LISHAYNIK TOIFALAR BO‘LIMI - LICHENES
Lishayniklar o'ziga xos tuzilishga ega bo'lib, ularning tallomi ikki organizmning simbioz yashashidan vujudga keladi. Ularning tarkibini suvo'tlari va zamburug'lar tashkil etib, bu organizmlarning har biri ma’lum vazifalarni bajaradi. Jumladan, zamburug'lar tallomni suv va mineral moddalar bilan ta’minlab tursa, suvo'tlari esa fotosintez natijasida organik moddalarni vujudga keltiradi. Morfologik ko'rinishiga nisbatan lishayniklar quyqa (yopishqoq), bargsimon va butasimon tiplarga bo'linadi. Anatomik tuzilishi bo'yicha esa ular gomeomer (suvo'tlari va zamburug'larning bir tekisda joylashgan tallomi) va geteromer (suvo'tlari va zamburug'larning qavat hosil qilib joylashgan tallomi) bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |