Referat mavzulari ro’yxati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/102
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203201
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   102
Beton tolduruvchilari texnologiyasi UMK сиртки Хайдаров Н

uzluksiz
tarkib 
deyiladi. Agarda to‘ldiruvchida qandaydir bir oraliq o‘lchamlardagi donalar 
mavjud bo‘lmasa bunday donador tarkib 
uzlukli
tarkib deb ataladi.
To‘ldiruvchining optimal (eng maqbul) donadorlik tarkibini belgilash 
bo‘yicha juda ko‘p tavsiyalar mavjud. Ko‘pchilik tadqiqotchilar uzluksiz 
donador tarkibni samaraliroq deb biladilar. Uzlukli tarkibli qorishmalardan 
o‘rtacha o‘lchamlardagi fraksiyalarni olib tashlanganda g‘ovaklikning 
kamayishi ta’minlanadi. Biroq, undagi yirik donalar orasida siqilib qolgan 


59 
mayda donalarning harakatchanligi chegaralanadi va ma’lum darajadagi 
harakatchan beton qorishmasini olish uchun donalarni sement hamiri bilan 
qalinroq qamrab olish zarurati tug‘iladi. Uzluksiz donador tarkibli 
qorishmalarda esa bu qatlam yupkaroq bo‘lishi kuzatiladi va uzlukli jarayonda 
to‘ldiruvchidagi mayda fraksiyalarning hajmi, hamda to‘ldiruvchining nisbiy 
yuzasi ortib boradi. Natijada donalarni qamrab olish uchun sement sarfi ortadi 
va to‘ldiruvchining bo‘shliqlarini kamaytirish hisobiga sementni iqtisod qilish 
imkoniyati kamayadi. Bundan tashqari uzlukli donadorlik tarkibning 
qatlamlanishga moilligi bo‘lib, bu betoning bir jinsliligiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi.
To‘ldiruvchining uzluksiz donadorlik tarkibini tanlash uchun turli 
samarali elash egrilari taklif etilgan. Bir vaqting o‘zida bo‘shliqlari minimal 
darajadagi va eng kam donalar nisbiy yuzasiga ega bo‘lgan qorishmani olish 
mumkin bo‘lmaganligi tufayli (minimizatsiyani faqat bir omil orqali o‘tkazish 
mumkinligi sababli), ideal egrini quyidagi shartdan olish mumkin. Buning 
uchun qorishmadagi bo‘shliqlar miqdori va donalarning yuzalari yig‘indisi
ma’lum darajadagi harakatchanlikka ega bo‘lgan beton qorishmasini va
mustahkam betonni olish uchun minimal miqdordagi sementni talab etishi 
kerak. Ideal egri bo‘yicha turli o‘lchamlardagi donalarni tanlash va 
solishtirishda o‘sha sement sarfi bilan qatlamlanishga moilligi kamroq va 
yanada harakatchanroq qorishmalar olinadi.
Bunday ideal egrilarga misol sifatida quyidagi Fuller va Bolomeylar 
tomonidan taklif etilgan tenglamani keltirish mumkin: 
ф
k
y



чег
ф
D
x
k
/
100


, (1.1) 
bu erda: 
k
f
– shakl koeffitsienti; 
k
f
=
8-14; 
x
– berilgan fraksiyadagi donalar 
o‘lchami; D
cheg
– to‘ldiruvchining chegaraviy yirikligi. 
Amaliyotda aniq ideal egri bo‘yicha to‘ldiruvchilar tarkibini tanlash 
uchun shag‘al va qumni elash kabi qo‘shimcha jarayonlar talab etiladi. Alohida 


60 
fraksiyadagi materiallar(ashyolar)ning bir qismi ortib qolishi va boshqa 
fraksiyalarni to‘ldirish uchun esa qo‘shimcha maydalash talab etiladi. SHuning 
uchun amaliyotda bu usul keng tadbiq etilmagan.
Temir-beton zavodlari yoki qurilish ob’ektlarida to‘ldiruvchining 
donadorlik tarkibini tanlashda zarur miqdorda aniqlangan qum va shag‘aldan 
foydalaniladi va bunda qum va alohida olingan shag‘al fraksiyalari orasidagi 
nisbat imkoniyat darajasida ideal egriga yaqinlashishi lozim. Biroq, bu 
nisbatning ideal egriga aniq mos tushishi talab etilmaydi. Katta bo‘lmagan 
nomutanosibliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin. Donador tarkibni yomonlashuvini 
qator texnologik usullar yordamida kompensatsiyalash mumkin. Bu usullar 
bilan betonning narxi tushiriladi va transport-tayyorlov harajatlari kamaytiriladi. 
SHuning uchun standartlar va texnik ko‘rsatmalarda bir necha turli donadorlik 
tarkiblar tavsiyasi ko‘rsatiladi va to‘ldiruvchi qorishmasining xususiyatlarini
ahamiyatli darajada yomonlashuvi kuzatilmaydigan, alohida fraksiyalar 
nisbatida ma’lum darajadagi o‘zgarishlarga imkon beriladi. Masalan, qum 
uchun donadorlik tarkib quyidagi chegaralarda bo‘lishi zarur:
Elak teshigining o‘lchami, 
mm 

2,5 
1,25 
0,63 
0,315 
0,14 0,14dan 
Elakdagi to‘liq qoldiq, 
massa bo‘yicha % hisobida 

0-20 
15-45 35-70 70-90 
90-
100 
0-10 
Qumning donadorlik tarkibini shartli ifodalash uchun 
M
k
- yiriklik 
modulidan foydalanadilar. Bu modul standart elaklarda qolgan qoldiqlarning 
to‘liq yig‘indisini (% hisobida) 100 bo‘lingan holida ifodalaydi. Qumlarning 
yiriklik moduli 2,1 dan 3,25 ga qadar o‘zgarishi mumkin. Biroq mos holdagi 
texnik-iqtisodiy va texnologik asoslanganda yanada mayda va arzon mahalliy 
qumlardan foydalanish mumkin (
M
k
=1,2-2,1). Yiriklik moduliga ko‘ra qumlarni 
yirik, o‘rta, mayda va o‘ta mayda yoki mayin turlarga ajratiladi (mos ravishda 
M
k
=2.5-3.5; 2-2.5; 1.5-2; 1-1.5, elakdagi to‘liq qoldiqda 0,63mm-50-75, 35-50, 
20-35, 20%dan kam). Yiriklik moduli qumning beton xususiyatiga faqat 


61 
taqribiy baho bera oladi, chunki turli donador tarkibdagi qumlar bir xildagi 
yiriklik moduliga ega bo‘lishi mumkin.
Zich tog‘ jinslaridan olingan shag‘al va chaqilgan toshning donadorlik 
tarkibi ularning chegaraviy yirikligi turli (20, 40, 60, 70 mm) bo‘lganligi uchun 
eng kichik va eng yirik o‘lchamlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. 
Elak 
teshiklarining 
o‘lchamlari, 
mm 
D
kich 
5 mm 
D
kich 
10 mm 
0,5 
Dkich
+
Dkat
D
kat 
bir fraksiya 
uchun 
Fraksiyalar 
aralashmasi 
uchun 
To‘liq 
qoldiqlar, % 
95-100 
90-100 
40-80 
50-70 
0-10 
To‘diruvchini optimal donadorlik tarkibi aksariyat, nafaqat qum va 
chaqilgan toshning donadorlik tarkibiga, balki ularning o‘zaro to‘g‘ri nisbatini 
tanlashga ham bog‘liq. 
Bu nisbatning to‘g‘ri tanlanishiga faqat beton tarkibini hisobga olish 
bilan erishish mumkin, xususan sement va suvning miqdorini to‘g‘ri tanlash 
orqali (8 bobga qarang). O‘rta va past markali, sement sarfi 200-300 kg/m
3
bo‘lgan betonlarda beton qorishmasining eng yaxshi harakatchanlik 
ko‘rsatkichini ideal elash egrisiga yaqin bo‘lgan donadorlik tarkib ta’minlaydi. 
Sement sarfi ko‘p bo‘lgan yuqori mustahkamlikdagi va bikir beton 
qorishmalarida qum hajmi yoki to‘ldiruvchining mayda fraksiyalarini umumiy 
hajmga nisbatan to‘ldiruvchini aniq xususiyatlari va beton tarkibidan kelib 
chiqqan holda kamaytirish maqsadga muvofiq.
To‘ldiruvchining bushligi bilan donadorlik tarkib bevosita bog‘liq bo‘lib, 
uning zich joylashuvchanlik imkoniyatlari bilan aniqlanadi. SHuningdek 
to‘ldiruvchi 
donalarining 
shakli 
bo‘shliqlilikka 
ta’sir 
ko‘rsatadi. 
To‘ldiruvchining bo‘shliqliligi – ahamiyatli jihat bo‘lib, u sement sarfi 


62 
(qanchalik bo‘liqlar ko‘p bo‘lsa shunchalik sement sarfi ortadi) va beton 
xususiyalariga ma’lum darajada ta’sir etadi. Nazariy nuqtai nazardan 
to‘ldiruvchidagi bo‘shliqlar hajmi undagi donalarning yirikligiga emas, balki
donalarning shakliga, ularning joylashish zichligi va quyilishiga bog‘liq. Bu 
fraksiyadagi to‘ldiruvchining bo‘shliqligi 0,3 dan 0,48 gacha o‘zgaradi.
Amalda nisbatan ko‘proq yoki kamroq zichlab quyish degan tushuncha 
mavxumdir; quyishning qandaydir oraliq sistemasi ma’no kasb etadi va shunga 
ko‘ra o‘rtacha bo‘shliq zichlashtirish darajasiga ko‘ra aniqlanadi. Donalarning 
qirralari ko‘payishi bilan bo‘shliqlar hosil bo‘lish extimoli ortadi. Aksariyat, 
uzunchoq ko‘rinishdagi (ignasimon, yapasqi) donalar qo‘llanilganda bo‘shliq 
ortib ketadi. SHuning uchun bunday donalarning shag‘alda yoki chaqilgan 
toshdagi miqdori oddiy og‘ir betonlarda 35% dan, yo‘l qurilishi uchun 
mo‘ljallangan shag‘alda esa 25%dan oshib ketmasligi zarur (yapasqi donalar 
betonning mustahkamligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi).
Agarda ikki fraksiyadagi bir biridan o‘lchamlari bilan keskin farq 
qiluvchi donalar olingan bo‘lsa, qorishma bushligining aralashtirilayotgandagi 
xarakteri 1.1-rasmdagidek ifodalanadi.
Belgilarni ta’riflab olamiz: V
bush
– bo‘shliq hajmi; V
n
– to‘ldiruvchi 
donalarining absolyut hajmi; V=V
bush
+V
d
– qorishmaning umumiy hajmi; 
B
nis
=V
d
/V – nisbiy kattaliklardagi g‘ovaklilik; B
a
=V
bush
/V
d
– to‘ldiruvchi 
donalarining absolyut hajmiga nisbatan bo‘shliqlik.


63 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin