Lotin o\'zbek alifbosiga asoslangan yozuvning grafik tavsifi 2
Millatlarning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi va yozuv. Prof. N. Yakov-levning lotin yozuvining foydasiga keltirgan argumentlarning yana biri millatlar milliy o'zlikni tanish va o'z taqdirini o'zi belgilash chog'ida "fan va yozuvni alfavit masalasida dindan ajratgan holda" qaraydilar. Muallifning fikricha, ana shunday jarayonni boshdan kechirayotgan turkiy xalqlar "fan va yozuvni dindan ayirish" pallasiga yetib keldilar, shu sababli "eng yangi yevropa texnikasi, matbaa talablariga javob beradigan" yozuvni tanlash kerak bo'ladi1.
Prof. N. Yakovlev ana shunday bir-birini inkor etuvchi argumentlash-dalillashda so'ng turkiy xalqlar qabul qilishi mumkin bo'lgan yagona yozuv – lotin alfavitidir, degan xulosani bayon etadi. U Tatairton va Qozog'istonda buning o'rniga arab yozuvini isloh qilish harakatlari hali davom etayotganligiga e'tiborni qaratadi va lotinlashtirish turkiy xalqlar uchun "tarix tarafidan belgilangan" ("историей предусмотрено") hodisa ekanligini yana bir marta eslatgan holda qarshi harakatlarning samara bermasligini ta'kidlaydi.
Lotin alfaviti haqida hukumat qarori chiqqanidan keyin unga tayyorgarlik tabiiyki, sovet va partiya organlari qo'liga o'tdi. Sovet Ittifoqida 20-yillar oxiri NEPning ("yangi iqtisodiy siyosat" birikmasining ruscha qisqartmasi) tugatilishi, kolxozlashtirish, "yot unsurlarga qarshi kurash" kabi kampaniyalarning keng avj oldirilishi bilan xarakterlanadi. Mamlakatda totalitar tuzum va davlat terrori qaror topayotgan bu yillarda lotinlashtirish shiorining o'rtaga otilishi, albatta, partiya va sovet organlarining "madaniy turmushdagi bu inqilob"ni bolshevikcha sur'atlar bilan amalga oshirishga yo'naltirdi. Rus tadqiqotchi A Vidrinning to'g'ri qayd etganidek, "ayni shu paytdan boshlab alfavit haqidagi masala maorif va yozuvni takomillashtirish masalasi bo'lishdan chetga chiqdi. Yangi yozuv uchun kurash sahnasiga partiya va hukumat ham chiqdilar. Endi lotinlashtirish va inqilob barrikadaning bir tomonida, aksilinqilob ("контрреволюция")" va arab alifbosi boshqa uning boshqa tomonida ekanligi tushunarli edi. Har bir odam bu masalada o'z o'rni va pozitsiyasini belgilab olishi kerak edi. Endilikda ilmiy qarashlarni davlat siyosati bilan "muvofiqlashtirib olish" lozim. Totalitar davlatning bosimi ostida lotin alfavitining "g'olibona yurishi" boshlanadi"1.
O'zSSR MIKning lotin yozuvini joriy etish haqida qabul qilgan qarorida respublikada yangi yozuvga o'tish 1932 yil oxirida yakunlanishi lozim edi. Ammo "sotsializmni yuqori sur'atlar bilan qurayotgan" bir o'lkada har qanday jarayon tezlik bilan amalga oshishi lozim edi.
1929-yil may oyida Samarqandda respublika yozuv-imlo konferensiyasi o'tkaziladi va bu anjumanda quyidagi yangi alifbe qabul qilinadi: