Oksidlanishi. Oksidlash uchun Cu yoki Zn katalizatorligida va 300-600oCda havo kislorodi, shuningdek, K2Cr2O7 + H2SO4 , KMnO4 + H2SO4 , CrO3, KMnO4 va boshqa oksidlovchilar ishlatiladi. Birlamchi spirtlar oksidlanganda oldin aldegidlar, so‘ngra karbon kislotalar, ikkilamchi spirtlar oksidlanganda esa ketonlar hosil bo‘ladi:
Ikkilamchi spirtlar oksidlovchilar ta’siriga nisbatan chidamli. Ular kaliy bixromatning suyultirilgan sulfat kislotadagi eritmasi yoki CrO3ning sirka kislotadagi eritmasi ta’sirida ketonlargacha oksidlanadi:
Uchlamchi spirtlar qiyin oksidlanadi. Bunda gidroksi guruhga yaqin turgan C–C– bog‘lar iuzilib, oksidlangan uchlamchi spirtga nisbatan kam uglerod atomlari bor kislorodli birikmalar hosil bo‘ladi:
Spirtlar to‘liq oksidlanganda (yonganda) CO2 va suv hosil bo‘ladi:
Muhim vakillari Metanol –kuchsiz spirt hidli, zaharli suyuqlik. Metanol formaldegid, dimetilanilin, metilamin, murakkab efirlar, bo‘yoqlar, dorivor moddalar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Undan yuqori oktanli yonilg‘i olinadi.
Organik sintezda metanol metillovchi agent (organik birikmaga metil guruhini kiritish uchun vosita) sifatida ishlatiladi.
Metanol – kuchli zahar. Ichganda uning kam miqdori (5-10 ml) ko‘rqiladi, 30 ml dan ko‘pi esa o‘ldiradi (ovqat hazm qilish traktida metanol formaldegid va chumoli kislotaga aylanadi). Baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida sanoatda va laboratoriyalarda u «Metanol – zahar»nomi bilan yuritiladi, kimyoviy laboratoriyalarda maxsus muhrlangan metall seyf va shkaflarda saqlanadi.
Etanol –o‘ziga xoshidli, rangsiz suyuqlik. Ulak, dori, bo‘yoq va atir-upa mahsulotlari ishlab chiqarishda, shuningdek, sintezlarda arzon erituvchi sifatida, sirka aldegid, sirkakislota, xloroform, xloral, dietil efir, karbon kislotalarning etil efirlari va boshqa moddalarni olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi.