Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish


Yuzaki sezgini tekshirish



Yüklə 283 Kb.
səhifə34/57
tarix10.03.2023
ölçüsü283 Kb.
#87299
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57
Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish (2)

Yuzaki sezgini tekshirish. Bunga og‘riq va harorat sezuvchanligi kiradi. Bularni tekshirish uchun shifokor bemorning o‘ng tomonida turib, igna yordamida avval sog‘lom tomonidan keyin kasal tomonidan igna sanchib ko‘radi. Bunda sezgining bir xilligi, o‘tkir va o‘tmasligi chap va o‘ng tomondan tekshirib boriladi. Avval yuqori yuz qismdan boshlab, keyin qo‘l, tana va oyoqlar hamda old va orqa tomondan tekshiriladi. Bunda og‘riq bor yoki yo‘qligi aniqlanadi. Harorat sezuvchanligini tekshirishda ikkita shisha idish olinib, birinchisiga 40— 50°C issiq suv, ikkinchisiga 20—25°C li sovuq suv quyiladi. Bemorlarni tekshirishda avval issiq shisha idishni, keyin esa sovuq shisha idishni tananing ikki tomoniga ko‘zlar yumilgan holda, birin-ketin teriga tekkizilib, bemordan sovuq-issiqligi so‘rab boriladi.
Chuqur sezgini tekshirish. 1. Taktil sezgini tekshirish uchun qo‘g‘oz yoki paxta yordamida bemorning badaniga tekkiziladi. Bunda bemor shu tekkizilgan narsani sezishi kerak. 2. Mushak-bo‘g‘im sezgisini tekshirish uchun bemoming ikkala ko‘zi yumilgan holda qo‘l va oyoq bo‘g‘imlari istalgan tomonga bukiladi. Me’yordagi holatda bemor qaysi bo‘g‘im qaysi tomonga bukilganligini aytadi. Agar chuqur sezgi zararlangan bo‘lsa, bemor sezmaydi. 3. Vibratsiya sezgisi, buni tekshirishda kamerton suyaklar ustiga qo‘yiladi, bemor kamerton vibratsiyasini bir-ikki soniyada sezishi kerak. Agar suyak o‘tkazuvchanligi zararlansa, bu sezgini bemor sezmaydi.

  1. Stereognoz — ko‘zni yumgan holda bemorga tanish buyumlar kalit, soat, tanga beriladi. Agar bemor bu narsalami bilsa, stereognoz deb ataladi. Bu miya po‘stlog‘ining sintez qilish faoliyati zararlanishi yoki teri va harakat sezgilarining yo‘qolishida kuzatiladi. 5. Teriga chizilgan shakllami sezish — bemor tanasiga o‘tmas buyumlar bilan har xil shakllar, raqamlar va harflar chiziladi. Me’yordagi holatda bemorlar chizilgan narsalarni aytadi, zararlanganda esa aytib bera olmaydi.

Buyuk rus olimi Sechenov aytganidek, miya faoliyatining asosiy narsasi bu harakatdir. Butun tirik jonivorlar, odamlar kechayu-kunduz harakat qiladi. Harakat ikki xil bo‘ladi: 1. Ixtiyoriy harakatlar, bu harakatlar odamning xohishiga bog‘liq harakatlar. 2. Ixtiyorsiz hara­katlar — odamning xohishiga bog‘liq emas, bu harakatlarga chaqaloq- lardagi harakat kiradi.
Ixtiyoriy harakat markazlari bosh miya po‘stlog‘ining peshona qismi oldingi markaziy egatida joylashgan, joylashishi alohida-alohida va teskari. Har bir markazdan pastga qarab harakat neyronlari boshlanadi. Ular ichki kapsulagacha gulbog‘ni tashkil qiladi. Pastga tushadigan harakat yo‘llari birlashib, ichki kapsula orqa sonining oldingi 2/3 qismidan o‘tadi. Ichki kapsuladan o‘tgandan keyin miya oyoqchalari orqali miya ustuniga tushadi. Uzunchoq miya orqa miya chegarasida harakat yo‘llari kesishadi. 85—90% asab tolalari kesishadi. Kesishgandan keyin orqa miyaning yon ustuniga tushadi, keyin har bir segment sohasida oldingi shoxga kirib, harakat hujayralarida tugaydi. Bu harakat neyroni birinchi markaziy neyron yoki piramida yo ‘li (kortiko-spinal yo‘l) deyiladi. Kesishmay qolgan harakat tolalari orqa miyaning oldingi ustuniga tushadi. Orqa miyaning oldingi harakat hujayrlaridan kelgusi neyron boshlanib, tashqariga chiqadi va mushaklarda tugaydi. Bu ikkinchi periferik neyron — orqa miya mushak yo‘li (spinomuskullar yo‘li) deyiladi. Ikkinchi periferik asab qismlari.

  1. Ildizlar (oldingi shoxda harakat ildizi, orqa shoxda sezgi ildizi).

  2. Umurtqalararo tugunlar (bu faqat sezgiga tegishli). 3. Chigallar (aralash tolalardan iborat sezgi). 4. Periferik asablar (qo‘l, oyoq va tanadagi alohida nervlar). Har bir targ‘il ko‘ndalang mushak asab bilan ta’minlangan. Periferik asab quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. Harakat.

  1. Sezgi. 3. Trofik yoki oziqlantirish.


Yüklə 283 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin