Xloroform ta’sirida esa salitsil aldegidi hosil bo‘ladi (Reymer Timan):
Fenolning formaldegid bilan kondensatsiyalanishi natijasida fenol-formaldegid smolalar hosil bo‘ladi:
Ikki atomli fenollar
Pirokatexin o-dixlorbenzolni gidroliz qilib olinadi, rezorsin esa m-benzoldisulfokislotani ishqor bilan ta’sirlanishi natijasida hosil bo‘ladi. Gidroxinon esa p-benzoxinonni qaytarib olinadi. Pirokatexin va gidroxinon fotografiyada ishlatiladi.
Aromatik spirtlar
Aromatik spirtlarni sintez qilish uchun gidroliz, metallorganik sintez, karbonil guruhni qaytarish kabi ma’lum usullardan foydalaniladi.
Koʻpchilik Fenollar rangeiz kristallar, ayrimlari suyuq moddalar. Baʼzi Fenollar oʻziga xos oʻtkir hidli. Oddiy Fenollar suvda bir oz, deyarli barcha Fenollar spirt, efir, benzolda yaxshi eriydi. Fenollarning spirtlardan farqi shuki, ular kuchsiz kislotalar; ishqorlar b-n osongina reaksiyaga kirishib tuzeimon moddalar — fenolyatlar (mas, C6H,ONa) hosil qiladi.
Koʻpgina Fenollar oson oksidlanadi. Fenollarni sintezlashda tegishli galogen hosilalari gidrolizidan (mis tuzlari ishtirokida) foydalaniladi. Fenollar arildiazoniya tuzlari eritmasini qizdirib va b. usullarda ham olinadi. Toshkoʻmir smolasi va qoʻngʻir koʻmirning birlamchi dyogoti (chirki) Fenollar qatorlarining muhim manbai hisoblanadi.
Baʼzi Fenollar antiseptiklar, antioksidlovchi sifatida qoʻllanadi. Fenollar fenolformaldegid smolalar, poliamidlar va b. polimerlar olishda koʻplab ishlatiladi. Fenollar asosida buyagichlar, dori va parfyumeriya preparatlari, pestitsidlar, plastifikatorlar, sirt faol moddalar va b. sintez qilinadi. Fenollar zaharli.