Shunday qilib, tahlil deganda, keng ma’noda butunni tarkibiy qismlarga ajratish va ularni barcha o‘zaro aloqalari hamda bog‘liqliklarini o‘rganishga asoslangan atrof-muhitdagi hodisa va predmetlarni b
Shunday qilib, tahlil deganda, keng ma’noda butunni tarkibiy qismlarga ajratish va ularni barcha o‘zaro aloqalari hamda bog‘liqliklarini o‘rganishga asoslangan atrof-muhitdagi hodisa va predmetlarni bilish usuli tushiniladi.

Ma’lumki, tahlil tushunchasi juda keng ma’noga ega bo‘lib, u turli soha va yo‘nalishlarda qo‘llaniladi. Fan va amaliyotda tahlilni juda ko‘p turlarini uchratish mumkin: iqtisodiy, moliyaviy, ximiyaviy, fizik, matematik, statistik va h.k. Ular albatta bir-biridan o‘rganayotgan obyektlari, maqsadlari va o‘rganish uslublari bilan farq qiladi.
Iqtisodiy jarayonlarni, ularning o‘zgarish tendensiyalarini, rivojlanishi va taraqqiyotini mavhum-mantiqiy tekshirish usullari orqaligina anglash mumkin. Bu borada mikroskoplardan, ximiyaviy reaktivlardan, o‘lchov vositalaridan foydalanib bo‘lmaydi.
Iqtisodiy tahlil fanining metodi va uning o‘ziga xos xususiyatlari
Metod juda keng ma’no va tushunchaga ega. Fanning metodi obyektni o‘rganish usullari, vositalari, yo‘llarini ifodalaydi. Metod grekcha “metodos” so‘zidan olingan va “o‘rganish yo‘li, usuli” degan ma’noni anglatadi.
Metod deganda voqelikda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni o‘rganishga yondashish usuli tushuniladi. Tahlil va sintez umum dialektik o‘rganishning, ilmiy usuli sifatida qaraladi. Uning o‘ziga xos xususiyati shuki, ushbu usul o‘zaro bog‘liqlik, aloqadorlikda o‘rganishni ifodalaydi.
Tahlil fanining (uning mikro ko‘lamdagi barcha turlariga nisbatan) metodini aniqlash ham uning predmetini belgilashdagi kabi juda tortishuvli masalaga aylangan va bu borada hozirgacha yagona fikrga kelingani yo‘q.
Juda ko‘p olimlar N.R.Veytsman, M.Rubinov, P.I.Savichev, V.V.Osmolovskiy, V.A.Beloborodov, S.B.Borngolts, M.I.Bakanov, A.D.Sheremet, N.A.Xan, A.V.Vaxobov, A.T.Ibragimov, N.P.Ishonqulov, M.Q.Pardayev va M.Yu.Raximovlar tomonidan tahlil fanining metodlariga turlicha ta’riflar berilgan. Lekin ularning barchasi bir-biriga yaqin va qarama-qarshiliklardan holi bo‘lgan ta’riflardir.

Iqtisodiy tahlil fanining metodi – xo‘jalik subyektlarining xo‘jalik jarayonlarini o‘rganishga dialektik yondashgan holda, turli axborot manbalarida aks ettirilgan ko‘rsatkichlar tizimini maxsus usullar yordamida qayta ishlash yo‘li bilan ularning o‘zgarish tendensiyalarini, sabablarini aniqlash, ular orasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni tizimli, kompleks o‘rganish, o‘lchash va umumlashtirishdir.
Shuni ta’kidlash lozimki, tahlilning har bir turiga o‘zining uslubi to‘g‘ri keladi. Uslub deganda u yoki bu ishni bajarishning usullari, maqsadga muvofiq qoidalari majmui tushuniladi.
Iqtisodiy tahlil uslubi deganda moliyaviy-xo‘jalik faoliyatni analitik tadqiq qilishning usullari va tartiblari tushuniladi.
Tahlil uslubini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: umumiy va xususiy uslublarga.