Ong va faoliyat birligi prinsipi. Bu prinsipga ko'ra ong va faoliyat o'zaro uzviy
bog'liq hodisa hisoblanadi. Ya'ni biri ikkinchisini taqozo etadi. Mashhur rus psixologi
Sergey Leonidovich Rubenshteyn psixologiyada ong va faoliyat birligi prinsipining
asoschisi hisoblanadi. Dastlab bolada ongning shakllanishi uchun tug'ma imokniyatlar
mavjud bo'ladi. Ammo uning shakllanishi bevosita faoliyatning shakllanishi bilan
tarkib topadi. Ayni vaqtda faoliyat ongning shakllanishi va rivojlanishining negizi, o'z
mohiyati manbai bo'lib xizmat qiladi. Ongsiz faoliyat bo'lmaydi, faoliyatsiz ong
bo'lmaydi.
Psixikani faoliyatda taraqqiy etish prinsipi.Bu prinsipga ko'ra inson shaxsi va
uning psixologik xususiyatlari faoliyatda taraqqiy etadi. Bu prisipning asoschisi
psixologiyada faolyait nazariyasining asoschisi hisoblangan A.N.Leontyevdir.
Leontyev o'zining «Psixika taraqqiyoti muammolari» nomli asarida quyidagi fikrni
keltirgan: «Inson shaxsi va ongi faoliyatda shakllanadi, faoliyatd taraqqiy etadi va
aynan shu faoliyatda namoyon bo'ladi». Shu prinsiplarga asoslanib psixologik qonuniyatlar amalga oshiriladi va tegishli xulosalar chiqariladi.
Tarixiylik prinsipi.Psixologiyada biror voqelikni tadqiq etishni uning ayni
paytgacha o'rganilish tarixi, jarayoni, ijobiy va salbiy jihatlari inobatga olinadi hamda
tadqiqotchi tomonidan avval o'rganilmagan jihatlari yangilik sifatida kashf etiladi.
Bu prinsipga asosan ilmiy tadqiqiy ishlarni amalga oshirishda foydalaniladi.
Nazariya va amaliyot birligi prinsipi.Nazariyada yaratilgan kashfiyotlar,
tadqiqotlar amaliyotda joriy etilishi va aksincha amaliyotda tekshirilgan, kuzatilgan
hodisalarni nazariy jihatdan asoslashni taqozo etadi.
Monizm prinsipi. Biror bir voqelikni tadqiq etishda alohida shaxsga taalluqli
jihatlarni asos qilib olish va shu asosda xulosalar chiqarishni nazarda tutadi. Monizm
so'zi bitta alohida ma'nosini anglatadi.