Tabiiy fanlar: biologiya, fiziologiya, ximiya, fizika va b.q. psixik xodisalar
va jarayonlarning tabiiy fiziologik mexanizmlarini tushunish va shu orqali ularning
kechishi qonuniyatlarini ob'yektiv o'rganish uchun material beradi. Ayniqsa, bosh
miyaning hamda markaziy asab sistemasining psixik faoliyatlarini boshqarishda va
ularni muvofiqlashtirishdagi rolini e'tirof etgan holda psixologiya fani taibiiy fanlar
erishgan yutuqlar va ulardagi tadqiqot uslublaridan omilkorona foydalanadi.
Kibernetikafani sohasidagi erishilgan yutuqlar psixologiya uchun ham
ahamiyat va zurur bo'lib, u inson shaxsining o'z-o'zini boshqarish, psixik jarayonlarni
takomillashtirish borasia axborotlar texnologiyasi va kibernetika tomonidan qo'lga
kiritilgan yutuqlar va tadqiqot metodlari, maxsus dasturdan o'z o'rnida foydalanadi.
Texnika fanlaribilan psixologiyaning o'zaro aloqasi va hamkorligi ayniqsa,
asr oxiriga kelib yaqqol sezilmoqda. Bir tomondan murakkab texnikani boshqaruvchi
inson ongi muammosini yechishda, ikkinchi tomondan, psixik hayotning murakkab
qirralarini ochishda maxsus texnik vositalardan foydalanish zarurati bu ikki
yo'nalishning erishgan yutuqlarini birlashtirishni nazarda tutadi.
Iqtisodiyotbilan psixologiyaning o'zaro aloqasi va hamkorligi ham yangilik
bo'lib, ayniqsa, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o'tish sharoitida iqtisodiy
ong hamda iqtisodiy xulqning o'ziga xos namoyon bo'lish qonuniyatlarini o'rganishda
ikkala fan teg xizmat qiladi. Yuqorida ta'kdlangan fan tarmoqlari psixologiyada bevosita uzviy aloqada rivojlanadigan fanlarning asosiy qismi xolos. Bugungi kunda har bir fan rivoji uchun inson omilini hisobga olish zarur ekan, psixologiya o'sha barcha fanlar bilan aloqada va hamkorlikda rivojlanadi. Bu tibbiyot, qishloq xo'jaligi, kimyo va oziq-ovqat ishlab chiqarish sanoati, huquq va madaniyatshunoslik kabi o'nlab fan sohalaridir.