Journal of Geography and Natural Resources ISSN: 2181-2713 https://topjournals.uz/index.php/jsru 28 yuzaga keltirishi mumkin. Shu sababli undan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rgan holda foydalanish
lozim.
Matkaziy Osiyoda agroirrigasion landshaftlar maydonining kengayishiga monand
(proporsional) holda meliorativ xolatini yaxshilashni talab qiladigan yerlar maydoni ham kengayib
boradi. Agroirrigasion yerlarning foydalanish jarayonida ularning ayrim noxush jarayonlarga
moyilligi inobatga olinmaganligi tufayli qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadigan qayta sho‘rlanish, irrigatsiya (sug‘orish) eroziyasi, deflyasiya, suffoziya kabi
jarayonlar ta’sirida bo‘lgan yerlar maydoni ham yildan yilga ortib bormoqda. Bunday xolat
agroirrigasiya landshaftlaridan foydalanishni optimallashtirish maqsadlarida bir qator miliorativ
tadbirlarni o‘tkazishni taqozo etadi.
Agroirrigasiya landshaftlarining buzulishiga katta ta’sir ko‘rsatadigan tabiiy – antropogen
jarayonlar orasida qayta sho‘rlanishni
bartaraf qilish yoki cheklashga doir miliorasiya ishlarini
kuchaytirish lozim. Bu jarayon negizida tuproqlarning sho‘rlanishga moyilligi va sug‘orich
meyorlarining buzulishi turadi.
Agroirrigasion landshaftlarning degradasiyasida sug‘orish eroziyasining ta’siri ham
kuchayib bormoqda. Sug‘orish eroziyasi agroirrigasiya landshaftlarida suv – fizikaviy va
agronomik –kimyoviy xossalarning o‘zgarishiga aniqrog‘i, yomonlashuviga olib kelmoqda. Bu
jarayonlar tufayli tuproqlardagi chiqindi, azot va boshqa oziqlantiruvchi moddalarning miqdori
ham kamayib boradi. Tuproqdagi organik moddalarning kamayishi esa mineral o‘g‘itlardan ancha
katta miqdorda foydalanishni taqqozo etadi. Qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishda kimyoviy
vositalardan – mineral o‘g‘itlar va pestisid, gerbisid, defoliasiya va boshqa zaxarli kimyoviy
moddalardan foydalanish esa tuproqlar, suvlar va butun atrof muhitni ifloslanishiga, natijada
qishloqlarning hayotiy muhitining yomonlashuviga sabab bo‘lmoqda. Sug‘oriladigan yerlarda
tuproqlar tuzilmasining buzulishi, chirindi miqdorining kamayishi va atrof muhitni ifloslanishi
yaqin o‘tmishda mineral o‘g‘itlardan va boshqa zaxarli kimyoviy moddalardan ortiqcha
foydalanilganligi bilan bog‘liq.
XULOSA Agroirrigasion landshaftlar mahsuldorligining pasayishiga sabab bo‘ladigan tabiiy –
antropogen jarayonlarning tobora rivojlanib borishi bunday yerlarda qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishida foydalanishni ilmiy asosda oqilona tashkil etish va landshaftlarni muhofaza qilish
uchun ham ekalogik jihatdan, ham iqtisodiy nuqta inazardan samarador bo‘lgan tadbirlar
majmuasini belgilashni taqozo etadi.
Agroirrigasion landshaftlar vujudga kelgan sug‘oriladigan yerlardan oqilona foydalanishni
tashkil etishda landshaftlarning tabiiy xususiyatlarini va ularning antropogen omillar ta’siri ostida