Referat mavzu: tijorat banklarining tõlovga layoqatlikigi va likvidligi tayyorladi: A. F. Xamrayev


Bank likvidliligini boshqarishning samarali usuli aktiv va



Yüklə 55,64 Kb.
səhifə6/7
tarix07.01.2024
ölçüsü55,64 Kb.
#203550
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7
Referat mavzu tijorat banklarining tõlovga layoqatlikigi va li-fayllar.org-1

Bank likvidliligini boshqarishning samarali usuli aktiv va
passivlarni boshqarishni o„z ichiga oladi.
Balansning aktiv qismida bank likvidligini boshqarish uchun
sotilishi oson bo’lgan aksiyalarni, ya‘ni DQMOni xarid qilish yoki
ularga egalik qilish yoxud zaxiralarni ko’proq tashkil qilish va sotilishi
qiyinchilik tug’dirmaydigan pul mablag’lariga aylantirish ko’p vaqtni
olmaydigan qisqa muddatli qo’yilmalarni amalga oshirish yo’li bilan
erishish mumkin.
Banklarning likvidliligini boshqarishda:
- joriy likvidlik holati;
- resurslarga bo’lgan talabning davriy o’zgarib turishi;
- resurslarga bo’lgan talablarning mo’ljallanayotgan o’zgarishlari;
- resurslar manbalari. Bank rahbariyati banklararo bozorda aktivlarni
sotish va xarid qilishni yoki boshqa manbalarni tanlashi lozim;
- resurslarning qiymati;
- aktivlarning sifati kabi omillarni inobatga olish lozim.
Bank aktivlarining sifati ham bank likvidliligiga ta‘sir ko’rsatadi.
Chunki bankda muammoli kreditlar, muddati o’tgan, foyda
keltirmaydigan kreditlar salmog’ining yuqoriligi, pul mablag’lari
harakatining kamligi bank likvidligining tushib ketishiga olib keladi.
Bank faoliyatining barqaror va likvid bo’lishi uning resurslarining
manbalari va hajmiga, resurslarni tashkil qilishda diversifikatsiya
usulidan foydalanganligiga ham bog’liq. Agar tijorat banki
resurslarining asosiy qismini sanoqli yirik korxonalar mablag’lari yoki
davlatning mablag’lari hisobidan tashkil qiladigan bo’lsa, bankning shu
subyektlar depozitlariga qaramligini ko’rsatadi va subyektlar tomonidan
turli xil budjet to’lovlarini amalga oshirish, ish haqi to’lash bo’yicha
depozitdan mablag’lar olishi bankning likvidlilik riski shuncha yuqori
bo’lishiga olib keladi.
Undan tashqari, bank likvidliligi bankning kapitali va foydaliligini
hisobga olgan holda bankning umumiy moliyaviy holatiga ham ta‘sir
ko’rsatadi.
Bankning moliyaviy holati yomon bo’lsa, talab qilinayotgan
vositalarni yuqori narxda olish yoki banklararo bozorga kira olmasligi
mumkin.
Balansdan tashqari majburiyatlar va shartnomalar, jumladan,
ishlamayotgan kredit liniyalar, akkreditivlar, qimmatli qog’ozlar va
valyuta sotib olish uchun tuzilgan kelishuvlarning mavjudligi ham bank
likvidliligiga ta‘sir ko’rsatishi mumkin.
Tijorat banklarining likvidligini boshqarishda banklararo
kreditlarning muddati 1 kundan bir necha oygacha davom etishi
mumkin. Foiz stavkalari kontragent banklar o’rtasidagi bitim asosida
Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi yoki DQMOlari bo’yicha
stavkalarni asos qilib olgan holda belgilanishi kerak.
Ta‘minotga ega bo’lmagan banklararo kredit bitimlarini tuzganda
bir qarz oluvchiga beriladigan qarz me‘yorlariga amal qilish kerak.
Faqatgina overnayt operatsiyalari bundan mustasno, ular bo’yicha limit
chegarasi bank kapitalining 25 foizi atrofida o’rnatiladi.
Banklararo kreditlarning ta‘minoti sifatida DQMOlari kabi yuqori
likvidli va oson sotiluvchi qimmatli qog’ozlar qabul qilinishi mumkin.
Ta‘minot sifatida topshirilgan qimmatli qog’ozlar uchinchi shaxsning
(tijorat banki yoki Markaziy bankda) eskrou hisob varag’ida
joylashtirilishi yoki Markaziy bank daftarlarida ularning garovga
olinganligi belgilanishi kerak.
Repo operatsiyalarida qo’llaniluvchi qimmatli qog’ozlar oson
sotiluvchi va likvid vositalar, ya‘ni DQMOlari ko’rinishida bo’lishi
kerak. Agar banklar boshqa qimmatli qog’ozlarni afzal deb bilsa, u
holda qarz beruvchi tomon ularning yuqori likvidlik talablariga javob
berishiga ishonch hosil qilishi va ularni o’zlarida saqlanishini
ta‘minlashi kerak. Bundan tashqari, tomonlar qimmatli qog’ozlarni
uchinchi tomonda saqlash haqida kelishib olishi mumkin.
Repo operatsiyalari Markaziy bank talablariga rioya qilgan holda
amalga oshirilishi lozim. Kelishuvda har bir tomonning huquq va
majburiyatlari ko’rsatilgan bo’lishi kerak. Kredit beruvchi tomon
qimmatli qog’ozlarning to’lov muddatiga qarab garov qiymatining
kredit qiymatidan kamida 10 foizga yuqori bo’lishini ta‘minlashi kerak.
To’lov muddati qancha yaqin bo’lsa, marja shunchalik katta
bo’lishi zarur. Ta‘minot sifatida DQMOlaridan foydalanilgan holda garov
qiymatini, joriy diskont asosida aniqlash to’g’riroq bo’ladi. Kuponli
qimmatli qog’ozlar qiymati ularning bozor narxi hamda hisoblangan
foizlar miqdorida aniqlanadi.
Hozirgi vaqtda garov turi bo’yicha ma‘lum cheklovlar
o’rnatilmagan bo’lsada, banklar bozorda kotirovka qilinmaydigan
qimmatli qog’ozlar va asosiy vositalar kabi garovning nolikvid
shakllarini qo’llashda o’zlarining zimmalaridagi xatarni anglashlari
lozim. Qimmatli qog’ozlar bozori rivojlanishining cheklanganligi va
likvidligi korxonalar aksiyalarini garov sifatida qo’llanilishiga imkon
bermaydi. Shu tufayli, davlat qimmatli qog’ozlardan tashqari boshqa
qimmatli qog’ozlar garovi asosida berilgan kredit «ta‘minlangan‖ bitim
deb hisoblanmaydi
.

Yüklə 55,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin