savdo psixologiyasi-jamiyatda tijoratning psixologik shart-sharoitlari,
extiyojning individual, yoshga, jinsga oid xususiyatlarini, xaridorga xizmat
ko'rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi. Bu sohadan ajrab chiqqan, modalar
psixologiyasi inson didi va uning xulqda aks etishi kabi qator masalalarni o'rganadi;
tibbiyot psixologiyasi-shifokor faoliyati psixologiyasini, bemor xulq-atvorining psixologik jihatlarini o'rganadi. Har bir soha o'zining o'rganish predmetiga, vazifalariga, maqsadiga va metodlariga ega.
Kasb psixologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Psixologiya yaxlit va
mustaqil fan sifatida odamlarda gumanistik mentalitetning shakllanishiga xizmat
qilib, inson omiliga aloqadorligi uning shu yo'nalishdagi muammolarni ma'lum
ma'noda o'rganadigan barcha fanlar bilan bevosita aloqasini taqozo etadi. Bular
birinchi navbatdagi ijtimoiy-gumanitar fan sohalari bo'lib, psixologiyaning ular
orasidagi mavqei o'ziga xos va yetakchidir.
Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy
falsafa qismi bilan bo'lgan aloqa bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini
to'la anglash, rivojlanish tendensiyalarini belgilashdagi o'rni va ahamiyatidan kelib
chiqadi. Tabiat, jamiyat va inson tafakkurining rivojlanishiga oid bo'lgan umumiy
qonuniyatlar va prinsiplarni psixologiya falsafa bazasidan oladiva shu bilan birga o'zi
ham inson ongi va tafakkuri qonuniyatlari sohasidagi yutuqlari bilan falsafani boy
ma'lumotlarga ega bo'lishiga yordam beradi. Shuni alohida ta'kidlash joizki,
mustaqillik mafkurasi va milliy ongning shakllanishiga taalluqli umumiy ilmiy
qonuniyatlarni izlashda ham yurtimiz sharoitida bu ikkala fan-falsafa va
psixologiyaning hamkorligi bevosita sezilmoqda. Bu bog'liqlik avvalo yangicha
tafakkur va dunyoarashni shakllantiri muammosi ko'ndalang turgan tarixiy davrda milliy mafkura va milliy g'oyani shakllantirish kabit dolzarb vazifani bajarishda
xizmat qilmoqda.