tijorat
banklari tomonidan rioya qilinishini nazorat qilishga asoslangan
moliyaviy barqarorlikning asosiy ko’rsatkichlari va belgilarini tahlil
qilishni o’z ichiga oladi. Moliyaviy barqarorlikni tahlil qilishning ushbu
yo’nalishi quyidagi sohalar: likvidlilik, foydalilik, aktivlar sifati,
kapitalning yetarliligi va boshqarishning sifati tahlillaridan iborat.
Perspektiv tahlil. Moliyaviy barqarorlikni perspektiv tahlil
qilishning maqsadi tijorat banki faoliyati samaradorligini prognoz qilish
hisoblanadi.
Tijorat banki moliyaviy barqarorligini baholash moliyaviy
resurslarning shakllanishi, taqsimlanishi va ulardan foydalanish
jarayonida namoyon bo’luvchi moliyaviy holatni tahlil qilishdan
boshlanadi. Shunga muvofiq, moliyaviy tahlilning ketma-ketligi, barcha
jarayonlarni bosqichma-bosqich ko’rib chiqishni, jumladan, moliyaviy
resurslarning mavjudligi, ularning shakllanishi, taqsimlanishi va ulardan
foydalanishni tahlil qilishni o’z ichiga oladi.
To’lovga qobiliyatlikni nafaqat tashqi ko’rinish, balki ma‘lum bir
vaqtda va moliyaviy mustahkamlikning barcha omillari ta‘sirida hosil
bo’lgan ma‘lum moliyaviy holatning natijasi deb qarash lozim.
Likvidlik keng ma‘noda qarzdorning kreditor oldidagi
majburiyatlarini o’z vaqtida bajara olishi hisoblanadi. Likvidlik
iqtisodiyotning barcha sohalari uchun harakterli bo’lib, shu bilan birga
o’ziga xos bank muammosi hisoblanadi. Chunki pul bir vaqtning o’zida
bankning ham aylanma kapitali, ham faoliyati mahsuli bo’lib,
korxonalar aktivi esa asosan natural buyum shaklida mavjud bo’ladi.
Bank likvidligi bu bankning o’z oldida turgan majburiyatlarini
bajara olishi, mijozlarning kreditga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishi va
omonatchilarning depozitlarni qaytarib olish bo’yicha talablarini qondira
olish qobiliyatidir. Bundan tashqari, likvidlik bankning bozorda
xavfsizligi va qarzlarini o’z vaqtida qaytara olishga qodirligini oshkor
qiladi, bankka aktivlarni foydasiz sotish yoki banklararo bozorda
mablag’larni jalb qilish bilan bog’liq bo’lgan foydani yo’qotish xavfidan
qutulish imkonini beradi. Bank likvidligining asosiy sharoitlaridan biri, uning aktivlari
likvidligidir.
Likvid aktivlar - ularning yaxshi ma‘lum bo’lgan bozor narxining
shakllanishini ta‘minlaydigan, doimiy ravishda sotiluvchi va sotib
olinuvchi aktivlarning alohida turi bo’lib, banklar ularni qisqa muddat
ichida sotib olishga tayyor bo’lgan xaridorni topishi mumkin. Bunday
aktivlar qatoriga naqd pullar, davlat qisqa muddatli obligatsiyalari, qisqa
muddatli (yetti kungacha) banklararo kreditlar kiradi. Iqtisodiy
hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OESR) davlatlari hukumatlari
hamda fond bozori rivojlangan davlatlarining mashhur transmilliy
kompaniyalarining qimmatli qog’ozlari ham yuqori likvidlikka egadir.
Nolikvid aktivlar deb, bozor narxini kotirovka bo’yicha aniqlash
mumkin bo’lmagan va bu turdagi aktivlarning xarid narxi sotuvchi va
xaridor o’rtasidagi kelishuv natijasida xususiy tarzda aniqlanadigan
aktivlarga aytiladi. Bunday aktivlarning qiymati katta miqdordagi
o’zgarishlarga uchrab turishi taqqoslashni qiyinlashtiradi. Bu turdagi
aktivlarga, masalan, kreditlar, qimmatli qog’ozlar bozorida kotirovkaga
ega bo’lmagan yoki kotirovkasi qiyin bo’lgan qimmatli qog’ozlar,
asosiy vositalar va boshqalar kiradi. Tezda naqd pul miqdorini oshirish
uchun nolikvid aktivlarni sotish zarur bo’lganda, bank ularni zarar
ko’rgani holda sotishi mumkin.
Bank likvidligining yana bir jihati bankning to’lovga qobiliyatliligi
bo’lib, uning asosiy belgisi bankning o’z oldida turgan majburiyatlarini
o’z vaqtida qondira olish qobiliyatidir.
―Likvidlik‖ va ―to’lovga qobiliyatlilik‖ mazmuni, omillari va uni
ta‘minlovchi sabablarga ko’ra bir-biriga yaqin tushunchalardir. Likvidlik
muammosi tashqi jihatdan to’lov majburiyatlarini bajarish jarayonida
vujudga keladi va likvid mablag’lar yo’qligi bilan bog’liq qiyinchiliklar
tug’ilganda namoyon bo’ladi.
Likvidlik nafaqat to’lovlarni o’z vaqtida amalga oshirishni nazarda
tutadi, balki o’zining tijorat manfaatlari bilan birga omonatchilar
tomonidan ishonch bildirilgan mablag’larning saqlanishini ta‘minlaydi.
Bankning to’lovga qobiliyatliligi bankka qo’yilgan to’lovlar
bo’yicha talablar ayni vaqtda qondira olish qobiliyatini bildiradi.
To’lovga qobiliyatlilikni ma‘lum moliyaviy holatning natijasi sifatida
qaralishi mumkin.
Shu bilan birga, to’lovga qobiliyatlilik likvidlikka nisbatan
ikkilamchidir. Chunki bankda to’lovga qobiliyatlilik muammosi sodir
bo’lishi mumkin, ammo uning likvid balansi, bankning majburiyatlarini o’z vaqtida bajara olishini ta‘minlovchi qobiliyatini tiklash imkoniyatini
beradi.
Bank likvidligi ko’proq bank balansining likvidligi bilan
belgilanadi va uning mazmuni, mohiyati aktiv va passiv
operatsiyalarning muddati bo’yicha mos kelishidan iborat. Bank
balansining likvidligi ssuda va fond operatsiyalariga yo’naltirilgan
mablag’larning xatarlilik darajasi, pul bozorining rivojlanish darajasi va
boshqa omillarga bog’liq bo’ladi.
Bundan tashqari, passivlarning qisqa muddatliligi uzoq muddatli
qo’yilmalarga ham sarflanishi imkoniyatlarini cheklab qo’ymaydi.
Bankning har doim o’z tasarrufida ma‘lum miqdorda ―begona‖ pullari
bo’ladi. Omonatlarning bankka doimiy oqib kelishi bilan birga ularning
qaytarilib olinishi ham doimo sodir bo’lib turadi va bunda bank hisob
varaqalarida doimiy turib qoladigan qarz mablag’lari miqdori barqaror
hisoblanadi.
Tijorat banki likvidligini saqlab turish muammosini hal qilish uchun
passivlar oqimi harakatchanligi va muddatiga ko’ra aktivlar oqimiga
mos kelishi lozim.
Shunday qilib, tijorat banki likvidligi bankning ma‘lum vaqtdagi
to’lovga qobiliyatliligini ta‘minlovchi va bank likvidligining asosiy
omili bo’lgan bank aktivlari va passivlarining nisbati bilan belgilanadi.
Bank likvidligini ta‘minlovchi omillardan biri bank passivlarining
sifatidir. O’zlik va jalb qilingan mablag’lar nisbati bankning
ishonchliligi va faoliyati rivojlanishining istiqbolini harakterlab beradi.
Jalb qilingan mablag’lar oqimining barqarorligi likvidlik muammosini
hosil qilmasdan turib, qisqa muddatli resurslarni uzoq muddatli
qo’yilmalarga yo’naltirish imkoniyatini beradi. Depozitlar bo’yicha ijro
muddatining aniqligi balansning likvidligini boshqarish va likvid
vositalarga bo’lgan ehtiyojni prognoz qilish imkoniyatini beradi. Bu esa
bank barqarorligini ta‘minlash imkoniyatini beradi.
Bank likvidligini ta‘minlovchi omillardan biri bank tomonidan qarz
olish, o’z aktivlarini sotish yo’li bilan yoki o’z majburiyatlarini bajarish
uchun mablag’ topa olish imkonini beradigan pul bozorining
mavjudligidir. XX asrning 60-yillarida bu omilning roli nihoyatda ortdi.
Bunga sabab, erkin muomalada bo’lgan federal depozit sertifikatlari,
federal fondlarning qisqa va uzoq muddatli qimmatli qog’ozlari, REPO
bitimlarining keng qo’llanilishi va buning natijasida balansda foyda
keltirmaydigan va kam daromadli aktivlarning to’planishi bilan bog’liq bo’lgan foyda yo’qotilishini minimallashtirish imkoniyatiga ega
bo’linganligidir.
Tijorat banki moliyaviy barqarorligining yana bir komponenti bank
faoliyatining foydaligidir.
Bank foydasining o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, agar
ishlab chiqarish sohasida xarajatlar o’zgaruvchan kapital va qisman
qo’shimcha qiymat hisobidan qoplansa, banklarda esa muomala
xarajatlari to’la, faqatgina qo’shimcha qiymat qismidan qoplanadi.
Foyda olish - bank faoliyati ko’lamini kengaytirish manbalaridan
biridir. Agar bank ishida kapitalga daromad boshqa tijorat tashkilotlariga
nisbatan past bo’lsa, kapital qo’llash foydaliroq bo’lgan boshqa
sohalarga yo’naltiriladi.
Bundan tashqari, foyda rahbariyat faoliyatini rag’batlantiradi,
chunki ular operatsiyalar hajmini oshirish va takomillashtirish,
xarajatlarni kamaytirish va xizmatlar sifatini oshirganliklari uchun
foydaning bir qismini mukofot shaklida olishlari mumkin.
Bank foydasining eng muhim funksiyalaridan biri ko’zda
tutilmagan yo’qotishlar holati uchun zaxiralar shakllantirishdir.
Tijorat bankining zararsiz faoliyati uning moliyaviy asosini
mustahkamlaydi va, aksincha, uzoq muddat mobaynida zarar bilan
faoliyat ko’rsatish bankni bankrotlikka olib borishi mumkin.
Banklar muomala sohasi korxonasi sifatida o’z foydasini bank
operatsiyalarining natijasi bo’lgan bank mahsulotini sotish asosida
shakllantiradi. Bank faoliyatining foydalilik darajasi bank faoliyati
harakteri, ixtisoslashuvi, uning kapitalining kattaligi, strukturasi va
filiallarining mavjudligi hamda mustaqillik darajasiga bog’liq.
Bank faoliyatining foydaliligi rentabellikning muhim ko’rsatkichlari
majmuyi bilan aniqlanadi. Bu ko’rsatkichlarga: kapitalga foyda me‘yori,
yalpi aktivlarning daromadliligi va foydaliligi, sof foiz marja, foizsiz
yuk, aktivlar tizimi va ―ishlovchi‖ aktivlar salmog’i, passivlar tizimi va
to’planadigan passivlar salmog’i, ishlovchi aktivlarning daromadliligi,
foizli tashlanma kiradi.
Ichki tahlil nuqtayi nazaridan faoliyatning moliyaviy ishonchliligi
va rentabellik tahlili juda muhim ahamiyatga ega. O’zbekiston
iqtisodiyotida mavjud bo’lib turgan ma‘lum darajadagi inflyatsiya
sharoitida foydalilik tahlilining dolzarbligi yanada oshadi.
Foydani kamaytirishga sabab bo’luvchi omillar quyidagilardir:
balansning nolikvidligi, bunda likvidlik kamomadini to’ldirish uchun
qo’shimcha kredit resurslarini jalb qilish zarurati tug’iladi; depozitlarning barqaror emasligi; inflyatsiyaning o’sishi va bu orqali
tartibga soluvchi talablar, jumladan, yuqori majburiy zaxiralar talabi
ta‘siri ostida bo’lgan foiz marjasining pastligi; daromad keltiruvchi
aktivlarning noqulay strukturasi, jumladan, kam daromad keltiruvchi
kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar, foizsiz ssudalar salmog’ining
yuqoriligi va to’lovli passivlar. Masalan, resurslar tarkibida bahosi
yuqoriroq bo’lgan kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar salmog’ining
yuqoriligi; foizsiz daromadlar va foizsiz xarajatlarning salbiy nisbati;
ma‘muriy-xo’jalik xarajatlarining maqsadga muvofiq bo’lmagan yuqori
darajasi; kredit portfelida muddati o’tgan kreditlar salmog’ining
yuqoriligi va berilgan kreditlarning foydalanish hamda qaytarilish
muddatlarini uzaytirish bilan bog’liq yo’qotishlar; qimmatli qog’ozlar
qiymatining tushishi; soliqlar darajasining yuqoriligi;
muvozanatlashtirilmagan foiz siyosati; hajmi va miqdori jihatidan o’z
kapitali miqdorini chegaralovchi asoslanmagan yuqori darajada xatarli
bo’lgan bank faoliyatini yuritish
.

Yüklə 55,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin