Reja : giroskoplarning turlari. Giroskoplar va nutatsiya xarakati



Yüklə 363 Kb.
səhifə6/15
tarix12.05.2023
ölçüsü363 Kb.
#112543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Reja giroskoplarning turlari. Giroskoplar va nutatsiya xarakat

Fazo va vaqt haqidagi tushunchalar turli davrda turlicha boʻlgan. Klassik fizikada vaqtning fazo bilan materiyaga hech qanday dahli yoʻq. Fazo va vaqt haqidagi klassik mexanika taʼlimotini Galileo Galilei nisbiylik prinsipi asosida matematik ravishda ifodalash mumkin. Fazoning aniq nuqtasida aniq vaqtda roʻy beruvchi hodisani voqea deyiladi. Mexanik hodisalar barcha inersial sanoq sistemalarda bir xil roʻy beradi, demak, harakat tenglamasining yozilish shakli barcha inersial sanoq sistemalarda bir xildir. Bu xususiyat Galilei almashtirishlariga nisbatan Isaac Newton harakat tenglamasining invariantligi deyiladi.

Nisbiylik nazariyasiga koʻra, fizik jarayonlarda fazo va vaqt xususiyatlari oʻzaro bogʻliqdir. Fazo va vaqtning oʻzaro bogʻlanishi harakat tufaylidir. Jism turli harakatda ekan, fazo va vaqt xususiyatlari ham turlichadir. Maxsus nisbiylik nazariyasi uchun 2 prinsip (asosiy qonun) zamin hisoblanadi: birinchisi nisbiylik prinsipi, ikkinchisi yorugʻlik tezligining doimiyligidir. Nisbiylik prinsipiga asosan, fizik qonuniyatlarni ifodalovchi matematik tenglamalar bir xil koʻrinishga ega, yaʼni ular turli inersial sanoq sitemalarga nisbatan invariantdir. Ikkinchi prinsipni quyidagicha ifodalash mumkin: yorugʻlikning boʻshliqdagi tezligi barcha inersial sanoq sistemalarda bir xil qiymatga ega boʻlib, yorugʻlik manbaining harakatiga bogʻliq emas.

Gravitatsiya, fazo va vaqt haqidagi hozirgi zamon fizik nazariyasi, asosan, Esinstein tomonidan yaratildi va umumiy nisbiylik nazariyasi nomini oldi. Umumiy nisbiylik nazariyasining yaratilishida ekvivalentlik prinsipi asos boʻlib xizmat qildi.

Nisbiylik nazariyasidan kelib chiquvchi xulosalar juda koʻp tekshirishlar, kuzatishlar va tajribalar asosida tasdiqlangan. Hozirgi kungacha nisbiylik nazariyasining kamchiliklari mavjudligini koʻrsatuvchi biror dalil yoki tajriba natijalari maʼlum emas.

Albert Einstein 1905-yilda Albert A. Michelson, Hendrik Lorentz, Henri Poinar va boshqalar tomonidan olingan koʻplab nazariy natijalar va empirik topilmalar asosida maxsus nisbiylik nazariyasini eʼlon qildi. Max Plank, Hermann Minkovskiy va boshqalar keyingi ishlarni bajarishdi.


Yüklə 363 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin