Arab alifbosiga asoslangan yozuv xalqimizning ming yillik tarixi davomida
qo‘llanib keldi va 1930 -yili lotin alifbosi bilan almashtirildi. 1940-yilda esa rus
alifbosiga o‘tildi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng o‘zbek
tilining tovushlar tizimi, ohangdorligi va jilosini to‘la ifodalay oladigan yozuvga-
alifboga o‘tish zaruriyati tug‘ildi.
1993-yil 2-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi “Lotin
yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” Qonun qabul qildi.
Bu alifbo 31 harf va 1 tutuq belgisidan iborat etib belgilandi. Yangi
alifbodagi ba’zi harflar jahon aloqa-aralashuv (kommunikatsiya) tizimiga
kirishimizda ma’lum qiyinchiliklar tug‘dirish mumkinligi hisobga olinib lotin
yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etdi.
Bu imlo qoidalari 1956-yil 4-apreldagi “O‘zbek
orfografiyasining asosiy qoidalari”dan tubdan farq
qiladi.
Jumladan,
tovush
– harf munosabatiga
bag‘ishlangan qism qayta yozilgan, morfologik
tamoyilga asoslanish nisbatan ortgan: -gin, -gina
qo‘shimchalari uch xil yozilishi qoidalashtirilgan;
juft so‘z qismlari orasida -u (-yu) bog‘lovchisi kelsa, undan oldin chiziqcha
qo‘yiladigan bo‘lgan; tartib son arab raqamlari bilan yozilsa, -nchi qo‘shimchasi
o‘rniga chiziqcha (-) qo‘yilishi yil va oylarni ko‘rsatuvchi arab raqamlariga ham tatbiq
etilgan va boshqalar.
Ikkinchi qismi turdosh ot bo‘lgan geografik nomlar (Qoratog‘), sifat va atoqli
otlardan tuzilgan geografik nomlar (Shimoliy Kavkaz) yozilishi kabi ayrim qoidalar
ancha ixchamlashgan.
Dostları ilə paylaş: