Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish



Yüklə 283 Kb.
səhifə55/57
tarix10.03.2023
ölçüsü283 Kb.
#87299
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Reja; 1 Hamshiralik ishi faniga kirish (2)

Qotib qolgan hamshira. Uning eng asosiy xususiyati — o‘z vazifalarini quruq bajarishidir. Bunday hamshira o‘ziga berilgan vazifani juda aniq, puxta bajaradi, bunda g‘ayrat va mahorat ko‘rsatadi. Bemor parvarishi uchun kerak bo‘lgan hamma narsa bajariladi, lekin bunday parvarishning o‘zi ko‘zga tashlanmaydi, chunki hamshira befarq ishlaydi, bemorlar bilan birgalikda qayg‘urmaydi, ularga xayrixohlik ko‘rsatmaydi. Bunday hamshira uxlab yotgan bemorni faqat unga shifokor yozib bergan uyqu dorisini berish uchun uyg‘otadi xolos.

  • Yodlab olingan rolni ijro etuvchi hamshira. Bunday hamshira ish jarayonida qandaydir rol o‘ynashga, muayyan g‘oyani amalga oshirishga urinadi. Bordi-yu, ularning xulq-atvori yo‘l qo‘yiladigan chegaradan nari o‘tsa, bevositalik yo‘qoladi, nosamimiylik paydo bo‘ladi. U altruist, ya’ni muruvvatli kishi rolini o‘ynaydi, «artist»lik qobiliyatlarini namoyish etadi. Uning xulq-atvori sun’iy, ko‘zbo‘yamachilik uchun qilinadi.

  • Asabiy hamshira. Bu hissiy jihatdan o‘zgaruvchan, nevrotik reaksiyalarga moyildir. Buning natijasida u ko‘pincha jahldor, jizzaki, qo‘pol boiishi mumkin. Bunday hamshira doimo qovog‘i soliq, norozi qiyofada yuradi. U g‘oyat ipoxondrik bo‘lib, kasallik yuqishidan yoki «og‘ir kasallik» bilan og‘rishdan qo‘rqadi, zimmasidagi topshiriqlarni bajarishdan bosh tortib, turli sabablarni ro‘kach qiladi, bu holat ko‘pin- cha bemorlarga zararli ta’sir ko‘rsatadi.

  • Erkaklarga o‘xshagan, irodasi kuchli hamshira. U qat’iyatli, keskin, ozgina tartibsizliklarga ham murosasiz bo‘ladi. Ko‘pincha unchalik saranjom-sarishta bo‘lmay, bemorlarga qo‘pollik va hatto do‘q- po‘pisa ham qiladi. Qulay sharoitlarda bunday hamshira yaxshi tashkilotchi bo‘lishi mumkin.

  • Jonkuyar hamshira. Bunday hamshira o‘z ishini fidoiylik va bemorlarga mehribonlik bilan bajaradi. U chaqqon va uddaburon, bemorlarga g‘amxo‘r bo‘ladi. Uning shaxsiy hayoti ham boshqalarga qayg‘urish, yordam berish va kuch-g‘ayratini ayamaslikdan iborat.


  • Yüklə 283 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin