Journal of Geography and Natural Resources ISSN: 2181-2713 https://topjournals.uz/index.php/jsru 27 agroirrigatsion landshaftlarni xillarga ajratish va zonal – regional tasnif qilish tamoyillariga
asoslanish lozim. Ayni paytda inson ta’sirining sajiyasini, xususan, landshaftlarni sug‘orish
natijasida o‘zgarish darajasini ham e’tiborga olmoq kerak. Sug‘orish nafaqat bevosita
sug‘orilayotgan hududning landshaftlarini, balki uning yaqin – atrofidagi tabiiy mujassamalarni
ham o‘zgarishiga olib keladi. Shu sababli agroirrigasion landshaftlarga sug‘orilayotgan yerlarning
atrofidagi bilvosita o‘zgargan landshaftlar ham kiradi. Tabiiy landshaft batamom yangi, deyarli
to‘liq antropogen landshaftga aylanadi.
Agroirrigasion landshaftlar vujudga kelgan sug‘oriladigan yerlardan oqilona foydalanishni
tashkil etishda landshaftlarning tabiiy xususiyatlarini va ularning antropogen omillar ta’siri ostida
o‘zgarish sharoitlarini o‘rganish asosida landshaft monitoringini tashkil etish va geografik-
ekalogik bashoratlarni ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
Agroirrigatsion landshaftlarning mahsuldorligini oshirish va muhofaza qilish tizimida asosiy
amaliy tadbirlar umumiy nom bilan
degradatsiya jarayonlari deb nom olgan qayta sho‘rlanish,
zax bosishi (botqoqlashuv), shuningdek irrigasiya eroziyasi, desrukturlashuv, degumifikatsiya
(chirindisizlashuv), cho‘kish va zichlashuv (petrifikatsiya), suffoziya jarayonlarini oldini olish,
susaytirish va bartaraf qilish uchun belgilanadigan turli agromeliorativ tadbirlarni amalga
oshirishga qaratilmog‘i lozim. Chunki, bu jarayonlar boshqa bir qator omillar bilan birgalikda
sug‘oriladigan tuproqlarning degradatsiyasiga - buzilishiga sabab bo‘ladi va natijada bu
tuproqlardan qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishda foydalanish imkoniyati bo‘lmay qoladi, ularni
tiklash uchun ancha uzoq muddat va sarf-harajat talab qilinadi.
Orol dengizi sathining pasayishi va uning hajmining qisqarishi suv sifatining keskin
yomonlashuviga va aholi salomatligiga, tuproqlarning cho‘llashish, sho‘rlashish va zax bosishiga,
biologik xilma-xillikning kamayishiga va iqlimga salbiy ta’sirning kuchayishi kabi bir qator salbiy
oqibatlarga sabab bo‘ldi.
Markaziy Osiyoning tog‘larida ham o‘rmonsizlanish, eroziya, yaylovlarning chiqindilar
bilan ifloslanishi va qisqarishi kabi degradasiya jarayonlari kuchayib bormoqda. Markaziy
Osiyoda o‘rmonlarning maydoni ham o‘tgan asrning o‘rtalaridan buyon 4-5 marta kamaydi.
Ayniqsa saksovulzorlar va to‘qayzorlar ayovsiz kuchli antropogen bosimga duchor bo‘ldi va bu
jarayonlar hozirgi paytda ham davom etmoqda.
Sug‘orishning dala yoki sug‘orish tizimi darajasidagi asosiy geoekologik muammosi
botqoqlanish va sho‘rlanish muammosi bo‘lsa, daryo havzasi miqyosida erigan tuzlarning
tashilishi ancha ko‘payadi. Shunday qilib, sug‘orish – ham foydali sug‘oriladigan yerlarda
iqtisodiy nuqtai nazardan samarador landshaftlarni shakllanishiga olib kelgan holda, ekologik
jihatdan landshaftlarning inson hayoti va ishlab chiqarish faoliyati uchun noqulay vaziyatini