Glikollar (yun. glykys — shirin), alkandiollar, ikki atomli spirtlar — alifatik qatorning umumiy formulasi SpN2p(ON)2 boʻlgan qoʻsh gidroksil guruhli organik birikmalar. Eng oddiy vakili etilenglikol NOSN2—SN2ON. Tu-ban G. — suv va spirtda yaxshi eriydigan rangsiz qovushqoq suyukliklar, yuqori G. — spirt va efirda yaxshi, suvda yomon eriydigan qattiq moddalar.
G. kimyoviy xossalari jihatdan bir atomli spirtlarga oʻxshaydi. G. ishkrriy metallar va ularning gidroksidlari bilan glikolyatlar, bir asosli karbon kislotalar, ularning angidridlari yoki xlorangidridlari bilan murakkab mono- va diefirlar, ikki asosli kislotalar va ularning hosilalari bilan murakkab poliefirlar, quyi molekulyar ikki asosli kislotalar va ularning efirlari bilan siklik birikmalar hosil qiladi. G. tegishli digalogenidlarni yoki xlorgidrinlarni gidroliz qilib, 1,2-G. esa tegishli epoksid yoki olefinlardan gidratatsiya usulida olinadi. Yuksak G.ning murakkab efirlari erituvchilar va plastifikatorlar sifatida ishlatiladi. Ular antifrizlar, gidravlik suyuqliklar olishda, G. efirlari sintezida, poliefir smolalar i.ch.da qoʻllaniladi.
Molekulasida bir yoki bir necha gidroksil guruhi bor uglevodorodlarning hosilalariga spirtlar deyiladi.
Gidroksil guruh soniga qarab ularbir, ikki, uch va ko‘p atomli spirtlarga bo‘linadi. Spirtlar ochiq zanjirli va halqali, to‘yingan va to‘yinmagan bo‘ladi.
Bir atomli to‘yingan spirtlar (alkanollar) Bir atomli to‘yingan spirtlarning umumiy formulasi CnH2n+1OH yoki CnH2n+2O bilan ifodalanadi. Gidroksil guruhning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi uglerod atomi bilan bog‘langanligiga qarab spirtlar birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi bo‘ladi:
Nomlanishi va izomeriyasi Ko‘pincha spirtlarning nomlari gidroksil bilan bog‘langan alkil guruhi nomiga spirt so‘zini qo‘shish bilan hosil qilinadi. Ratsional nomenklaturaga ko‘ra bir atomli to‘yingan spirtlar – metanol (karbinol)ning hosilalari deb qaraladi.
Sistematik nomenklaturaga ko‘ra bir atomli to‘yingan spirtlar alkanollar deyiladi va ularning nomlari tegishli alkan nomiga -ol qo‘shimchasini qo’shish bilan hosil qilinadi. Gidroksil guruhi bilan bog‘langan uglerod atomi (lokant)ning raqami spirt nomining oldiga yoki oxiriga qo‘yiladi. Spirt bosh zanjirini raqamlash gidroksil guruhi chetga yaqin turgan tomondan boshlanadi:
yog‘och spirti,vinospirti, ikkilamchi butil spirti,
metilspirt, etilspirt, etilmetil karbinol,
karbinol, metilkarbinol, 2-butanol
metanol etanol
izobutilmetilkarbinol, etilizopropilkarbinol,
4-metil-2-pentanol 2-metil-3-pentanol
Alkanollarda tuzilish izomeriyasining ikkituri (uglerod skeletinin gizomeriyasi va gidroksilning holat izomeriyasi) uchraydi. Masalan, butilspirti C4H9Ohning bir-biridan uglerod skeletining tuzilishi va gidroksil guruhining zanjirdagi holati bilan farq qiladigan to‘rtta izomeri 1-butanol (n-butilspirti), 2-butanol (ikkilamch ibutil spirti), 2-metil-1-propanol (izobutilspirti) va 2-metil-2-propanol (uchlamchi butil spirti) bor. Buspirtlarning tuzilish formulalarini o‘zingiz yozing.