SHILIMSHIQ TOIFALAR
Shilimshiq toifalar geterotrof organizmlar guruhiga kiradi. Yashash sh a ro iti, hujaytasining tuziilishi va oziqlanishi jihatidan shilimshiqtoifalar sodda bir hujayrali hayvonlarga ko'proq o'xshash bo'ladi. Ayniqsa, shilimshiqtoifalarning akrozeyasimonlar sinfi vakillari amyobalarga o'xshash fagotsitoz usulda oziqlanadi. Hujayralari qalin qobiq hosil qilmaydi. Shuning uchun ularning hujayralari o'z shaklini o'zgartirishi mumkin. Bunday hujayralar yalang'och hujayralar yoki plazmodiylar deb ataladi. Shilim shiqlarning diploid plazm oid hujayralari qo'shilib plazmoid massasini, ya’ni koloniyaga o'xshash (miksogastrasimonlar va plazmodioforasimonlar sinfiari) yoki soxta plazmodiylar (psevdoplazmodiy) massasini (akrozeyasimonlar sinfi) hosil qiladi. Shilimshiqtoifalar saprofit yoki parazit holda hayot kechiradi. Saprofit hayot kechiruvchi ko'pchilik vakillarida o'sish va rivojlanish davriga qarab oziqa, namgarchilik va yorug'likka nisbatan o'ziga xos intilish yuzaga keladi. Masalan, plazma massasining o'sish davrida ijobiy trofo-, gidro- va reotaksis hamda salbiy fototaksis, ko'payish oldidan esa ijobiy fototaksis yuzaga kelib, ular yashash joylaridan (barglar ostidan, to'nkalar kavagidan) yorug'lik yetarli bo'lgan joylarga, ya’ni barg va to'nkalar ustiga, ayrimlari esa daraxt shoxlariga chiqib ketishi mumkin.
XULOSA
Yer yuzasidagi barcha o’simliklar shartli ikki guruhga bo’linadi:
Tuban o’simliklar (Thallobinta) va Yuksak o’simliklar (Kormobionta).
Tuban o’simliklar tuzilishi jihatdan sodda bo’lib, tanasi tallom, deb atalib, bir hujayrali, koloniya yoki ko’p hujayrali bo’lishi mumkin. Barg, poya, ildiz kabi qismlarga ega emas. Shuningdek, ma’lum vazifani bajarishga moslashga to’qimalarga ham ega emas. Ba’zibir tuban o’simliklar mikroskospik bo’lsa, ba’zilarning tallomi esa 40m. gacha katgalikda bo’lishi mumkin.
Tuban o’simliklar quyidagi bo’limlarga bo’linadi:
1. Bakteriyalar (Vasteriophyta)
2. Ko’k - yashil suvo’tlar (Suanophua)
3. Yashil suvo’tlar (Shlorophyta)
4. Sariq - yashil suvo’tlar (Хanthophyta)
5. Хara suvo’tlar (Sharophyta)
6. Parrofat suvo’tlar (Rurrophyta)
7. Tillarang suvo’tlar (Shrysopphyta)
8. Diatom suvo’tlar (Vasillariophyta) (Diatomophyta)
9. Qo’ngir suvo’tlar (Rhaeophyta)
10. Qizil suvo’tlar (Khodophyta)
11.Miksomitsetlar yoki shilimshiqlar (Myxophyta)
12.Zamburug`lar (Musorhyta, Funge, Muosota)
13.Lisheyniklar (Lchtnes)
Dostları ilə paylaş: |