Qadimgi turk yozuvi yodgorliklari dastlab O‘rxun va Enasoy (Shimoliy
Mo‘g‘uliston) daryolari bo‘ylarida topilganligi uchun ularni O‘rxun-Enasoy
yozuvlari deb atadilar. Keyinchalik bu yozuvlar G‘arbiy Yevropa run yozuvlariga
o‘xshash bo‘lganligi uchun ularni runik yozuvlar nomi bilan ham yurgizdilar.
Runik yozuvlar (“O‘rxun-Enasoy” yozuvlari) alifbo (fonetik) yozuvning
ancha takomillashgan turidir.
Bu yozuvlarda tilda mavjud bo‘lgan har bir
tovush uchun maxsus belgi qo‘llangan. 28 tovushni
ifoda etish uchun alohida belgilar olingan. Shu
jumladan, to‘rtta belgi unli tovushlar uchun (a-a
..
, i-
i, o‘-u, o-u) ishlatilgan. Bundan tashqari, til oldi va
til orqa (yumshoq-qattiq) d, y, l, n, q, s, t, r
tovushlari uchun har biriga alohida-alohida belgilar
(16 harf) ishlatilgan; shuningdek, (lt, nt, nch)
tovush birikmalari uchun ham alohida belgilar
olingan.
Bundan tashqari, ko‘pgina tovushlarning ifodasi bir necha shaklga ega
bo‘lgan. Shunday qilib, runik yozuvlarda hammasi bo‘lib 72 belgi qo‘llangan.
XIX asr oxirlarida, runik yozuvlardan tashqari, Sharqiy Turkistonda uyg‘ur
yozuvi yodgorliklari ham topilgan, keyinroq uyg‘ur yozuvi yodgorliklari ham
Markaziy Osiyo territoriyasida topildi.
X-XV asrlarda yaratilgan bu
yodgorliklarning ko‘pchiligi eski o‘zbek tilida yozilgan. Qadimgi uyg‘ur yozuvida
bitilgan yodgorliklarning eng qadimgisi Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilik”
asaridir. (“Vena nusxasi”).
Ahmad Yugnakiyning “Hibbatul-haqoyiq”
asari,
Xorazmiyning
“Muhabbatnoma”si,
“Me’rojnoma” (XIV asr), Lutfiy va boshqa
shoirlarning ayrim she’rlari, To‘xtamishxon va
Temur Qutlug‘ning yorliqlari mana shu uyg‘ur
alifbosida bitilgan.
Dostları ilə paylaş: