MAVZU: REAKTIV HARAKAT.
REJA:
1 REAKTIV HARAKAT TUSHINCHASI.
2 KOSMIK TEZLIKLAR.
3 DINAMIKANING ASOSIY QONUNLARI.
Reaktiv harakat tushinchasi. Reaktiv harakat deb – jisimning biror qismi undan qandaydir tezlik bilan otilib chiqqanda jismning olgan qarama-qarshi yo’nalgan harakatiga aytiladi.(1-rasm)
mgvg+mrvr=0
mg—otilib chiqayotgan gazning massasi vg-- otilib chiqayotgan gazning tezligi. 1-rasm mr-raketa massasi vr-raketa tezligi. Bundan raketaning tezligini topadigan bo’lsak Shu ifoda hosil bo’ladi.
KOSMIK TEZLIKLAR Kosmik parvozlarni amalga oshirishni Rossiyada K.E.Siolkovskiy, yevropada nemis olimi G.Obert va Amerikada R.Goddar birinchi bo’lib ko’rib chikkanlar. Bu olimlarning hisoblashlariga ko’ra yerdan kosmosga uchirilgan jismlarning harakati uch xil tezlikka bog’liq, ularni kosmik tezliklar deyiladi.
Birinchi kosmik tezlik V 1 7.93 km/s 8km /s ga teng bo’lib, sun’iy yo’ldosh bunday tezlikka ega bo’lganda, u yer atrofida doira bo’ylab harakatlanadi.
Ikkinchi kosmik tezlik V2 11.2км / c ga teng bo’lib, kosmik jism VK1 dan katta, ammo VK2 dan kichik tezlikka ega bo’lsa, uning harakati ellips bo’yicha amalga oshadi. Jism tezligi VK2 ga teng bo’lsa, u parabola bo’yicha harakatlanadi. Jism VK2 dan katta tezlik bilan harakatlanganda uning orbitasi giperboladan iborat bo’ladi. YAna uchinchi kosmik tezlik ham mavjud, u quyidagiga teng: V3 16.7 km/s
DINAMIKANING ASOSIY QONUNLARI Mexanikaning jismlarning harakatini shu harakatni vujudga keltirgan sabab bilan birga o’rganadigan bo’limini dinamika deyiladi. Dinamikaning asosini 3 ta qonun tashqil etadi. Bu qonunlarni ingliz olimi I.Nyuton aniqlagan. Shu sababli ularni Nyuton qonunlari deb ham ataladi.
Nyutonning birinchi qonuni tashqi ta’sirsiz harakatlanayotgan jismlarning mexanik holati haqidadir. Bu qonunni shunday bayon etish mumkin: tinch holatdagi yoki to’g’ri chiziqli tekis harakat qilayotgan jismga boshqa jismlar ta’sir etmasa yoki ularning ta’siri kompensatsiyalansa, bu jism o’zining tinch holatini yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatini saqlaydi.
Nyutonning 2-qonuni jism harakat tezligining o’zgarishini shu jismga ta’sir etayotgan tashqi sabab - kuch bilan bog’laydi. Bunda kuch jismlarning o’zaro ta’sirini xarakterlaydigan fizik kattalik sifatida qaraladi. Tajriba ko’rsatadiki, bir xil kuch bilan har xil jismlarga ta’sir etsak, ular har xil tezlanish oladi, bunga sabab ularning har xil massaga ega bo’lishidir. Shu sababli Nyutonni 2- qonunini shunday yozish mumkin: F mW , (1) bunda F - kuch, m - jism massasi, a - tezlanish. Bu tenglamaga ko’ra kuch vektor kattalikdir, lekin massa - skalyar kattalikdir. Bu qonunda massa jismni tezlantiruvchi kuchlarga nisbatan qarshi turaolish qobiliyatini bildiradi, ya’ni inertligini ifodalaydi. Massa birligi XBS da kilogramm deb ataladi. Xalqaro bitimga asosan massa birligi kg etaloni sifatida maxsus platina — iridiy qotishmasidan yasalgan etalon qabul kilingan, bu etalon Parijda saqlanadi. Kuch birligi (1) formula asosida aniqlanadi va Nyuton deb ataladi. Kuch birligi qilib shunday kuch olinadi-ki, u 1kg massali jismga 1m/s2 tezlanish beradi, ya’ni 1N 1kg· 1m/s Nyutonning 2-qonunini asosiy ko’rinishini ko’rib chiqamiz.
Tezlanish a dV dt . (2) bo’lganligi uchun, (1) formulani shunday yozish mumkin:
F m dV dt d mV dt ( ) (3) Massaning tezlikka ko’paytmasini impuls deb ataladi. p mV . (4) Shunga binoan, (3) ni shunday yoziladi: F dp dt . (5) Bu (5) ifoda Nyutonning 2 - qonunini ifodalaydi va shunday ta’riflanadi: impulsdan vaqt bo’yicha olingan hosila jismga ta’sir etuvchi kuchga teng.
Nyutonning 3 - qonunini shunday bayon etish mumkin: Agar B jism A jismga F1 kuch bilan ta’sir etsa, A jism ham B jismga F2 kuch bilan ta’sir etadi, bunda F1 va F2 kuchlar o’zaro teng va qarama-qarshi yo’nalgan. F1 F2 . (6) Bu qonunda eng muhimi shunda-ki, F1 va F2 kuchlar har xil jismlarga ta’sir etadi, ya’ni bir jismga emas. Mexanikada jismlar harakatini ko’rganda, shunday hol ko’riladiki, bunda jismlar o’zaro ichki ta’sirlashib, tashqi jismlar bilan ta’sirlashishi ro’y bermasligi mumkin. Bunday jismlarga yopiq sistema deb qarab, impulslar uchun saqlanish qonunini tadbiq etsak, impulsning saqlanish qonunini bajarilishini ko’ramiz. Bu qonunning ta’rifi shunday: yopiq sistemani tashqil etgan jismlarning impulslarining vektor yig’indisi harakatning hamma vaqtida o’zgarmas bo’ladi. Bu qonun fizikada va texnikada juda katta rol o’ynaydi.
MAVZU: RELYATIVISTIK DINAMIKA ELEMENTLARI.
REJA:
1.Inersiаl sаnoq sistemаsi vа nisbiylikning mexаnik prinsipi.
2. Gаliley koordinаtа аlmаshtirishlаri. Аlmаshtirishlаrning invаriаntligi.
3.Tezliklarni qo’shishning relyativistik qonuni. Hodisalar orasidagi interval
1. Inersiаl sаnoq sistemаsi vа nisbiylikning mexаnik prinsipi
Jismning tinch holаti yoki to‘g‘ri chiziqli tekis hаrаkаti nisbiy bo‘lib, u sаnoq sistemаsigа bog‘liq. Mаsаlаn, bir - birigа nisbаtаn biror tezlаnish bilаn hаrаkаtlаnаyotgаn ikki sаnoq sistemаsi mаvjud bo‘lsin. Bu sistemаlаrning biridа tinch holаtini sаqlаyotgаn jism ikkinchi sаnoq sistemаsidа tezlаnish bilаn hаrаkаtlаnаdi. Demаk, Nyutonning birinchi qonuni bаrchа sаnoq sistemаlаridа bаjаrilаvermаydi. Lekin shundаy sаnoq sistemаlаr mаvjudki, ulаrdа erkin yoki kvаzi erkin jism o‘zining tinch holаtini yoki to‘g‘ri chiziqli tekis hаrаkаtini sаqlаydi. Bundаy sаnoq sistemаlаrini inersiаl sаnoq sistemаlаri deb аtаlаdi. Nyutonning birinchi qonuni bаjаrilаdigаn sаnoq sistemаlаrini inersiаl sаnoq sistemаlаri deb, аks holdа esа noinersiаl sаnoq sistemаlаri deb аtаy olаmiz.
1-rasm
Biror inersiаl sаnoq sistemаsigа nisbаtаn to‘g‘ri chiziqli tekis hаrаkаt qilаyotgаn ixtiyoriy sаnoq sistemаsi hаm inersiаl sаnoq sistemаsi bo‘lаdi.1 – rаsmdа K sistemаgа nisbаtаn K’ sаnoq sistemаsining to‘g‘ri chiziqli tekis hаrаkаti ko‘rsаtilgаn.
Jism hаrаkаti sаnoq sistemаsigа nisbаtаn аniqlаnаdi. Sаnoq sistemаsini tаnlаsh kuzаtuvchining ixtiyoridа. Shuning uchun bir hаrаkаtni turli sаnoq sistemаlаrigа nisbаtаn tekshirish nаtijаsidа bu sаnoq sistemаlаridаn birortаsini boshqаlаrgа nisbаtаn imtiyozli deb hisoblаsh mumkinmi? Bu sаvolgа jаvob berish mаqsаdidа etаrlichа аniqlik bilаn inersiаl sаnoq sistemаsi deb hisoblаsh mumkin bo‘lgаn K sistemаgа nisbаtаn K’ sаnoq sistemаsining to‘g‘ri chiziqli tekis hаrаkаtini tekshirаylik. Soddаlаshtirish mаqsаdidа K’ sistemа K sistemаgа nisbаtаn V0 tezlik bilаn OX o‘q yo‘nаlishidа hаrаkаtlаnаdi, deb hisoblаylik (1-rаsm).
t = 0 vаqtdа ikkаlа sаnoq sistemаsi bir-birining ustigа tushаdi. t 0 dа K sаnoq sistemаsining boshi (ya’ni 01 nuqtа) K sаnoq sistemаsidа X = V0 ∙t; u = 0; z = 0 koordinаtаlаr bilаn аniqlаnuvchi nuqtаdа joylаshgаn bo‘lаdi. U holdа moddiy nuqtа (А) ning ixtiyoriy pаytdа ikkаlа sаnoq sistemаsidаgi koordinаtаlаri Gаliley аlmаshtirishlаri deb аtаlаdigаn quyidаgi munosаbаtlаr bilаn o‘zаro bog‘lаngаn:
x = x + v0 t; u = u; z = z; t = t; (1)
bundаgi t vа t mos rаvishdа K vа K sаnoq sistemаlаridаgi soаtlаr ko‘rsаtаyotgаn vаqtlаr. Аgаr vаqt hisobi ikkаlа sаnoq sistemаlаrining boshlаri (0 vа 0 nuqtаlаr) biri – birining ustigа tushib turgаn pаytdаn boshlаnsа, ikkаlа sistemаdаgi bir xil soаtlаr bir xil vаqtlаrni ko‘rsаtishi ( ya’ni t = t1 ) tаbiiy hol ekаnligigа o‘rgаnib qolgаnmiz.
Demаk, bir sаnoq sistemаsidаn (K) dаn ikkinchi sаnoq sistemаsi (K1) gа o‘tgаndа koordinаtаlаr o‘zgаrаdi, ya’ni koordinаtаlаr nisbiy kаttаliklаrdir. Vаqt o‘tishi esа sаnoq sistemаlаrining nisbiy hаrаkаtlаnishigа bog‘liq emаs, ya’ni vаqt аbsolyut kаttаlikdir.
Mavzu: Erkin o’qlar.
Reja:
Aylanma harakatni harakterlovchi fizik kattaliklar.
Momentlar. Kuch momenti,impuls momenti va inertsiya moment.
Aylanayotgan jismning kinetik energiyasi.
Erkin o’qlar,giroskoplar va ularning qullanishi.
Xulosa
1. Aylanma harakat – qattiq jism aylanganda uning aylanish o‘qida yotmagan har bir nuqtasi aylana yasaydigan harakat. Bunda har qaysi aylana tekisligi qo‘zg‘almas to‘g‘ri chiziqaylanish o‘qiga tik bo‘ladi, aylanalarning markazi esa shu o‘qda yotadi. Aylanma harakat burchak tezligi va burchak tezlanishi bilan ifodalanadi.
Aylana bo‘ylab tekis harakatda aylana radiusi burilish burchagining shu burilish uchun ketgan vaqtga nisbati burchak tezlik deyiladi:
ω =∆ϕ/∆t . Birligi [rad]
Burchak tezlik o‘zgarishining shu o‘zgarish uchun ketgan vaqtga nisbati bilan o‘lchanadigan kattalikka burchak tezlanish deyiladi
ε=∆ω/∆t=(ω-ω0)/∆t . Birligi [rad/s2]
2.Qattiq jism aylanma harakat dinamikasining asosiy kattaliklari – kuch mamenti va impuls momenti tushunchalari bir biri bilan chambarchas bog’liqdir. Kuch momenti nuqtaga nisbatan bulsa, impuls momenti o’qqa nisbatandir. Shuning uchun ularni bir biri bilan almashtirish mumkin emas. Har qanday vektorning biror nuqtaga nisbatan momenti vektor kattalik bulgani uchun kuch momenti ham vektor kattalikdir. Impuls momenti esa o’q uzunligigannisbatan bo’lgani uchun kattalik emas.
Aylanish o‘qiga ega bo‘lgan jismlarning harakati faqat unga qo‘yilgan kuch kattaligiga bog‘liq bo‘lmasdan, balki kuchning aylanish o‘qidan qancha uzoqlikka qo‘yilganligiga ham bog‘liq bo‘lar ekan.
Aylanish o‘qidan kuch qo‘yilgan nuqtagacha bo‘lgan eng qisqa masofa kuch yelkasi deb ataladi. Bunda kuch yo‘nalishi bilan yelka o‘zaro tik yo‘nalgan deb qaraladi.Aylanish o‘qiga ega bo‘lgan jismlarda harakat qo‘yilgan F kuchga hamda yelka r ga bog‘liq bo‘lganligidan kuch momenti deb ataluvchi fizik kattalikni kiritamiz,
M =F*r.
Uning birligi M = 1 N · m
Kuch momenti
M = F ·r sin a.
L– impuls momentining vektori yunalishi parma qoidasi asosida aniqlanadi
r -radiusli vektor va P- impuls vektori yotgan tekislikka perpendikulyar ravishda 0 nuqtaga joylashtirilgan parma dastasining aylanma harakati yunalishi impuls yunalishi bilan mos tushadi, parmaning ilgarinlama harakat yunalishi impuls momenti L ning yunalishini kursatadi :
L=[r*P]=[r(m*v)]=m*[r*v]
Impuls momentining moduli quyidagiga tengdir:
[L]=[r*P]=r*P sina
Inersiya momenti tenzor fizik kattalik boʻlib, oʻq atrofida aylanma harakatdagi inertlik oʻlchovidir. Jism massasining undagi taqsimoti bilan xarakterlanadi: inersiya momenti elementar massalarning asos koʻplik (nuqta, chiziq yoki tekislik) dan masofa kvadratiga koʻpaytmalari yigʻindisiga teng. Xalqaro birliklar tizimida oʻlchov birligi: kg·m² bilan be. Belgisi: I yoki J.
Inersiya momenti: Ramzi J=I=birligi kg*m2
Mavzu: Transformatorlar.
Reja:
1. Umumiy tushunchalar.
2. Transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi
3. Transformatorning ish rejimlari.
4. Transformatordagi quvvat isroflari va uning foydali ish koeffitsiyenti
Elektrotexnikaning asosiy vazifalaridan biri elektr energiyasini bir joydan ikkinchi joyga uzatishdir. CHunki elektr energiyasining iste’molchilari aksariyat hollarda yoqilg‘i va gidroresurslar tabiiy joylashgan rayonlarga qurilgan elektr stansiyalaridan bir necha o‘nlab va yuzlab kilometr masofalarda joylashadi. Elektr energiyasini uzatish liniyalarida esa quvvatning issiqlikka sarf bo‘ladigan isrofi va kuchlanishning pasayuvi doimo mavjuddir. Liniyaning uzunligi ortgan sari bu ko‘rsatkichlar ham ortadi. Elektr tokining to‘la quvvati ()ni o‘zgartirmagan holdi uni turli kuchlanish va tok bilan uzatish mumkin. Quvvat formulasidan ko‘rinib turibdiki, uzatishda kuchlanish qanchalik yuqori bo‘lsa (), tok kuchi shunchalik kichik bo‘lib, u bilan bog‘liq isroflar ham shunchalik kam bo‘ladi. Tok kuchini kamaytirish uzatish simining ko‘ndalang kesimini kichik olishga va rangli metallarni tejashga imkon beradi.
Hozirgi vaqtda o‘zgaruvchan tokning 35, 110, 220, 500, 750, va 1150kV kuchlanishli uzatish liniyalari mavjud. Ammo o‘ta yuqori kuchlanishlarni bevosita generatorlardan olib bo‘lmaydi. Odatda, elektr stansiyalaridagi generatorlarning nominal kuchlanishi ko‘pi bilan 21kVdan oshmaydi. Elektr energiyasining iste’molchilari esa 380/220; 220/127 V nominal kuchlanishlarga mo‘ljallangan. SHuning uchun generatorlar ishlab chiqaradigan elektr energiyasining nisbatan past kuchlanishli, ammo katta tok kuchiga ega bo‘lgan quvvatini (hozirgi vaqtda 150,300, 500, 800 va 1200 ming kVli generatorlar ishlab chiqariladi) yuqori kuchlanishli va nisbatan kichik tok kuchiga ega bo‘lgan quvvatga o‘zgartirish kerak. Bu vazifa transformatorlar yordamida oddiygina hal etiladi.
Transformatorning ixtirochisi P.N.YAblochkov hisoblanadi. U 1876 yilda elektr yoy lampasi uchun manba sifatida ilk bor transformatordan foydalangan.
Transformatorlardan foydalanish 1891 yili uch fazali transformatorning konstruksiyasi ishlab chiqilib, elektr energiyasini uch fazali tok sistemasi yordamida uzatish amalga oshirilgandan so‘ng yanada kengaydi. Bu elektrlashtirishning jadal rivojlanishiga sabab bo‘ldi.
5.1 rasmda elektr energiyasini transformatorlar yordamida uzatish sxemasi ko‘rsatilgan. Sxemadan ko‘rinib turibdiki, elektrostansiyada generator ishlab chiqarayotgan elektr energiyasi transformator Tr1 yordamida 6kv kuchlanishdan 35 kVgacha orttirilib, elektr uzatish liniyasi orqali taqsimlovchi podstansiyaga berilmoqda. U erda pasaytiruvchi transformator Tr2 yordamida kuchlanish 35 kVdan 6 kVgacha pasaytirilib, iste’molchining transformatori Tr3 ga uzatilmoqda. Bunday transformatorlardan bir nechta bo‘lishi mumkin. Transformator Tr3 yordamida kuchlanish 6kVdan iste’molchi uchun zarur bo‘lgan 380/220, 220/127 V kuchlanishlarga aylantiriladi. Ko‘rinib turibdiki, elektr energiyasi elektristansiyadan iste’molchiga etib kelguncha uch marta transformatsiyalanmoqda. Real hollarda transformatsiyalanish soni bundan ham ko‘p bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |