2. Tijorat banklari likvidligini baholash. Tijorat banklarining likvidligini belgilovchi ko’pgina omillarni biz
yuqoridagi paragraflarda ko’rib chiqqan edik. Undan tashqari, tijorat
banklarining likvidlilik ko’rsatkichlari ma‘lum me‘yorlar asosida
aniqlanadi. Barcha tijorat banklari joriy likvidlik me‘yorlarini
bajarishlari lozim, ular joriy aktivlarning (to’lov muddati 30 kungacha
bo’lgan barcha likvidlik aktivlari, bank qo’yilmalarining bir marta bo’lsa
ham muddati uzaytirilgan va yoki avval berilgan ssudalarni to’lash
uchun, shuningdek, qaytarish muddati o’tib ketgan kreditlar istisno
qilinadi) talab qilib olinguncha majburiyatlar summasi nisbatiga va ijro
etish muddati 30 kungacha bo’lgan holda aniqlanadi. Ushbu ko’rsatkich
30 foizdan kam bo’lmasligi kerak, ya‘ni bankning joriy likvidligi:
M4 =
ОВ ЖА ЖА - qaytarish muddati 30 kungacha bo’lgan joriy aktivlar va
kreditlar
ОВ - qaytarish muddati 30 kungacha bo’lgan talab qilib olingunga
qadar bo’lgan majburiyatlar.
Lahzali likvidlilik koeffitsiyenti.Bu koeffitsiyent bankning yuqori
likvid mablag’larining (bular - bankning g’aznasidagi naqd pul
mablag’lari va vakillik hisob varaqasidagi mablag’lar) joriy
majburiyatlarga nisbati sifatida aniqlanadi va u bankning joriy to’lovlarni tezkorlik bilan amalga oshira olish qobiliyatini ko’rsatadi.
Bankning joriy majburiyatlariga talab qilib olingunga qadar bo’lgan
depozitlar bo’yicha majburiyatlar, yaqin orada to’lanishi lozim bo’lgan
boshqa banklardan olingan kreditlar bo’yicha majburiyatlar va boshqalar
kiradi. Shunday qilib,
Mz=LA/JM.
Bu yerda:
LA - bankning pul shaklidagi aktivlari,
JM - bankning talab qilib olingunga qadar bo’lgan hisob varaqalari
bo’yicha majburiyatlari.
Bu me‘yor bank aktivlarining likvid qismi bankning eng nobarqaror
resurslarini qanchalik darajada sug’uritalay olish imkonini ko’rsatadi.
Shuning uchun maqsadli likvidlilikni banklar har kuni tekshirib
borishlari va uning minimal miqdori 0,25 dan kam bo’lmasligini
ta‘minlashlari lozim.