Registration of initial activities of civil ecological and geographical problems of agriculchural water use in central asia


Journal of Geography and Natural Resources



Yüklə 92,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix22.12.2023
ölçüsü92,16 Kb.
#190380
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Қарши мақола

Journal of Geography and Natural Resources 
 
ISSN: 2181-2713 
https://topjournals.uz/index.php/jsru
 
 
 
26
sug‘orish tabiiy muhitga antropogen yukning ortiqcha bo‘lishiga olib keladi Sug‘oriladigan 
yerlarda landshaftlarning barcha komponentlari va pirovardida butun landshaft kompleksining o‘zi 
ham tubdan o‘zgaradi hamda komponentlar orasidagi nisbatan muvozanatlashgan o‘zaro 
bog‘lanishlar buziladi, antropogen landshaftlarning muayyan tipidan iborat bo‘lgan tabiiy xo‘jalik 
komplekslari – agroirrigasion landshaftlar vujudga keladi. Bu landshaftlar uchun agroirrigasion 
relyef, tuproqlar profilidagi agraoirigasion qatlamning mavjudligi, tabiiy o‘simliklar – 
fitosenozlarning batamom o‘zgarishi va agrosenozlar bilan almashinishi, yuza va grunt suvlarining 
rejimi va taqsimlanishining o‘zgarishi, mikroiqlim xos. Sug‘oriladigan yerlarda landshaftlarning 
komponentlari muayyan izchillikda o‘zgaradi: dastavval biotik komponentlar (hayvonot va 
nabotot dunyosi) so‘ngra esa nobiotik komponentlar (tuproqlar, hidrologik rejim, iqlim, relyef) 
o‘zgaradi. Shunday qilib, sug‘oriladigan yerlarda inson o‘zining xo‘jalik faoliyati jarayonida 
geologik asosdan tashqari landshaftning barcha komponentlarini o‘zgartiradi. Pirovardida 
komponentlar orasidagi nisbatan muvozanatlashgan o‘zaro bog‘lanishlar buziladi, butun landshaft 
kompleksining o‘zi ham tubdan o‘zgaradi hamda antropogen landshaftlarning muayyan tipidan 
iborat bo‘lgan tabiiy xo‘jalik komplekslari vujudga keladi. 
Sug‘oriladigan yerlarda tabiiy landshaftning antropogen landshaftga aylanishi doimo hudud 
holati va rejimining juda chuqur o‘zgarishlariga olib keladi. Sug‘oriladigan yerlardagi qishloq 
xo‘jalik ishlab chiqarish jarayonida tabiatga moddalarning kirib kelishi yoki moddalar 
miqdorining ortishi sodir bo‘ladi. Bu ta’sirlar landshaftlarda qaytmaydigan o‘zgarishlarga olib 
keladi. 
Geografik nuqtai nazardan agrolandshaft har qanday agrosistema emas, balki faqat (regional 
mazmundagi) tabiiy landshaft uchun xos bo‘lgan geosistemaning o‘zi darajasidagi muayyan – 
regional – kattalikdagi sistemadir. Agrolandshaft tabiiy landshaftdan qishloq xo‘jalik ishlab 
chiqarishi ta’sirida bo‘lishi va uning komponentlarining muayyan darajada o‘zgarganligi bilan 
farq qiladi. V.A.Nikolayevning fikricha, “agrolandshaft – bir butun, ichki tuzilishiga ko‘ra bir xil 
bo‘lmagan qishloq xo‘jalik geosistema bo‘lib, u haydaladigan yerlarni ham, boshqa funksional 
ixtisoslashgan joylarni ham o‘z ichiga oladi” [4]. Soddaroq qilib aytganda, agrolandshaft katta 
qismida tabiiy o‘simlik qishloq xo‘jalik o‘simliklarining ekinlari bilan almashtirilgan va tabiiy 
chegaralarini saqlab qolgan landshaftdir.Sug‘orish natijasida hosil bo‘lgan, boshqariladigan 
tabiiy-ishlab chiqarish hududiy mujassamalar antropogen modifikatsiyaning ma’lum 
tiplaridan(agrosistema, tabiiy- xo‘jalik sistemasi, geotexsistema) iborat. 
Sug‘orish bilan bog‘liq holda landshaftlar 
agroirrigatsion landshaftlar
deb nomlanadi. 
Agroirrigasion landshaftlar asosan qurg‘oqchil hududlarning landshaftlaridir. Quruq iqlimli 
sharoitlarda ayniqsa sug‘oriladigan agrolandshaftlarining ahamiyati juda katta. Agroirrigasion 
landshaftlar tabiiy landshaftlar asosida va chegaralarida vujudga keladi. Shu sababli 



Yüklə 92,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin