72
Bu xususiyatni qumni qabul qilish va dozalash jarayonida (xajm bo‘yicha),
shuningdek beton tayyorlashda inobatga olish kerak.
Karerdagi qum turli namlilik darajasiga ega bo‘lganligi uchun uni ochiq
xavoda saqlash davomida namligi tinimsiz o‘zgarib turadi. SHu sababli beton
ishlab chiqarish jarayonida davriy ravishda qumning zichligi va namligini
aniqlab turish va beton tarkibiga tuzatishlar kiritish zarurati tug‘iladi.
Turli
to‘ldiruvchilarni
sinash
natijalariga
ko‘ra
qumning
suvshimuvchanligi 4-14%, yirik to‘ldiruvchining suvshimuvchanligi 1-10%,
yirik donali qumlar 4-6%, urtacha yiriklikdagi qumlar 6-8%, mayda (mayin)
zarrali qumlarda 8-10% va o‘ta mayda qumlarda 10% dan ortiq, volsk standart
qumida 4%, shagalda 1-4%, pishiq otqindi tog‘ jinslaridan olingan chaqilgan
toshda
2-6%,
karbonat
jinslaridan
olingan
chaqilgan
toshlarda
(suvshimuvchanligini hisobga olgan xolda) 5-10% ga teng.
1.2-jadvalda ba’zi to‘ldiruvchilarning standart va texnologik
xarakteristikalari keltirilgan. Xar xil xarakteristikali to‘ldiruvchilar bir biriga
yakin standart xarakteristikalarga ega bo‘ladilar. 1.2-jadvaldagi qiymatlar
texnologik xarakteristikalar qo‘llanilishini foydaligini e’tirof etib, betonning
xususiyatiga to‘ldiruvchining ta’sirini kengroq hisobga olish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: