Reja : Kirish Kasb psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Kasb psixologiyasi fanining shakllanish tarixi. Kasb psixologiyasining boshqa fanlar bilan bog`liqligi. O`quv fanlari tizimida kasb psixologiyasi



Yüklə 25,93 Kb.
səhifə1/8
tarix02.01.2023
ölçüsü25,93 Kb.
#78263
  1   2   3   4   5   6   7   8
Reja va




R e j a :

1. Kirish


2.Kasb psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari.
3. Kasb psixologiyasi fanining shakllanish tarixi.
4. Kasb psixologiyasining boshqa fanlar bilan bog`liqligi.
5. O`quv fanlari tizimida kasb psixologiyasi.
6. Xulosa
7. Foydalanilgan adabiyotlar

Psixologiya lotincha “psyuxe"-ruh, "logos"-fan, ta'Iimot degan so'zlardan olingan bo'lib, psixologiya fani inson ruhi haqidagi ta'limotdir. Boshqacha qilib aytganda psixologiya ruhshunoslik,insonshunoslik haqidagi fandir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: «Psixologiya fani biz uchun eng zarur sohalardan biri. Psixologiyani o‘rganish - hayotni, insonni o‘rganish degani. Kerak bo‘lsa, rahbarlik qilmoqchi ekansiz, yetakchi bo‘lib, odamlarga ko‘rsatma bermoqchi ekansiz, oldin ularning psixologiyasini har tomonlama o‘rganish kerak - degan edi. Ushbu fikr kasbiy psixologiya fanining metodologik asoslaridan birini tashkil qiladi. Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib, muloqotga kirishar ekan, u o‘zining bosiq yoki qiziqqon, beparvo yoki qiziquvchan, mehribon yoki bag‘ritosh, jahldor yoki bosiq va hokazolardan iborat ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon qiladi. Bu ruhiy holatlar ongli va ongsiz tarzda namoyon bo‘ladi. Ana shu holatlar- ning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi. Inson psixikasi moddiy va ma’naviy borliqdagi narsa va hodisalarni jonli in’ikos etuvchi murakkab jarayon bo‘lib, u insoniyatning uzoq davom etgan fiziologik rivoji uyg‘unligining mahsuli hisoblanadi. Psixologiya yunoncha «psixologos» so‘zidan olingan bo‘lib, «jon», «ruh» haqidagi fan, ta’limot degan ma’noni anglatadi. Biroq hozirgi davr ilmida «jon» tushunchasi o‘rniga «psixika» atamasini qo‘llash qabul qilingan. Chunki lingvistik nuqtai nazardan «jon», «psixika» tushunchalari aynan bir ma’noni bildiradi. Lekin «psixika» atamasi bugungi kunda «jon»ga nisbatan kengroq ma’noga, ko‘lamga ega bo‘lib, inson ruhiyatining ham ko‘zga ko‘rinuvchi, ham ko‘zga ko‘rinmas tomonlarini o‘zida aks ettiradi.


Psixologiya fanining obyektiga psixika, ong va ongsizlik, shaxs va uning faolligi
kirsa, uning predmetini ana shu obyekt haqidagi muayyan bilimlar tashkil qiladi
(Obyekt - kishilarning diqqatini o‘ziga tortadigan moddiy va ma’naviy borliq.
Predmet - moddiy va ma’naviy borliq haqidagi bilimlar majmuasi va o‘rganiladigan
masalalar). Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, kasbiy psixologiya kasb psixologiya tarkibida yuzaga kelgan bo‘lib, aniq faoliyat, ya’ni ichki ishlar idoralari faoliyatidagi
psixologik jihatlarning muhim tomonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan fan
hisoblanadi. Kasbiy psixologiya ilmiy-amaliy fan bo‘lib, umumiy psixologiyaning
qonuniyatlarini o‘rganadi va bu fanni samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar ishlab
chiqadi. Kasbiy psixologiya fani kasb doirasidagi munosabatlar, odamlarning psixik
faoliyatini huquqiy boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir.
Bunda guvohlar, xolislar, jabrlanuvchi, gumonla- nuvchilarning ko‘rsatmalari hamda
so‘roq olib borishning psixologik asoslarini o‘rganish maqsad qilib qo‘yilgan.
Kasbiy psixologiya fanining maqsadi - kasb xodimlari faoliyatining taraqqiyot
qonuniyatlari, turli toifadagi shaxslar bilan o‘zaro munosabatlar jarayonida
psixologik bilimlardan foydalana olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan
iboratdir. Shu ma’noda, kasbiy psixologiya fanining metodologik asosini O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining asarlari, faylasuf-allomalarning psixologiya faniga oid
g‘oya va nazariyalari hamda hukumat qonunlari, IIVning buyruq va ko‘rsatmalari
tashkil etadi. Psixologiya, falsafadek juda qadimiy fanlardandir va juda boy tarixga
egadir.Pisxologiya dastlab falsafa doirasida faoliyat ko'rsatgan. Psixologiya juda
uzoq tarixga ega. Dastlabki psixologik tasavvurlar Qadimgi Sharq mamlakatlarida,
Xitoy, Hindiston, Misr kabi mamlakatlarda vujudga kelgan. Psixologik
tasavvurlarning vujudga kelishida odamlar o'rtasida farqlarning mavjud ekanligi,
ammo bu farqlarning sabablari aniq bo'lmaganligi bilan bog'liq. Kishining psixikasi haqidagi ta'limotni birinchi marta Aristotel (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) «Ruh haqida» degan kitobida bayon qilgan. Shu sababli Aristotel alohida fan bo'lgan psixologiyaga asos solgan olim yoki psixologiya fanining «otasi» deb hisoblanadi. U bir qancha asarlar yozib, ularda psixologiya masalalari bo'yicha o'z qarashlarini bayon qiladi. Aristotel ruh tan bilan uzviy bog'langan, deb hisoblaydi. «Ruh-deydi u-o'z taiatiga ko'ra hukmron asosdir, tana esa tobe narsadir». Aristoteldan keyin Demokrit, undan keyin Epikur (342-271 yillar), Rim shoiri va faylasufi Lukresiy Karr (99-95 yillar) psixologiya fanining rivojlanishiga o'z nazariyalari bilan hissa qo'shdilar. Lukresiy psixik hodisalarning tanaga bog'liqligini tajribada asoslab berdi. 0’rta asrlardan fransuz tabiatshunos olimi R.Dekart nomini tilga olmaslik mumkin emas. Chunki bu olimning nomi bilan keyinchalik fiziologiyada va Psixologiyada ko'p ishlatiladigan refleks tushunchasi bog’liqdir. R.Dekart o'z zamonasida birinchimarta refleks tushunchasini odam hatti-harakatini tushintirishda ishlatdi va harakatlarnitashqi muhit ta'siri ostida ro'yobga kelishini refleks mexanizmi deb tushuntiradi. Lekin R.Dekart odam faoliyatini to'g'ridan-to'g'ri jonsiz mexanizm, mashina sifatida tasavvur qiladi, odam ruhining bu xatti-harakatlarga biron bir aloqasi bo’lishi mumkinligini butkul rad etadi. Ya ni refleks tushunchasi uning risolalarida juda tor manoda, faqat fizik aks ettirish ma'nosida qabul qilingan. Lekin shunga qaramay, bizning zamonga kelib, R.Dekart ta'limoti mexanikligi uchun em'as, balkim materialistik dunyo qarashdan kelib chiqayotganligi uchun refleks tushunchasi qaytadan tahlil qilingan holda qqabul qilindi.
Psixologiya fanining rivojlanishida CH.Darvinning evolyusion nazariyasi nihoyatda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Vilgelm Vund 1879 yili Leypsigda birinchi eksperimental psixologiya amaliysini tashkil qildi. Oradan ko'p o'tmay, 1881 yili Berlin universiteti qoshida eksperimental psixologiya instituti tashkil qildi. XIX asrning oxirida Rossiyada Tokarskiy, Bexterev, Langerlar, 1911 Chelpanov rahbarligida eksperimental psixologiya amaliysi ochildi. XIX asrning oxirlaridan boshlab, psixologiyaning boshqa sohalri: hayvonlar psixologiyasi, tarixiy psixologiya, yoshga aloqador kishilar psixologiyasi maydonga keldi. Eng muhimi-XX asrga kelib, psixologiyaning tatbiqiy sohalari paydo bo'ldiki, endi qo'lga kiritilgan yutuqlar bevosita ta'lim, tarbiya, sanoat, biznes, marketing xizmatlari, boshqaruv, sog'liqni saqlash, huquqbuzarlikning oldini olish sohalariga dadil joriy etila boshladi. XXI asrning birinchi yiliga kelib, psixologiya nazariy, tahliliy fandan bevosita amaliyotning ehtiyojlarini qondiruvchi tadbiqiy fanga aylandi. Biz sobiq sho’rolar davrida tabiatni birlamchi, ruhniikkilamchi deb o'rgana'redik, birinchi o'ringaborliqni, ikkinchi o'ringa tafakkurni qo'yar edik.
Sharq mutafakkirlari ma'naviy hayot jamiyat taraqqiyotini, kishilar faoliyatini
belgilaydi,deb ta'lim beradilar. Shu bilan birga ular ijtimoiy hayot va ijtimoiy ong
o'rtasidagimunosabatlar murakkab ekanligini ta’kidlaydilar,ijtimoiy ong ijtimoiy borliq
bilan davlat, huquq, siyosat va boshqa shu kabilar bilan bog'liq ekanligini uqtiradilar.
Psixologiya fanini rivojlantirish sohasidaSharq mutafakkirlaridanAbu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino,Abu HomidMuhammad G'azzoliy kabilar katta
hissa qo'shganlar.Mustaqil O'zbekiston Respublikasida milliypsixologiya fanini rivojlantirish uchunpsixolog olimlarimizdan I.P.Ivanov, E.G.G'oziyev, M.G.Davletshin,
V.A.Tokoreva, B.R.Qodirov,G.B.Shoumarov, E.Z.Usmonova, S.A.Axunjonova,
R.l.Sunnatovlar ham munosib hissa qo'shib keldilar va qo’shmoqdalar.

Yüklə 25,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin