YASHIL TOIFA SUVO'TLARI BO‘LIMI - CHLOROPHYCOPHYRA
Ushbu bo'limga kiruvchi suvo'tlari yuksak o'simliklarga o'xshab xromatoforida ,,a‘‘ va ,,b“ xlorofili, karotin, lyutein pigmentlari hamda xromatoforidagi lamclalar granlar hosil qilishi bilan boshqa suvo'tlaridan ajralib turadi. Hujayrada to‘planadigan zaxira oziqa modda ham yuksak o'simliklarnikiga o'xshash kraxmaldan iborat. Shuningdek, yashil suvo'tlari nasllarining gallanishi va ayrim vakillari quruqlik muhitiga moslashganligi jihatidan ham yuksak o'simliklar bilan aloqador ekanligi sezilib turadi. Yashiltoifa suvo'tlari turlarining ko'pligi, morfologik jihatdan xilma-xil strukturalar hosil qilishi va boshqa xususiyatlari bilan suvo'tlari ichida asosiy o'rinni egallaydi. Tallomining tuzilishi va ko'payishi xususiyatlarini hisobga olgan holda ular uchta ajdodga bo'lib o'rganiladi.
Haqiqiy yashilsimon yoki teng xivchinlilar ajdodi (sinfi) — Chlorophyceac (Isocontac)
Nomi ham ko'rsatib turganidek, ushbu ajdodga mannsub suvo'tlarining tallomi va hujayralari haqiqiy yashil rangda bo'lib, boshqa sinf vakillariga nisbatan ko'proq yuksak o'simliklarga o'xshashligi bilan farq qiladi. Rivojlangan siklda monad hujayralari (vegetativ va generativ) bir-biriga teng ikkita xivchinli bo'ladi. Morfologik strukturasining xilma-xilligiga qarab ushbu ajdod bir necha qabilalarga bo'linadi.
Dostları ilə paylaş: |