3. CO2va COni katalitik gidrogenlash CO va CO2 250-400C da Ni yoki Co katalizatori ishtirokida vodorod bilan reaksiyaga kirishganda CH4 hosil bo‘ladi (Sabate va Sanderan, 1902-yil):
CO + 3H2 CH4 +H2O
CO2 + 4H2 CH4 +2H2O
4. CO va H2 aralashmasi (sintez-gaz) dan 200-300C haroratda, temir-kobalt katalizatori ishtirokida yuqori alkanlar olinadi (Fisher-Tropsh usuli, 1923-yil)
nCO + (2n+1)H2 CnH2n+2 +nH2O
B.Laboratoriya usullari 1. Alkenlarni katalitik gidrogenlash. Alkenlarni katalizator (Ni, Pd yoki Pt) ishtirokida, uncha katta bo‘lmagan bosimda, vodorod bilan qizdirish alkanlar olishning muhim laboratoriya usulidir:
R–CHCH2 + H2 R–CH2 –CH3 2. Monogalogenalkanlarni natriy bilan qizdirish (Vyurs reaksiyasi, 1855-yil). Monogalogenalkanlar natriy bilan oson (kaliy bilan yana-da oson) reaksiyaga kirishib, alkanlarni hosil qiladi:
CH3–Br +2Na + Br–CH3 CH3–CH3+ 2NaBr
Agar reaksiyaga ikki xil monogalogenalkan kiritilsa, uch xil alkan aralashmasi hosil bo‘ladi. Aralashmadan individual alkanlarni ajratish qiyin va olingan moddalarning unumi oz bo‘ladi. Shuning uchun R–R turdagi (bir xil alkil guruhlari tutgan) simmetrik alkanlarni sintez qilishdagina Vyurs reaksiyasini qo‘llash mumkin. R–R (RR) turdagi nosimmetrik alkanlarni olishda bu usul deyarli qo‘llanilmaydi. Monogalogenalkanlarning Vyurs reaksiyasiga kirishish qobiliyati quyidagi tartibda pasayadi:
R– I R– Br R–Cl
3. Karbon kislotalar va ularning tuzlarini dekarboksillash. Karbon kislotalarni dekarboksillash uglevodorodlar olishning umumiy usulidir:
R– COOH R– H + CO2 To‘yingan monokarbon kislotalarning suvsiz natriyli tuzlari o‘yuvchi natriy, natron ohak yoki bariy gidroksid bilan aralashtirib qizdirilganda ham alkanlar hosil bo‘ladi (Dyuma):
CH3COONa +NaOH CH4 +Na2CO3