Asosiy depozitlar L4= -----------------------------------*100 foiz Umumiy depozitlar
Bu ko’rsatkich banklarga qo’yilgan depozit qay darajada barqaror
ekanligini aniqlab, bank faoliyatiga baho berishda yordam beradi.
L4 koeffitsiyent 75 foiz yuqori bo’lishi lozim.
Bazel 3 talablarini joriy qilish bo’yicha 2016-yil 1-yanvardan
likvidlilikni qoplash me‘yori koeffitsiyenti yuqori sifatli likvid
aktivlarning kun davomida to’lanishi lozim bo’lgan pul mablag’lariga
nisbati sifatida aniqlanadi. Ko’pgina mamlakatlarda likvidlilik ko’rsatkichlari tijorat banklari
balansining aktiv va passiv qismini tahlil qilish asosida baholanadi.
Frantsiyada tijorat banklarining likvidliligini baholashda
ishlatiladigan koeffitsiyentlari umumiy talab qilib olingunga qadar
muddatli depozitlarning (3 oygacha bo’lgani) va boshqa resurslarning
aktivlarga nisbati bilan aniqlanadi. U yerda bu koeffitsiyentning hisoboti
nazorat organlariga har chorakda taqdim etiladi. Bu koeffitsiyent 60
foizdan kam bo’lmasligi kerak.
3. Tijorat banklari likvidliligini boshqarish Yuqorida aytilganidek, likvidlikni boshqarishni bajarish masalasi,
talab etiladigan darajasi ushlab turilishi uchun tijorat banki mustaqil
ravishda o’zining faoliyati va talablariga amal qilishi hamma
tarmoqlardagi iqtisodiy asoslangan siyosatni o’tkazishi lozim.
Bu maqsadlarda tijorat banki doimo o’z kapitalini oshirib borishi
boshqa korxonalar va tashkilotlardan jalb etilgan mablag’ va o’z
mablag’lari o’rtasidan optimal nisbatni ta‘minlashi, bankning oborotida
bo’lgan uzoq muddatli «ishonchli» va «arzon» kredit resurslarini
shakllantirishga intilishi kerak. Kredit siyosatini to’g’ri ishlab chiqish,
kredit resurslarini foyda keltiradigan sohalarga qo’yishi, resurslarini jalb
etishda kredit qo’yilmalar hajmi va ularning muddatiga etibor berish,
likvid aktivlarning hajmini oshirish bilan bank aktivlarining optimal
strukturani shakllantirishiga erishish lozim. Shuningdek, hissadorlarning
qonuniy talablarini bajarishga tayyor bo’lishi uchun shu mablag’larning
keragidan ortiqcha xarajat qilishiga yo’l qo’ymasligi orqali bankning
daromad va foydasini oshirishiga intilish zarur.
Bank likvidliligini boshqarish nazariyalari tijorat banklarini tashkil
etilishi bilan bir vaqtda paydo bo’ldi.
Hozirgi kunda to’rtta asosiy nazariya farqlanadi:
1. Tijorat ssudalari nazariyasi.
2. Joydan-joyga (aktivlarni) ko’chirish nazariyasi.
3. Kutiladigan daromad nazariyasi.
4. Passivlarni boshqarish nazariyasi.
Birinchi uchta nazariya bevosita aktivlarni boshqarish nazariyasi
bilan bog’liq. Bank amaliyotida yuqoridagi nazariyalarning barchasi
qo’llaniladi, lekin har xil banklarda ularning qaysigadir ko’proq e ‘tibor
qaratiladi. Likvidlik holatini boshqarishda 2 ta yo’nalishni ajratishimiz
mumkin:
Birinchisi, zaxiralarni doimiy nazorat qilish siyosati. Bu shuni
anglatadiki, bankda daromad keltirmaydigan aktivlarni oshishiga yo’l
qo’ymaslik kerak.
Ikkinchisi, zaxiralarni bir darajada saqlab turishni qo’llabquvvatlash
siyosati, ya‘ni majburiy zaxira normalari, jalb qilingan
depozitlarga zaxiralar va h.k.
Likvid mablag’larga bo’lgan talabni rejalashtirishda naqd pullarni
boshqarish, ya‘ni mijozlarning talabini qondirish maqsadida majburiy
zaxiralarni bir maromda saqlash lozimdir. Shularni inobatga olgan holda
bank kassasidagi pullar kun davomida, ya‘ni pul tushum va chiqim
bitimlarini amalga oshirish natijasida o’zgarib boradi.
Bank amaliyoti shuni ko’rsatadiki, likvidlilikning yetarli darajasini
ta‘minlanmasligi bank faoliyatidagi jiddiy kamchiliklarni keltirib
chiqaradi. Bunday holatning yuzaga kelishi odatda bankdagi
depozitlarning yo’qotilishiga, bu esa naqd pul mablag’larining
kamayishiga va bank aktivlaridaga o’ta likvid qimmatli qog’ozlarning
sotilishiga sabab bo’ladi. Bank likvidliligini boshqa banklardan olingan
kreditlar hisobiga ham qondirish mumkin. Ammo boshqa banklar yuqori
foiz stavkada kreditlar taqdim etadi yoki berilayotgan kreditlarga
qo’shimcha ta‘minot qo’yishni talab etishadi. Bu esa bank oladigan
daromadning kamayishiga olib keladi.
Banklarning likvidlilik muammosini hal qilish uchun likvidlilikni
boshqarishning bir qancha strategiyalari mavjuddir.
Bular:
1. Aktivlar hisobiga likvidlilikni ta‘minlash strategiyasi (aktivlarni
boshqarish orqali likvidlilikni boshqarish). Bu strategiyaga muvofiq
bank aktivlarni tez sotiladigan qimmatli qog’ozlarga joylashtirishni
nazarda tutadi. Agar likvid mablag’larga talab yuzaga keladigan bo’lsa,
bank naqd pullarga bo’lgan talabni qondirguncha o’z aktivlarini sotadi.
Odatda likvidlilikni boshqarishning ushbu strategiyasi aktivlarning
transformatsiyasi deb ataladi, chunki pul ko’rinishida bo’lmagan aktivlar
naqd pulga aylanishi hisobiga likvid mablag’lar yuzaga keladi.
Likvid aktivlar uchta xususiyatga ega bo’lishi lozim:
-tez pulga aylanishi uchun o’z bozoriga ega bo’lishi;
-bozorlarda barqaror bahoga ega bo’lishi ;
-sotuvchi minimal risk orqali birlamchi investitsiyani qoplay olish
imkoniyatining bo’lishi lozim. Aktivlarni boshqarish orqali likvidlilikni boshqarish strategiyasi
odatda mayda banklar faoliyatida qo’llaniladi, chunki ushbu likvidlilikni
boshqarish metodi qarz likvid mablag’lari orqali aktivlarni
transformatsiyalash strategiyasi likvidlilikni boshqarishning arzon yo’li
hisoblanmaydi. Aktivlarning sotilishi bankning kelgusi daromadlarining
yo’qolishiga sabab bo’ladi. Shuningdek, ko’p aktivlarning sotilishi
qimmatli qog’ozlar bilan bo’ladigan operatsiyalarda brokerlarga
to’lanadigan komission xarajatlar bilan bog’liqdir. Bundan tashqari,
naqd pul mablag’lariga ega bo’lish maqsadida aktivlarning sotilishi bank
balansining yomonlashuviga olib keladi, ammo bu aktivlar (misol uchun
davlat qisqa muddatli obligatsiyalari)ning mavjud bo’lishi bankning
moliyaviy faoliyati barqarorligidan dalolat beradi. Aktivlarning sotilishi
lozim bo’lgan paytda bozorda qimmatli qog’ozlarning bahosi
tushayotgan davrga to’g’ri kelishi bank kapitalining yo’qolishiga sabab
bo’lishi mumkin. Bank boshqaruvchilari kelgusi davr daromadlarini
muqobil qiymatini minimallashtirish uchun, birinchi navbatda, minimal
foyda potentsialiga ega bo’lgan aktivlar sotilishini ta‘minlab berishi
kerak. Xullas, likvid aktivlarning salmog’i oshib borgan sari bank
daromadlarining qisqarishiga olib keladi.
2. Pul mablag’lariga talabni qondirish uchun likvid qarz
mablag’laridan foydalanish strategiyasi (passivlarni boshqarish).
Ko’pgina yirik banklar likvid mablag’larning manbasi sifatida ko’proq
pul bozoridagi qarz mablag’laridan foydalanishadi. Odatda bu
strategiyani passivlarni boshqarish deb ataladi. Bunda tijorat banklari
o’zlarining likvid mablag’larga bo’lgan talablarini yirik miqdordagi
depozit sertifikatlarini va boshqa banklardan olingan kredit mablag’lari
orqali ta‘minlashadi. Passivlarni boshqarish strategiyasi orqali ma‘lum
bir muddat uchun qarz mablag’lari hisobiga likvidlilik ta‘minlanadi. Bu
strategiyani yirik banklar amalga oshirishining asosiy sababi shundaki,
banklarning o’z mablag’lariga nisbatan majburiyatlarining ortishi va
bank balansida tez pulga aylana oladigan aktivlarning yetarli darajada
bo’lmasligi, bankning to’lovga layoqatsiz bo’lish riski yuzaga kelishi
mumkin hamda bank likvid mablag’larga bo’lgan talabini qondira olmay
qolishi mumkin.
3. Aktiv va passivlarni boshqarish qarz likvid mablag’larini
boshqarish strategiyasining riskligini va aktivlarda likvid mablag’larning
yuqori bahosini hisobga olgan holda, banklar likvidlilikni
boshqarishning aktiv va passivlarini boshqarish strategiyasini
tanlaydilar. Bu strategiyaga muvofiq likvid mablag’larga kutilayotgan talabning bir qismi tez sotiladigan qimmatli qog’ozlar va boshqa
banklardagi depozit ko’rinishlarida saqlanadi, shu paytda likvid
mablag’larga bo’lgan boshqa talablar bank korrespondentlari bilan
ochilgan kredit liniyalari va boshqa mablag’lar orqali qondiriladi.
Kutilmaganda yuzaga keladigan likvid mablag’larga talablar qisqa
muddatli kreditlar orqali qoplanadi.
4.Tijorat banklari likvidliligini samarali boshqarishda bank va uning
atrofidagi muhitning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi, aniq
ifodalangan va hujjatlashtirilgan likvidlikni boshqarish siyosatining
mavjudligi.
5. Bankning turli bo’linmalarining muvofiqlashtirilganligi.
6. Bank likvidlik holatining monitoringi vazifalari yuklangan
bo’linmaning mavjudligi.
7. Ma‘lumotlar bazasini shakllantirish hamda bankning aktiv va
passiv holatlarini tahlil qilish uchun axborot tizimining mavjudligi
yetakchi omillaridan hisoblanadi.
Likvidlilikni boshqarishda bank likvidlilikni boshqarish siyosatini
ishlab chiqish va likvidlikni boshqarish bo’yicha qarorlar bank
kengashida doimo muhokama qilib borilishi va zarur chora-tadbirlar
ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi lozim. Tijorat banklarining
tarkibiy bo’linmalari:
- bank likvidlik holatining har kunlik kuzatuvi;
- rahbariyatga bankning likvidlikka munosabati to’g’risida
kundalik hisobotlarni tayyorlash, bunda likvidlikni qisqa muddatli
rejalashtirish ham hisobga olinishi kerak;
- barcha bank bo’limlaridan kerakli bo’lgan axborotlarni olish
vakolatiga ega bo’lishi lozim.
Kundalik hisobotlar yetti kunlik davr ichida likvidlikning qisqa
muddatli kamayishini yoki ortiqchaligini aks yettirish uchun yetarli
darajada batafsil bo’lishi hamda mablag’larni jalb etish va
investitsiyalash bo’yicha talab qilingan tavsiyanomalar bilan ta‘minlashi
lozim. Ushbu bo’linma ma‘lum davr ichida (oy, chorak, yil yakunlari
bo’yicha) bank boshqaruvi kengashiga bankning likvidlik pozitsiyasi
holati to’g’risida umumlashgan hisobotlar taqdim etishi kerak.
Tijorat banklari likvidliligini baholashda bankning joriy likvidlilik
holati va mablag’larga kelajakda bo’ladigan ehtiyojini yetarli darajada
baholash uchun:
- moliyaviy resurslarning eng yirik manbalari, tarmoq va geografik
hudud bo’yicha resurslar manbalarining jamlanganligi; - asosiy nomuvofiqliklarni aniqlash uchun aktivlar va passivlarni
to’lash jadvali;
- likvid aktivlar va depozitlarning oldingi trendlari (dinamikasini aks
ettiruvchi jadvallar);
- balansdan tashqari majburiyatlar;
- berilishi kutilayotgan kreditlar;
- aktivlarning daromadliligi va jalb qilingan resurslarning qiymati;
- iqtisodiyotning ahvoli, shu jumladan, asosiy iqtisodiy indikatorlar
va foiz stavkalarining o’zgarishi taxminlari.
To’liq axborot va ma‘lumotlar berilishi lozim.