Referat mavzulari ro’yxati


Aglomeratsion mashinasining ishlab chiqarish quvvati



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/102
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203201
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   102
Beton tolduruvchilari texnologiyasi UMK сиртки Хайдаров Н

Aglomeratsion mashinasining ishlab chiqarish quvvati 
Aglomeratsion mashinaning ishlab chiqarish quvvati (t/soat) quyidagi 
formula bo‘yicha aniqlanadi: 


54 
P=0,06 V L
a
 B p
H
 R
h
 R
b

Bu erda : v- vertikal pishish tezligi, mm/min; 
L

- aglomeratsion mashinaning foydali uzunligi , m; 
L – mashinaning umumiy uzunligi, L
s
-quritish zonasi uzunligidan
kelib chiqib (L
s
=0,05-0,1 L ) va sovitish – L
o
(sovitgich mavjud
bo‘lsa - L
o
=0,2 L agloparit shag‘ali ishlab chiqarishda sovitgich 
ishlatilmasa-Lo=0,4L); 
V-aglomeratsion mashinaning foydali eni uzunligi, m; 
r
n
- xom granulalar uyilma zichligi, r
n
=1-1,1 t/m


R
h
- agloparitning chiqish koeffitsienti, R
h
=0,75-0,90; 
R
b
- texnologik jarayonga qaytgan pishmagan bo‘laklarni xisobga 
oluvchi koeffitsient, agar texnologik jarayonga qaytmasa, R
b
=1 teng 
bo‘ladi. 
Aglomeratsion mashinaning yillik mahsuldorligi (m
3
/yil) quyidagi 
formula bo‘yicha aniqlanadi: 
M
ag
=T P R
u
/P
n

Bu erda: T- mashina ishlashining yillik fondi, soat; 
P- aglomeratsion mashinaning hisobiy mahsuldorligi, t/soat; 
R
u
- ishchi vaqti yillik fondidan foydalanish koeffitsenti, R
u
=0,82-0,9; 
P
n
- agloparit shag‘alining uyilma zichligi, t/m

SHlakli pemza olishning texnologik asoslari 
 
SHlakli pemza ishlab chiqarishning bir nechta usullari mavjud bo‘lib, 
ularning barchasi shlak eritmasini suv yordamida qayta ishlashga asoslangan.
SHlak eritmasining (1300
0
S haroratgacha) suv bilan bog‘lanishda qaynab, 
par hosil bo‘ladi. Par pufakchalari shlak eritmasidan erkin chiqa olmaydi, 
chunki eritmani sovitishda uning qovushqoqligi ortadi. Natijada u shishadi, 
ko‘pchiydi va yacheykali strukturaga ega bo‘lgan g‘ovaklashgan massaga 
aylanadi. Bu jarayonda asosiy e’tibor shlakning kimyoviy tarkibiga, shlak 


55 
eritmasining qovushqoqligi, tashqi cho‘zilishini ifodalovchi singan gazlar 
miqdoriga beriladi.
SHlak pemza chaqir toshini sanoatda ishlab chiqarishning to‘rtta usuli 
mavjud: 
Hovuzda olish usuli
da shlakli pemzani ishlab chiqarish quyidagicha 
amalga oshiriladi. SHlak eritmasi shlak uzatuvchi cho‘michda osti olovga 
bardoshli material bilan qoplangan vannadan iborat to‘nkaruvchi hovuzga 
ko‘pchitish uchun solinadi.
Hovuz sig‘imi (16,5 m
3
) shlak uzatuvchi cho‘michdagi eritmani birdaniga 
qabul qilish imkonini beradi. Hovuzning ostidagi teshikdan suv beriladi va 
uning fontanli tomchilariga shlak eritmasi quyiladi.
SHlak eritmasi ko‘pchiydi va qotadi, hovuz tagiga cho‘kib, bo‘laklar 
shaklida soviydi, shundan so‘ng bu massa maydalanadi va fraksiyalarga elanib 
ajratiladi Ishlab chiqarish sikli cho‘michda shlak eritmasini hovuzga quyish va 
to‘ldirish, ko‘pchishi (1,5-2 minut), sovishi va kristallanishi (suv quymagan 
holda), hovuzni bo‘shatish va uni keyingi siklga tayyorlash 15-20 minutni 
tashkil etadi.
Olingan shlakli pemzaning hajmi 25m
3
gacha tashkil etadi. SHlak 
eritmasining g‘ovaklashtirish rejimini uning tarkibini o‘zgarishiga qarab 
tartibga solish mumkin.
Xandaq-sachratish usuli
o‘ta sodda hisoblanadi. SHlak eritmasi xandaqqa 
tushishidan oldin olovga bardoshli qoplamali trubadan uzatilayotgan suv 
ta’siriga uchraydi, ko‘pchiydi va handaq tubiga yig‘iladi. Sovigan shlak 
ekskavatorda qayta ishlanib maydalashga uzatiladi va undan so‘ng elanib 
fraksiyalarga ajratiladi.
Biroq bu usulda shlakli pemza ishlab chiqarish istiqbolli emas, chunki 
olingan maxsulotning sifati past va strukturasi bir jinsli bo‘lmaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin