Referat mavzu: tijorat banklarining tõlovga layoqatlikigi va likvidligi tayyorladi: A. F. Xamrayev


Tijorat banklarining aktiv va passivlarini boshqarishning



Yüklə 55,64 Kb.
səhifə7/7
tarix07.01.2024
ölçüsü55,64 Kb.
#203550
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7
Referat mavzu tijorat banklarining tõlovga layoqatlikigi va li-fayllar.org-1

4. Tijorat banklarining aktiv va passivlarini boshqarishning
bank likvidliligiga ta’siri.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklarining faoliyati foyda

olishga yo’naltirilgan bo’ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank


foydasining iqtisodiy mohiyati yangicha ijtimoiy-iqtisodiy tus olib
bormoqda. Chunki tijorat banklarining foydasi bank kapitali
to’planishining va bank rivojlanishining asosiy manbasidir.
Bank foydasining o’sib borishiga bir necha xil omillar mavjud
bo’lib, bular: bankning rentabelligi, vaqtincha bo’sh mablag’larning
samarali ishlatilishi, turli xil pulli xizmatlar ko’rsatish doirasini
kengaytirish, foyda keltirmaydigan aktivlarni kamaytirish, foyda
keltiruvchi aktivlarni ko’paytirish va boshqa omillar hisoblanadi.
Iqtisodiy rivojlanish bosqichida tijorat banklarining asosiy ish
tamoyillaridan biri – yuqori darajada foyda olishga yo’naltirilgan va
qaratilgan bo’ladi. Biroq bularning faoliyati doimo foyda ko’rish bilan
bog’liq bo’lmasdan, ular foyliyatida zarar ko’rish ehtimoli ham uchrab
tuishi mumkin. Banklar faoliyati ijobiy bo’lgan hollarda, ularning foyda
olish va salbiy faoliyat natijasida banklarning zarar ko’rish ehtimoli
yuqori darajada bo’ladi. Yuqorida aytilgan foyda keltiruvchi zaxiralarni
amalda tatbiq qilish jarayonida bankning ish faoliyati iqtisodiy jihatdan
risk bilan bog’liq bo’ladi.
Aktivlarni boshqarish deganda, o’z va jalb qilingan mablag’larni
joylashtirish tartibi va yo’llari tushuniladi. Tijorat banklariga qo’llanilsa
bu naqd pullar, investitsiyalar, ssudalar va boshqa aktivlarga taqsimlashdir. Mablag’larni joylashtirishda asosiy diqqat qimmatli
qog’ozlarga, investitsiyalar va ssuda operatsiyalariga qaratiladi.
Mablag’larning aniq yechimida shunday aktivlarni «sotib olish» kerakki,
u bankka eng ko’p daromad olib kelsin. Biroq tijorat banklarida
fondlarni boshqarish qator omillar orqali qiyinlashmoqda.
Bank tomonidan jalb qilingan mablag’larning ko’pchilik qismi
mijozlarning birinchi talabi bilan to’lanishi kerak yoki ogohlantirish
muddati juda qisqa bo’ladi. Shuning uchun bankni oqilona boshqarishning
birinchi darajali shartlaridan biri bu jamg’armachilar talablarini
qondirish xususiyatini ta‘minlash hisoblanadi. Ikkinchi shart – bank
mijozlarining kreditga bo’lgan talabini qondira oladigan yetarli
mablag’larga ega bo’lish. Bunday kredit bera olish bank tijorat
faoliyatining asosiy turidir. Mijozlarning kreditga bo’lgan talablarini
qondira olmaslik bank tomonidan foydali operatsiyalarni yo’qotishiga,
pirovardida esa sinish ehtimoliga olib keladi.
Banklarning mamlakatning asosiy pul massasini yetkazib beruvchi
sifatidagi roli ularga jamiyat oldida katta mas‘uliyat yuklaydi.
Jamiyatning bank sistemasining to’lovga layoqatliligi, likvidliligi va
barqarorligi to’g’risida ishonchsizlikka sababi bo’lmasligi kerak,
jamg’armachilar esa istalgan bank ishonchli ekanligiga imoni komil
bo’lishi kerak. Bank jamg’armachilari va uning aksiya ushlovchilari
maqsadlarini bir-biriga taqqoslab bo’lmaydi. Shuning uchun bank o’z
mablag’larini joylashtirayotganida hal etadigan asosiy masalalardan biri
bu likvidlilik va foydalilik o’rtasidagi munosabatdir. Bir tomondan bank
boshqaruv mablag’larni qimmatli qog’ozlarga joylashtirish orqali yuqori
daromad olishga ko’z tutayotgan aksiyadorlarning bosimini his etsa,
ikkinchi tomondan bank boshqaruvi bunday faoliyat bank likvidliligini
sezilarli darajada yomonlashtirishini, bu esa jamg’armachilarga o’z
mablag’larini ololmasligini va eski mijozlarning kreditga bo’lgan
talabini qondira ololmasligini aniq biladi.
Bank mablag’larini turli aktivlarga joylashtirish yuqori likvidlilik
darajasini ushlab turish va ma‘lum yuqori daromad olish ehtiyojini
belgilab beruvchi mavjud qonun va tartibga soluvchi aktlardan kelib
chiqadi. «Likvidlik - daromadlilik» dillemmasini yechishga urinishlari
aktivlarni boshqarishda 3 usulni keltirib chiqardi. Bu metodlardan
birortasini ham yetuk deb hisoblab bo’lmaydi, chunki ularning har
birining diqqatga sazovor va kamchilik tomonlari mavjud. Bir metodda
alohida tijorat bankining aniq muammolarini yechish uchun qo’llash
mumkin bo’lgan elementlar mavjud. Qo’llanish nuqtayi-nazaridan sodda bo’lgan metod – bu umumiy fond mablag’lari metodidir (rool-of-funds
approach). Bu metodni ko’pgina banklar mablag’lar ko’p bo’lgan davrda
qo’llaydilar. Tijorat bank boshqaruvchisi joylashtirilishi uchun javobgar
bo’lgan mablag’lar turli manbalardan: talab qilib olinguncha
qo’yilmalar, jamg’arma, muddatli qo’yilmalar, shuningdek, bank o’z
kapitalidan kelib tushadi. Ko’rib chiqilayotgan metod asosida bu
resurslarni birlashtirish g’oyasi yotadi. So’ngra mablag’lar to’plami mos
hisoblangan aktivlar turlari (ssudalar, davlat qimmatli qog’ozlari,
kassadagi naqd pul va h.k.) o’rtasida taqsimlanadi. Umumiy fond
mablag’lari metodida ma‘lum aktiv operatsiyani amalga oshirishda,
agarda ularning joylashtirilishi bank o’z oldiga qo’ygan maqsadlarga
erishishga yordam bersa mablag’lar qaysi manbadan kelib tushganligi
ahamiyat kasb etmaydi. Bu metod sxematik ravishda 1-rasmda
ko’rsatilgan. Bu metod bank boshqaruvidan likvidlilik va daromadlilik
prinsiplarini teng amal qilishini talab etadi. Shuning uchun mablag’lar
shu prinsipga mos keladigan aktiv operatsiyalar turlariga joylashtiriladi.
Mablag’larni joylashtirish orqali operativ bo’lim boshliqlariga likvidlilik
va daromadlilik nisbatlari muammolarini hal etishga ko’mak beruvchi
ma‘lum prioritetlar asosida amalga oshiriladi. Bu prioritetlar bank
ixtiyoridagi mablag’ning qaysi qismi daromad keltirish uchun birinchi
yoki ikkinchi galdagi zaxiralarga joylashtirilish, ssuda yoki qimmatli
qog’ozlar sotib olishga ishlatilishini ko’rsatib beradi. Mablag’larni yer
uchastkalariga, imorat va ko’chmas mulkka investitsiyalash odatda
alohida ko’rib chiqiladi.
Ikkinchi metodning vujudga kelishi – aktivlarni taqsimlash yoki
mablag’larni konversiyalash (asset allocation or consersion of funds approach)
– birinchi metod ba‘zi kamchiliklarni bartaraf etish bilan
bog’liq. Yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, umumiy fond mablag’lari
pozitsiyasidan mablag’larni joylashtirishda haddan ziyod diqqat likvidlikka
berilib, talab qilinguncha qo’yilmalar va asosiy kapital bo’yicha
likvidlikka bo’lgan talab hisobga olinmaydi. Ko’pgina mutaxassislar
fikrlari bo’yicha, bu kamchilik Amerika tijorat banklarining foyda normasi
qisqarishining o’sib borishiga sabab bo’ldi.
Bu vaqt ichida talab qilinguncha qo’yilmalarga nisbatan kamroq
likvidlilikni talab etuvchi muddatli va jamg’arma qo’yilmalar yuqori
templar bilan o’sib bordi. Aktivlarni taqsimlash metodi umumiy fond
mablag’lari metodi kamchiligini yengish imkonini berdi. Bu metod
bankka zarur bo’lgan likvid mablag’lar miqdori fondlarni jalb qilish manbalariga bog’liqligini belgilab berdi. Sxematik ravishda bu 39-
rasmda ko’rsatilgan.
Bu metod orqali mablag’lar manbalarini majburiy zaxiralar va
ularning aylanish tezligi normalariga mos chegaralashga harakat qilinadi. Bu metodning asosiy ustun tarafi likvid mablag’lar va ssudalar
hamda investitsiyalarga qo’shimcha mablag’lar qo’yish qismining qisqartirilishi
va natijada foyda normasining ko’tarilishiga olib kelishidir.
Aktivlarni taqsimlash metodi-ning tarafdorlari foyda normasining
oshishi oshiqcha likvid aktivlarni bartaraf etish hisobiga amalga oshiriladi.
Lekin, bu metod ham uning samaradorligini pasayishiga olib keladigan
kamchiliklarga ega. Uning kamchiliklaridan biri, bu metod
mablag’lar manbalari ularni qaysi yo’lda qo’llashdan qat‘iy nazar mustaqil
deb taxminlaydi, amalda esa bunday emas. Masalan, bankir amaliyotchilar
ishchan firmalardan ko’p qo’yilma jalb qilishga harakat qiladilar.
Chunki, bu firmalar odatda shu bankdan qarz oladilar. Bundan
shu kelib chiqadiki, yangi qo’yilmalarni jalb qilish bilan birgalikda bank
yangi qo’yilmachilar tomonidan bo’lgan kredit zayavkalarining bir qismini
qoniqtirish majburiyatini oladi. Bu esa, yangi qo’yilmalarning bir
qismi shu qo’yilma egalarini kreditlash uchun yo’naltirilishi kerakligini
anglatadi.
Ko’rib chiqilgan 2 metod bir muncha soddalashtirilgandir. Ularning
qaror qabul qilishda asos bo’lib xizmat qiluvchi normativ yo’riqnomalar
kompleksi sifatida emas, balki aktivlarni boshqarish bilan bog’liq
muammolarni echish usullarini aniqlashda bank boshqaruviga yordam
beruvchi umumiy sxema chegarasida qarash kerak. Ko’rib chiqilgan 2
metod aktiv va passivlar turli moddalari o’rtasidagi bog’liqlikni analiz
qilishning ilmiy boshqarish sodda usullariga to’g’ri keladi.
Boshqarish va tahlil qilishning 3 usuli ilmiy metod, shuningdek
informatsion texnologiyalarni qo’llash bilan bog’liq. Bu metod nisbatan
murakkab matematik metodlar va informatsion texnologiyalar orqali
boshqarish muammolariga yondashishni kasb etadi.


http://fayllar.org
Yüklə 55,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin