Journal of Geography and Natural Resources ISSN: 2181-2713 https://topjournals.uz/index.php/jsru 24 Ishlov beriladigan yerlarning qariyb yarmi vohalarga to‘g‘ri keladi. Qolgan yarmi ulardan
foydalanish uchun drenaj va tekislashdan tashqari tuproq tuzilmasini yaxshilashni ham o‘z ichiga
oladigan murakkab va qimmat meliorasiya tadbirlari majmuasini o‘tkazishni taqoza etadi.
Iqlim sharoitlari tufayli Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotida sug‘orish muhim
ahamiyatga ega. Sugoriladigan dehqonchilik Markaziy Osiyoning qurg‘oqchil mintaqasida
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini jadallashtiruvchi asosiy yo‘nalishlardan biridir [1].
Markaziy Osiyo dehqonchilik, ayniqsa sug‘orma dehqonchilik vujudga kelgan va
rivojlangan qadimiy uchoqlardan biri bo‘lib, arxeologlar tomonidan Turkmanistonning janubida
miloddan avval 4-3-mingyilliklarda, O‘zbekiston hududida (Xorazmda) esa 2-mingyillikda
qazilgan kanallar topilgan. Ba’zi hududlarda sizot suvlarini yuzaga chiqarish ucnun korizlar (yer
osti ariqlari) qurilgan [2].
Markaziy Osiyoda sug‘orish tarmoqlari eng rivojlangan davr miloddan avval VII-VI asrlarga
to‘g‘ri keladi. Sug‘orish keyinchalik Orol havzasining boshqa daryo vodiylariga tarqalgan.
Shundan buyon va hozirga qadar sug‘orishning ahamiyati muttasil oshib bordi, sug‘oriladigan
maydonlar kengaydi, sug‘orish usullari takomillashdi. XX asrning boshiga kelib regionda qariyb
3,5 mln. ga yer sug‘orildi. Regionda shuro davrida (ayniqsa 60-80-yillarda) sug‘orish jadal
rivojlandi.
Markaziy Osiyo sharoitlarida qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga hal qiluvchi ta’sir
ko‘rsatadigan omil - suv resurslari – hudud bo‘ylab o‘ta notekis taqsimlanganligi bilan
ifodalanadi. Mavjud yer usti va yer osti suv resurslari Markaziy Osiyodagi iqtisodiy faoliyatga
atrof muhit muhofazasi bilan raqobatdagi rivojlanishga to‘sqinlik qiladigan omil sifatida doimo
muhim ta’sir ko‘rsatadi.
Markaziy Osiyoning Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Ili, Irtish va boshqa yirik daryolari
- ikki va undan ko‘proq mamlakat hududi bo‘ylab oqadigan transchegaraviy daryolardir.
Regionning asosiy daryolari bo‘lgan Amudaryo va Sirdaryo hamda ularning irmoqlari har beshala
mamlakat hududi bo‘ylab oqadi va Orol dengizining qoldiqlarigacha oqib boradi. Transchegaraviy
Amudaryo va Sirdaryoning havzasi, shuningdek Tajan-Murg‘ob havzasi Markaziy Osiyo umumiy
maydonining qariyb 40 %ini ishg‘ol etadigan Orol dengizi havzasini shakllantiradi.
Qozog‘istondagi Irtish, Ural va Emba, Qirg‘izistondagi Norin, Talas va Chu ham hududdagi yirik
daryolarga mansub. Turkmanistonda Amudaryodan tashqari Murg‘ob, Tajan, Etrek va boshqa
kichik daryolarning suv resurslaridan foydalaniladi. Regionda oqim hajmi 115,6 km
3
/yil ni tashkil
etadi. Tojikiston va Qirg‘iziston suv va hidroenergetika resurslariga boy, O‘zbekiston,
Qozog‘iston va Turkmaniston uchun suv resurslarining tanqisligi xos.
Markaziy Osiyoda ekin ekiladigan maydon 40,18 mln.ga, sug‘orish salohiyati 18 mln.ga
bo‘lib, sug‘oriladigan yerlar ekin ekiladigan yerlarning 32,9 %iga yaqini (13,22 mln.ga) tashkil